Reja: Kirish. Bilimlarni boshqarish jarayoni. Bilimlarga asoslangan iqtisodiyot tushunchasi va uning turlari. Strategik marketingda bilim bosqichlari. Kirish


Download 29.69 Kb.
bet1/4
Sana03.02.2023
Hajmi29.69 Kb.
#1156563
  1   2   3   4
Bog'liq
4. mavzu



Reja:
Kirish.
1. Bilimlarni boshqarish jarayoni.
2. Bilimlarga asoslangan iqtisodiyot tushunchasi va uning turlari.
3. Strategik marketingda bilim bosqichlari.

Kirish.
Bilimlar diffuziyasi ko’p yangiliklarni o’rgata oladi. Iqtisodiyotda bilimning ahamiyati qolgan sohalarda yuqori bo’lgani kabi yuqoridir.
Adabiyotlarda tashkiliy bilimlarni shakllantirish jarayonining turli elementlari ajratib ko‘rsatiladi. K.D. Ekk bilimlarni boshqarishning quyidagi jarayonini ajratib ko‘rsatadi:
1. Bilimlarni ishlab chiqish: bilimlarni identifikatsiyalash, ularni egallash, rivojlantirish va qayta ishlash.
2. Bilimlarni taqsimlash: malakani oshirish, kommunikatsiyalarni boshqarish, bilimlarning besamar ketishiga qarshi choralar.
3. Bilimlardan foydalanish: o‘quv va innovatsiya muhitini yaratish, xodimlarni boshqarish, sifatni boshqarish, rekursiv ta’lim. D. Stounxaus bilimlarni boshqarishning quyidagi tuzilmasini taklif etadi: bilimlar generatsiyasi (yakka tartibda va tashkiliy o‘qitish);
 bilimlarni ifodalash (tamoyillar, qoidalar va rasm-rusumlar ishlab
 chiqish); bilimlarni saqlab qolish (bilimlarni taqsimlashga yo‘l qo‘yadigan
 bilim manbalarining maqbul turini aniqlab olish); bilimlar diffuziyasi (bilimlarni tashkilot doirasida va undan tashqarida
 cheklangan variantda taqsimlash); bilimlarni muvofiqlashtirish va nazorat qilish (tashkiliy bilimlar aniq
 va doimiy qo‘llanishini ta’minlash). Bilim deganda sezgi a’zolarimiz orqali qabul qilishimiz mumkin bo’lgan axborotlarni tushunishimiz mumkin bo’ladi. Al Farobiyning bilim haqida quyidagi gaplari bir edi: “Bilim tabiiatning ongimizdagi aksi”.
G.A. Arxangelskiy bilimlarni boshqarish jarayonini ta’minlovchi axborot texnologiyalariga diqqat qaratar ekan, bu jarayonning doimiy davrda bo‘luvchi ikkita asosiy elementini taklif qiladi: bilimlar to‘plash va ulardan foydalanish; shakliy ifodalarni (ontologiyalar) doimiy takomillashtirish. Ikkinchi element shu munosabat bilan ajratib ko‘rsatilganki, tizimlarni tatbiq etishdan oldin, odatda, ontologik tahlil usuli bilan bilimlar bazasining axborot ob’ektlarini turlarga ajratish protsedurasi ro‘y beradi.



  1. Download 29.69 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling