Mavzu: Daromadlik indeksi. Taqqoslash stavkasini tanlash (kasting), Investitsion loyihalarni tanlash metodikasi. Investitsion imkoniyatlarni taqqoslash va tanlashda xavflar. Investitsiya jarayonini modellashtirish. Reja


Download 79.25 Kb.
bet1/3
Sana19.06.2023
Hajmi79.25 Kb.
#1604539
  1   2   3
Bog'liq
Matem 3-mustaqil ish


Mavzu: Daromadlik indeksi. Taqqoslash stavkasini tanlash (kasting), Investitsion loyihalarni tanlash metodikasi. Investitsion imkoniyatlarni taqqoslash va tanlashda xavflar. Investitsiya jarayonini modellashtirish.
Reja:

  1. Investitsiya tushunchasi va uning mohiyati.

  2. Investitsion faoliyatni moliyalashtirish manbalari.

  3. Moliyaviy rejalashtirish va nazorat-boshqarish tizimining muhum elementi sifatida











  1. Investitsiya tushunchasi va uning mohiyati.

«Investitsiyalar» atamasi lotin tilidagi «invest» so'zidan kelib chiqib «qo'yish», «mablag'ni safarbar etish» ma'nosini beradi. «Investitsiya» tushunchasi bir qator ma'nolarga ega bo'lib, foyda olish maqsadida aksiya, obligatsiya sotib olish, tovar ishlab chiqarish uchun zarur boigan real aktivlarni sotib olish va ishlab chiqarish uchun sarflash tushuniladi, ya'ni investitsiyalar har qanday vosita sifatida pulning qiymatini saqlaydi yoki uning qiymatini ko'paytiradi va ijobiy daromadlar olishni ta'minlaydi. Investitsiya mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish uchun zarur bo'lgan mexanizmlarni ta'minlaydi. Boshqacha qilib aytganda, investitsiyalar kapital qiymatinining o'sishini va daromad keltirishini ta'minlaydi. «Xorijiy sarmoya ishtirokida korxonalar barpo etish, tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarini ro'yxatdan o'tkazish va chetga chiqariladigan mahsulot uchun ruxsatnoma berish tartibi anchagina soddalashtiriladi. Ruxsatnoma asosida chetga chiqariladigan mahsulotlar turlarining soni 2004 yilning yozida 74 dan 11 taga kamaytirildi. Bularning barchasi tashqi iqtisodiy faoliyatni kuchaytirishga, eksport va import tartibini yaxshilashga ijobiy ta'sir qildi, degan edi Prezidentimiz l.A.Karimov. Ushbu so'zlar o'z ifodasini O'zbekiston Respublikasining 30 aprel 1998 yildagi «Chet el investitsiyalari to'g'risida»gi Qonunida topdiki, ushbu qonun davr talabiga munosib tahrirda qabul qilindi. Mazkur qonunning mohiyati va mazmuni investitsiyani asl ifodasini ko'rsatib berdi va u 1992 yildagi qonundan tubdan farq qiladi. Jumladan, qonunning 3-moddasida chet el investitsiyalariga quyidagicha ta'rif berilgan. Chet ellik investorlar asosan daromad olish maqsadida tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida ta'qiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat obyektlariga qo'yiladigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar hamda ularga doir huquqlar, shu jumladan, intellektual mulkka doir huquqlar, shuningdek, chet el investitsiyalaridan olingan har qanday daromad O'zbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalari deb e'tirof etiladi. Bundan investitsiyalarning eng asosiy elementlaridan biri moliyaviy resurslar ekanligi kelib chiqib, investitsiya jarayoni esa qiymatlarning daromad yoki ijtimoiy samara ko'rinishlarida o'zgarib turishini ifodolaydi. Shuning uchun ham ular dioiraviy ravishda harakatda bo'ladi. Moliyaviy resurslar, ularni qo'yish va bu jarayon natijasida foyda olish birbiri bilan uzviy bog'langan. Investitsiya qilishdan oldin resurslar jamg'ariladi, so'ngra ular foyda yoki ijtimoiy samara olish maqsadida qo'yiladi. Resurslar qanday turda bo'lishidan qat'iy nazar ulardan foydalanish natijasini baholovchi mezon iqtisodiy samaradir. Demak, yuqorida aytib o'tilganidek, moliyaviy resurslar investitsiyalarning birinchi elementidir. Qo'yiladigan moliyaviy resurslarning turlariga qarab investitsiyalar quyidagicha shakllarda bo'ladi: - shaxsiy mablag'lar, depozitlar, ulushlar, aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatbaho qog'ozlar; - harakatdagi (asbob-uskunalar va boshqa moddiy boyliklar) va ko'chmas (binolar, inshoatlar, kommunikatsiya va boshqa boyliklar) mol-mulklar; - mualliflik huquqlari, nou xau va boshqa (aqliy) boyliklar; - yerdan, tabiyiy boyliklardan va boshqa mol-mulklardan foydalanish huquqlari (nomoddiy aktivlar qiymati). Shuni alohida ta'kidlash lozimki, shakllaridan qat'iy nazar, investitsiyalar kapitalni jamg'arish jarayonining natijasi hisoblanadi. Jamg'arish investitsiya qo'yishning asosi bo'lib, u qo'yiladigan investitsiyalarning hajmini belgilaydi, Kapitalni joylashtirish shakllari turlicha bo'lib, qator omillar asosida farqlanadi, ya'ni kapitai pul va buyum ko'rinishdagi kapitalga bo'linganiigi uchun, ushbu jihatlardan kelib chiqqan holda, investitsiyalarni ham moddiy —buyumlar va pul ko'rinishdagi investitsiyalar turlariga ajratish mumkin. Moddiy — buyumlar ko'rinishdagi investitsiyalar deganda ko'rilayotgan ishlab chiqarish va noishlab chiqarish obyektlari, mashina va uskunalar, moddiy zahirani ko'paytirish uchun olingan tovarlar tushuniladi. Pul ko'rinishdagi investitsiyalarga investitsiyali tovarlarni ishlab chiqarishni ta'minlaydigan moddiy buyumlar ko'rinishdagi investitsiyalarga yo'naltirilgan pul mablagiari kiradi (2-ilova). Investitsiyaning milliy daromaddagi hissasi investitsiya normasi deb ataladi. Bu quyidagi formula asosida hisoblanadi;





  1. Download 79.25 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling