Reja: Kirish Axborot texnologiyalar infratuzilmasi komponentlari
Download 108.74 Kb.
|
30 Axborot texnologiyalar infratuzilmasi. Reja axborot texnologiyal-fayllar.org
Texnologiyalar. «Texnologiya» – grekcha so`z bo`lib (techne) san`at, maxorat, ustalik, biror ishni uddalay olishni anglatadi. Bu ma`lum bir jarayonga nisbatan qo`llanilgan texnik jarayondir.
Jarayon - deganda oldiga qo`yilgan maqsadga erishishga yo`naltirilgan xattiharakatlar muayyan jamlanmasi tushuniladi. Ushbu jarayon ma`lum odam tomonidan tanlangan strategiya bilan belgilanadi va turli xildagi vositalar, usullar yordamida amalga oshiriladi. Umumiy hollarda texnologiya deganda, mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida amalga oshiriladigan xom-ashyo, material yoki uning yarim tayyor shakli, xususiyati, holatining o`zgarishi, uni qayta ishlash, tayyorlash usullarining majmui tushuniladi. Bu biror bir ishni yuqori darajada uddalash deganidir. Axborot texnologiyalari to`g`risida gap ketganda, material sifatida ham, mahsulot sifatida ham axborot ishtirok etadi. Biroq, bu ob`ekt, jarayon yoki hodisa to`g`risidagi sifat jihatidan yangi ma`lumot bo`ladi. Texnologiya xodimning axborot bilan ishlash usuli va uslubi hamda texnik vositalar orqali namoyon bo`ladi. Moddiy ishlab chiqarish texnologiyalari deganda, xom-ashyo yoki materalning holati, xususiyatlari, shakllarini qayta ishlash, tayyorlash, o`zgartirish, vosita va uslublari jamligini belgilovchi jarayon tushuniladi. Texnologiya moddiy mahsulot olish maqsadlarida materiyaning sifati yoki boshlang`ich holatini o`zgartiradi. Axborot texnologiyasi moddiy zaxiralarni qayta ishlash texnologiyasi analogi sifatida. Moddiy ishlab chiqarish texnologiyalari maqsadi - inson yoki tizim ehtiyojlarini qondiruvchi mahsulotlarni ishlab chiqarishdir. Axborot texnologiyalarining maqsadi esa inson tahlil qilishi uchun axborotni ishlab chiqarish va uning asosida biror bir xatti harakatni bajarish bo`yicha qaror qabul qilishdir. Axborot texnologiyasi ob`ekt,jarayon yoki hodisa (axborot mahsuloti)ning holati haqidagi yangi sifat axborotini olish uchun ma`lumotlarni to`plash, qayta ishlash va uzatishning vosita va uslublari jamlanmasidan foydalanuvchi jarayondir. Ma`lumki, turli texnologiyalarni moddiy zaxiralarga qo`llab borib, turli mahsulotlarni olish mumkin. Axborotni qayta ishlash texnologiyalari uchun ham bu narsa adolatli bo`ladi. Download 108.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling