Reja: Kirish. Bilimlarni boshqarish jarayoni. Bilimlarga asoslangan iqtisodiyot tushunchasi va uning turlari. Strategik marketingda bilim bosqichlari. Kirish


Bilimlarga asoslangan iqtisodiyot tushunchasi va uning turlari


Download 29.69 Kb.
bet3/4
Sana03.02.2023
Hajmi29.69 Kb.
#1156563
1   2   3   4
Bog'liq
4. mavzu

Bilimlarga asoslangan iqtisodiyot tushunchasi va uning turlari.

Bilimlarga asoslangan iqtisodiyotni tushunish, uning tub mohiyatini o’rganishdan, ya’ni oxirgi mahsulotda (yoki ko’rsatiladigan hizmatda) aks etgan bilim yoki innovatsiyalarning mohiyatini tushunishdan boshlanadi. Zamonaviy nazariya asosida tushunilsa, innovatsiya bozorda amalga oshiriladigan, amaliyotda qo’llaniladigan yangi yoki mukammallashtirlgan texnologik jarayon natijasida amalga oshadigan innovatsion faoliyatning yangi yoki mukammallashtirilgan mahsuloti sifatidagi oxirgi natijasi hisoblanadi. Turli xil ko’rsatgichlardan foydalangan holda iqtisodiy nazariya turli xildagi ”innovatsiya” larning quyidagi tafsiflarini taqdim etadi. Bunda u innovatsiyalarni ishlatilishi va miqyosini, qahday ko’rinishda amalga oshirilishi, yangilik darajasi va qo’llanilish chegaralari bo’yicha tavsiflaydi. Masalan, qamrab olish miqyosi va foydalanilishi bo’yicha innovatsiyalarning quyidagi asosiy turlari bo’lishi mumkin:


• Iqtisodiy innovatsiyalar - yangi iqtisodiy mexanizmlar, bozor tashkilotlari, mahsulotni tarqatish va almashtirish usullari;
• Ishlab chiqarish-texnologik innovatsiyalar – ishlab chiqarishda yangi texnologiyalar yaratish va ulardan foydalanishga yo’naltirilgan;
• Ekoligik innovatsiyalar - tashqi muhitning ifloslanishini kamaytiradigan, xavfli chiqindilarni tozalaydigan, chiqindilarni qayta ishlaydigan va shunga o’xshashlar;
• Tashkiliy-boshqaruv turidagi innovatsiyalar – ishlab chiqarish va noishlab chiqarish faoliyatida yanada samaraliroq tashkiliy-boshqaruv usullaridan foydalanish;
• Siyosiy innovatsiyalar -siyosat sohasida, siyosiy faoliyat turlarida, ichki va tashqi faoliyatda, halqaro munosabatlarda yangi g’oyalarni amalga oshirish;

• Huquqiy innovatsiyalar - yangi ijtimoiy-siyosiy huquqlar kiritish, yangi qonunlar ishlab chiqish, norma va normativlar yaratish va boshqalar;


• Ma’naviy muhitdagi innovatsiyalar - ma’naviy faoliyat bilan bog’liq yangi paradigmalar, gipotezalar, kontseptsiyalar yoki fanda yangi nazariyalar yaratish, ta’limda yangi usullardan foydalanish, yangi faoliyat turlarini topish, madaniyatda yangi san’at yo’nalishlari va stillarini yaratish. Amalga oshirilish usuli bo’yicha quyidagi innovatsiyalar turlarini ajratib ko’rsatishimiz mumkin:
• Moddiy materialda aks ettirilgan innovatsiyalar (hard) - bularga misol sifatida yangi mahsulotlar, mashinalar, uskunalar va jihozlarni ko’rsatish mumkin;
• Moddiy materialda aks ettirilmagan innovatsiyalar (soft) -bularga misol sifatida yangi samarador ta’lim usullarini, kompyuter dasturlarini, tashkiliy va boshqaruv bo’yicha o’zgarishlarni, fan tizimidagi paradigmalarning o’zgartirilishi yoki boshqasiga almashinuvini ko’rsatish mumkin. Yangiliklarning tarqalish chegaralariga bog’liq ravishda innovatsiyalar quyidagi turlarga bo’linadilar:
• Dunyo miqyosidagi innovatsiyalar;
• Mamlakat miqyosidagi innovatsiyalar;
• Regional yoki viloyatlar miqyosidagi innovatsiyalar;
• Alohida firma, tashkilot yoki shahar doirasida amalga oshiriladigan innovatsiyalar. Ijtimoiy innovatsiylar ham quyidagi asosiy turlarga mansub bo’lishlari mumkin:
• Iqtisodiy - yangi moddiy yoki ma’naviy taqdirlashlar turlari, ko’rsatgichlar, mehnatga haq to’lashning progressiv tizimlari va boshqalar;
• Tashkiliy-boshqaruv - yangi tashkiliy tuzilmalar, mehnatni tashkil qilish usullari va boshqalar;
• Huquqiy - mehnat yoki xo’jalik yuritish bilan bog’liq qonunlardagi o’zgarishlar;
• Pedagogik - yangi o’qitish, ta’lim berish yoki tarbiya qilish usullari. Innovatsion iqtisodiyotning zamonaviy sharoitlarida yangiliklar, bilim va informatsiyaning bunchalik ko’p turlarda namoyon bo’lishi innovatsiyalarning tarixi bilan chambarchas bog’liqdir. Iqtisodiyotning XX asrdagi evolyutsiyasi ishlab chiqarish sohasidagi yangi bilim va informatsiyaning ma’nosi va mohiyatini ham o’zgartirib yubordi.


Download 29.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling