Reja: Kirish Bob Pedagogik tadqiqotlarning nazariy asoslari


Download 48.25 Kb.
bet2/8
Sana30.04.2023
Hajmi48.25 Kb.
#1414578
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
PEDAGOGIK TADQIQOTLARNING NAZARIY ASOSLARI

Tadqiqotning ob’yekti: Ilmiy tadqiqot ishlari, ularning tuzulishi va xususiyatlari
Tadqiqotning predmeti: uzluksiz ta’limdagi islohatlar davrida ilmiy-tadqiqot usullari va metodikasining uyg’unlashuvi munosobotlarining pedagogik xususiyatlari mazmuni.
Kurs ishining maqsadi:  Ilmiy-tadqiqot usullari va metodikasini nazariy asoslarini tahlil qilish va pedagogik jihatdan qiyoslash.
Kurs ishining vazifalari:

  • tanlangan mavzuga oid manbalarni organish va tahlil qilish;

- Ilmiy-tadqiqot usullari va metodikasini nazariy asoslarini o`rganish;
- Ilmiy-tadqiqot usullari va metodikasini nazariy asoslarini tahlil qilishning oziga xos hususiyatlarini organish;
- Ilmiy-tadqiqot usullari va metodikasining uyg’unlashuvi munosobotlarining pedagogik xususiyatlarini organish;
- Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari–shaxsni tarbiyalash, unga muayyan yo'nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berishga yo'naltirilgan pedagogik jrayonlarni organish;
- Pedagog-tadqiqotchi, ilmiy-nazariy funksiyani amalga oshirishda ish faoliyatining mazmunini shakllantirish yuzasidan metodik tavsiyalar ishlab chiqish va ularni amaliyotga joriy etish;
- Ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishni o'rganish, tahlil qilish va takomillashtirish;
- Ilmiy tadqiqot ishlari olib borishda qo`llaniladigan pedagogik-psixologik metodlarining umumiy tavsifini o`rganish.
Kurs ishining metodlari: Kuzatish, suxbat va taqqoslash.
Kurs ishining nazariy axamiyati: izlanishlar doirasida o’rganilgan pedagogik – psixologik, ilmiy-nazariy aabiyotlar taxlili, mazkur muammoning o’rganganlik xolati, bu boradagi amalga oshirilgan ishlarning taxlili va tadqiqot natijasida ilgari surilgan nazariy g’oyalar xamda xulosalar.
Kurs ishining amaliy axamiyati: Tadqiqotdan olingan natijalarga asoslanib ishlab chiqilgan ma’lumotlardan Ilmiy tadqiqot ishlari olib borishning o’zaro munosabatlarini o’rganish borasidagi ishlarni olib borishni amalga oshirishda bo’lg’usi tadqiqotchilar Ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borisha foydalanishlari mumkin.
Kurs ishining tuzilishi: kurs ishi kirish, 2 bob, xar bir bobda 2 tadan paragraf, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.

1.Bob PEDAGOGIK TADQIQOTLARNING NAZARIY ASOSLARI
1.1 Pedagogik tadqiqotlarning mazmun va mohiyati.
XXI asrda fanning yaratuvchanlik qudratining oshib borishi, ishlab chiqarish kuchiga aylangani ilmiy tadqiqotlarning dolzarbligidan dalolat beradi. Har bir fanning metodologiyasi fanshunoslikning tarkibiy qismi, fanning taraqqiyoti esa uning mukamma! metodologiyasining yaratil- ganligiga bog‘!iq. Fan obyektiv borliq haqida bilimlar tizimi, voqelikni ilmiy nazariy aks ettirishdir. Hozirgi globallashuv jarayonida, avvalo, har bir axborotga ilmiy yondashish, qolaversa, fanning jamiyat ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy rivojlanishida hozir javob bo‘lishi davr talabidir. Ilm-fanning dialektik xususiyati, davr talabi, jamiyat buyurtmasiga mos istiqbolli vazifasi har bir fanning metodologik asosini takomillashtirishni taqozo etadi. 0 ‘z navbatida fanlarning tez rivojlanishi; har 3-4 yilda uzluksiz ta’lirn mazmuni o‘zgarib turishi; har tomonlama rivojlangan, intellektual salohiyatli barkamol avlodni tarbiyalashdek dolzarb muammoni ilmiy-metodik ta’minlash metodologiyasini ishlab chiqishni taqozo etadi. Fandagi har bir yangi qadam faqat avvalgi yutuqlarga tayangan holda boyitilishi mumkin:
- yangi bilim eski bilimni mukammallashgan to'liqroq va aniqroq shakli boiib, haqiqatni yanada aniqroq aks ettiradi;
- o‘tmishdagi fan taraqqiyoti yangi fan uchun zamin tayyorlaydi;
- o‘tmishdagi bilimlaming faqat hozirgi davr ilmiy nazariyalariga mos keluvchi elementlargina ahamiyatlidir. Falsafa lug‘atida: “Fan reallik haqidagi obyektiv bilimlami tayyorlash va nazariy tizimlashtirish funksiyasiga xos inson faoliyati sohasidir.
Tarixiy taraqqiyotda fan jamiyatda ishlab chiqarish kuchiga va muhim ijtimoiy institutga aylanadi”, deb izoh berilgan. N.Shermuhammedova fanning mohiyati haqida quyidagi xulosaga keladi: umumiylik va tizimlilik; umumahamiyatlilik (intersubyektivik); obyektivlik (bilish subyektiga bog‘liq emasligi); maxsus bilish metod- larining mavjudligi (nazariy va eksperimental); asoslanganlik (verfi- katsiya); tanqidiylik (falsofikatsiya); to‘ldiruvchanlik (koriuskulyar - to'lqinli dualizmdan P. Fayerbendning metodologik anarxizmigacha); vorisiylik (mos kelish tamoyilida namoyon bo‘ladi).Fanshunoslikda fanlar avvalo ikki turkumga bo‘linadi: tabiat haqidagi va ijtimoiy- gumanitar, ya’ni insonni o'rganadigan fanlar. Barcha fanlarni tabiiy deb atash mumkin, zero insonning o‘zi tabiatning bir bo‘lagidir, demak uning ma’naviy va moddiy faoliyati barcha tirik mavjudotlar faoliyati kabi tabiiylik bilan chambarchas bogliqqdir.
Zamonaviy ilmiy tadqiqotlar obyektlari sifatida insonparvarlikka asoslangan tizimlarni ajratib ko‘rsatish mumkin ~ bunday tizimlar insonning o‘zini asosiy komponent sifatida ko‘rib chiqishni taqozo etadi. Bunday tizimlarga quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin: biosfera, INTERNET global tarmog‘i, zamonaviy texnologik loyihalashtirish tizimlari, bunda nafaqat mashina, “inson - mashina” tizimi ham emas, yanada murakkab rivojlanayotgan kompleks “inson - mashina+eko- muhit tizimiga tatbiq etilib, ijtimoiy-madaniy muhit esa ushbu texno- logiyani qabul qiladi. V.S.Stepinning qayd etishicha: “Agar klassik ilm-fan haqiqatning alohida-alohida jihatlarini o'rganishga e’tibor qaratgan bo‘lsa, zamonaviy ilm-fan xususiyatini bilimning turli sohalarining mutaxassislari ishtirok etadigan kompleks tadqiqot dasturlari belgilaydi”. Bu borada zamonaviy ilm-fanda “gibrid” tadqiqotlar ustuvor ahamiyat kasb etadi. D.I.Fildshteynning fikricha, bugun inson va uning rivojlanishini o‘rga- nuvchi boshqa fanlar bilan bog‘liqlikda amalga oshiriladigan psixologik- pedagogik tadqiqotlar yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda: ijtimoiy antropologiya, fenomenologiya, madaniyatshunoslik, kognitiv sotsiologiya, semiotika, informatika. Yangi obyektlarning yuzaga kelishi o‘z navbatida metodologik strategiyalar, tadqiqot taktikalari, metodlari va mezonlarining o‘zgarishini ham taqozo etadi. Postnoklassik davrda ilm-fanning rivojlanish tendensiyalari:
- zamonaviy ilm-fan ilmiy tadqiqot asoslarining radikal transformatsiyasi bilan xarakterlanadi (to‘rtinchi “ilmiy inqilob”): olam manzarasi, falsafiy-aksiologik asoslar va me’yoriy-mezonli tizimlar. Paradigmal “odimlash” ijtimoiy-gumanitar fanlar uchun ham xarakterlidir: pedagogika, psixologiya, sotsiologiya va h.k. Ilmiy ratsionallikning postnoklassik turi shakllanadi; -yangi obyektlaming ilm-fan tomonidan o‘zlashtirilishi va oqibatda “gibrid” tadqiqotlarning dolzarb ahamiyat kasb etishi. Natijada “insonga mos” obyektlarni tadqiq etish jarayonida haqiqatni izlash nafaqat uning mohiyatini aniqlash bilan, balki bunday obyektlarni muayyan aksiologik ustanovkalarga muvofiq qayta tashki]Iashtirish strategiyalari va prognostik yo‘nalishlari bilan bog‘liq; - zamonaviy ilm-fan uchun ilmiy refleksiyaning umumiyligi va uzluksizligi xosdir. Ilmiy refleksiya maydonini kengaytirish: nafaqat “xususiy” yoki metodologik refleksiya, balki “tashqi” refleksiyaning ham zaruriyat kasb etib (E.G. Yudin), uning ob'yekti sifatida jarayonning o‘zi emas, ilmiy tadqiqotning ijtimoiy-madaniy mazmun-mohiyati muhim ahamiyat kasb etadi; paradigma, ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish me’yorlarining ochiqligi va jo‘shqinligi. Zamonaviy ilmiy ratsionallik (V.S. Shvirev) - bu “ochiq ratsionallik”, bunda tadqiqot dasturlari va paradigmalar uzluksiz tanqidiy refleksiya va transformatsiyalar uyg‘unligini talab etadi; - ratsional-mantiqiy va subyektiv-irratsionallikning o'zaro uyg‘unligi ilmiy tadqiqotning o‘z-o‘zini aksiologiyazatsiyalash komponentlari sifatida. Ilmiy muammo tadqiqiga doir yondashuvlaming variativligi, dialogik tavsifga egaligi va o‘zaro bir-birini toldirishi, polikonseptuallik, haqiqatning ko‘p o‘lchovga ega ekanligi shular jumlasidandir. Um-fan maqomi falsafiy-aksiologik asoslar, tabiiy me’yoriy- mezonli tizim sifatidagi paradigma, obyekt, vazifa va funksiyalarni, fan predmeti, nazariya, kategorial apparat va atamalar tizimi, metodologik vositalar majmui, empirik baza, dolzarb muammo doiralarini o‘z ichiga oluvchi metodologik tizimni rivojlantirish darajasi bilan belgilanadi.
Pedagogika fanining metodologik tizimi qator komponentlarni o‘z ichiga oladi. Pedagogikaning obyekti va predmeti. Ilm-fan obyekti - mazkur fan tadqiq etuvchi voqelik sohasidir. Masalan, ijtimoiy-gumanitar fanlarning obyekti inson bilan bog‘liq madaniy hodisalardir. Pedagogika fanining obyekti yaxlit pedagogik jarayon bo’lib, u zamonaviy bosqichda faqat bilimlarning shakllanish bosqichi, insonning intellektual salohiyatining rivojlanishi bilan belgilanmaydi. V.V.Serikovning qayd etishicha: “Ta’lim olganlik o‘zlashtirilgan ma’lumotlari bor holaticha qayta takrorlash va bilimdonlik yoki “ko‘p bilimga egalik” bilan qiyoslanmaydi, balki ko‘plab sohalarda chuqur bilimga ega bo‘lishni taqozo etadi. Bu esa bilimlar dunyosida yuzaga kelgan masaiani echish uchun keraklisini tanlay bilish va mustaqil tadqiqot o‘tkazish va ana shu asosda yangi bilimlarni izlab topish va o‘rganilayotgan fan sohasida yaratilayotgan ekologik, ijtimoiy, axloqiy natijalami baholay olish, ya’ni mutaxassislar ta’kidlashganidek, gumanitar ekspertizani o‘tkaza olish ko‘nikmasidir”. Yaxlit pedagogik jarayon - bu ta’lim va tarbiya birligidir. Ta’lim va tarbiya masalasini turli fanlar tadqiq etishi mumkin.
Ta’lim-tarbiya esa ko‘p qirralidir. Ta’lim-tarbiya sotsiologiya, falsafa, psixologiya va boshqa fanlarning o‘rganish obyekti boiib, turlirakurslarda o‘rganiladi: qadriyat; madaniyat komponenti; ijtimoiylashuv; dinamik va statistik tizim; o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro faoliyati; jarayon; natija; mustaqil ta’lim; boshqaruv va loyihalashtirish obyekti; ta’lim xizmatlari sohasi va h.k. Har bir fan muayyan rakurs, dolzarb tadqiqot masalalari, tushuncha doirasi, nazariy va metodologik pozitsiyalar kontekstida voqelik obyektini o‘rganadi va bu bilan tadqiqot predmetini loyihalashtiradi. E.G.Yudin nuqtai nazariga ko‘ra, o‘rganish obyekti, tadqiqot muammosi, metodologik vositalar tizimi (obyekt qismlarga ajratib o‘rganiladigan va tadqiqot muammosi asosida shakllantiriladigan tushunchalar; obyektni o‘rganish tamoyillari va metodlari; tadqiqot jarayonlari) va ularni qo‘llashning izchilligi - tadqiqot predmetini yaratadi. Pedagogika voqelikning mazmun-mohiyatini o‘rganadi, qonuniyat- larini aniqlaydi, pedagogik o‘zaro ta’sirning mohiyati, pedagogik jarayonni loyihalashtirish va amalga oshirish shakl, metod, vositalari va texnologiyalari, uning sifat va samaradorligi mezonlarini ishlab chiqadi. Pedagogika fanining maqsad va vazifalari.
Pedagogika ijtimoiy fan sifatida to‘rt asosiy funksiyani bajaradi: analitik, prognostik, tashkiliy va metodologik. Pedagogika fani shaxsni shakllantirishdek ijtimoiy buyurtmani bajarish asosida jamiyat taraqqiyotini ta’minlashga alohida hissa qo‘shadi. Pedagogika fani maqsadi va vazifalarining belgilanishida ijtimoiy munosabatlar mazmuni, davlat va jamiyat rivojlanish strategiyasi, uning hayotida yetakchi o‘rin tutuvchi g‘oyalar mohiyati muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston Respublikasida demokratik, insonparvar hamda huquqiy jamiyatni barpo etish sharoitida mazkur fan yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tarbiyalash tizimini ishlab chiqish, ilg‘or xorijiy tajribalar asosida ta’lim va tarbiya nazariyasini rivojlantirish vazifasini hal etadi. Mazkur jarayonda quyidagi vazifalami bajarishga e’tibor qaratiladi:
Pedagog-tadqiqotchi, ilmiy-nazariy funksiyani amalga oshirar ekan, pedagogik voqelikni borligicha aks ettiradi: u yoki bu pedagogik vositalar, ta’lim modellarining samarador yoki samarasi pastligini tushuntiradi (empirik daraja); ta’lim-tarbiya, boshqa pedagogik hodisalar mohiyatini aniqlash; pedagogik qonuniyatlarni o‘matadi; ijtimoiy- madaniy dinamikani hisobga olgan holda ta’lim-tarbiya mohiyatining komponentlari, tarkibi, darajalarini ilmiy asoslaydi; gibrid asosda yangi didaktik va tarbiya tizimlarining ilmiy asoslanishini tadqiq etadi (falsafa, yosh va pedagogik psixologiya, pedagogika va boshqa sohalardagi bilimlami integrallash asosida). Lekin pedagogika fan sifatida nafaqat pedagogik voqelikni aks ettirish, balki uning qayta isloh etish vosi- talarini aks ettirishga undaydi. Konstruktiv-texnik funksiyani amalga oshirar ekan, pedagog- tadqiqotchi “borliq haqidagi bilimlar”ga ega bo‘ladi: bilimlar - me’yorlar, bilimlar - ko‘rsatmalar (tamoyillar, usullar, shakllar, metodik qoidalar va tavsiyalar), ular pedagogik jarayon maksimal darajada natijador bo‘lishi uchun uni qanday amalga oshirilishini aks ettiradi. U yoki bu darajada ko‘plab pedagogik tadqiqotlar ilmiy-nazariy va me’yoriy funksiyani bajaradi. Didaktika, tarbiya nazariyasi, pedagogikaning umumiy va me’yoriy metodikalari sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlaming natijalari turli ko‘rinishdadir (deskriptiv, preskriptiv), ierarxik tuzilgan ilmiy.. pedagogik bilimlar maxsus ilmiy hamda metodologik.Metodologiya, bilim va faoliyat tizimi Olingan ilmiy bilim qonun va qonuniyat tartibga keltiriladi. Ammo hamma vaqt tadqiqot qonun va qonuniyatli natija beravermaydi. Ko‘pincha olim ilmiy bilim, nazariya yaratadi, konseptual tajriba ishlab chiqadi.
Har bir tadqiqotda maqsad, yangi ma’lumotlar olish, yangilik yaratish shu sohadagi mavzudagi g‘oyalarni tadqiqlash yoki inkor qilish argumentiga qaratiladi. Tizimli yondoshuv ilmiy faraz, taxminlarni asoslash imkoniyatini beradi. Pedagogik tadqiqotda tizimli yondoshuv quyidagilardan iborat: - o‘rganilayotgan pedagogik jarayon, voqelikning barcha tarkibiy qismini aniqlash; - Har bir qismini o‘zaro bog‘liqligini o‘rganish va asosiysini aniqlash; - O‘ziga xos modelni tuzish, tashkiliy yaxlitlik va tarixiylik; Tizimli yondoshuv murakkab pedagogik muammolarni hal etishda vaqt va kuchni tejash imkoniyatini beradi. SHuning uchun nazariy g‘oyalarni amalga joriy etish tizimida ham tezkorlik talab etiladi, tezkor zamonda tezkorlik bo‘lmasa, ertaga tadqiqot natijasi eskirishi mumkin. SHundan kelib chiqadigan pedagogik tadqiqotning quyidagi tamoyillarini ko‘rsatish mumkin.
1. Pedagogik voqelik va ta’lim-tarbiya jarayonini bir butunlikda yaxlit o‘rganish; - tadqiqotda qat’iy izchillik; - o‘rganilayotgan shaxslarning ma’naviy ruhiy, yot xususiyatlarini, yo‘nalishini aniqlash; - shaxsiy fazilatlar shakllanishiga tashki ta’sirlarni ko‘rsatish; - Pedagogik voqelikni o‘rganish joyini aniqlash;
2. Pedagogik muammolarni o‘rganishda kompleks metodlarni qo‘llash: Avvalo pedagogik tadqiqot metodlarini maqsadli qo‘llash, kuzatish, anketa, test, eksperiment metodlar orqali tadqiqot muammosini tizimli o‘rganish; - Pedagogik voqelikni har tomonlama o‘rganish maqsad vazifalari; - Tadqiqotga tashqi ta’sir, kutilgan va tasodifiy ta’sirlarni hisobga olish; - Har bir pedagogik dalilni voqelikni, misolni, ko‘pmartalab har xil metodlar bilan tekshirish, tahlil etish; - Tadqiqot natijalarini falsafiy mantiqiy va psihologik pedagogik tahlil qilish. Inson hayoti singari pedagogik voqelik murakkab, serqirra bo‘ladi, tipik holatni aniqlash tadqiqotga qo‘yiladigan talabdir.
3. Tadqiqotning ob’ektivlik tamoyili Ma’lumki pedagogikada sub’ektivlik holati ko‘p uchraydi, chunki har bir bola, shaxs o‘ziga xos mo‘jizaviy takrorlanmas xususiyatga ega Biriga ijobiy ta’sir etgan, ikkinchisiga aksiy natija berishi mumkin. SHuning uchun tadqiqotchidan ob’ektivlikka erishish uchun yuksak vijdonli, o‘zidagi sub’ektivlikdan qutilish talabchanligi, o‘zini o‘zi tanqid qilish, ob’ektiv haqiqatga shubha qoldirmaslik talab etiladi. Albatta: - har bir dalil, natijani bir necha metodlar bilan tekshirish; - olingan natijani eksperiment, tajriba asosida qayta tekshirish; - shaxsning barcha o‘zgarish xususiyatini hisobga olish (kamchiligini ham) - o‘z tadqiqoti natijalarini o‘zga olimlar natijalari bilan qiyoslash, o‘xshashligi va rivojlanish farqini ko‘rsatish; - olingan ilmiy natijalarni o‘quvchilar, ota onalar, o‘rganilayotgan ob’ektning yaqinlari fikri bilan qiyoslash; Tadqiqotchi o‘zidagi sub’ektiv holatlar: kayfiyat, hissiyot, simpatiya, antipatiya kabilarni o‘zi nazorat qilishi;
4. Tadqiqot va tarbiyaning uyg‘unligi: YUqorida ta’kidlaganimizdek insonni o‘rganish murakkab, ayniqsa yoshlarda tadqiqot olib borish tarbiya qonuniyatlariga mos tarbiyaviy harakterda bo‘lishi talab etiladi. Tadqiqot metodlari tarbiya metodlari bilan uyg‘un bo‘lishi bolalarni o‘zini o‘zligini bilishga yo‘naltirish, ilhomlantirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ayniqsa suhbat metodi, eksperiment, test metodlari tadqiqot va tarbiya uyg‘unligida natijali bo‘ladi.
5. SHaxsni va jamoani o‘rganish: SHaxsni o‘rganish uchun jamoani o‘rganish, jamoani o‘rganish uchun esa shaxslarni o‘rganish, o‘rab turgan mahitni o‘rganish pedagogik tadqiqotning o‘ziga xos tamoyilidir. Ma’lumki shaxs ikki tomonlama ma’naviy holatga ega: jamoadagi hayoti, burcha, faoliyati va o‘zining ichki dunyosi bilan yashaydi.
6. Tadqiqotning tarixiylik tamoyili. Tadqiqotchi eksperiment o‘tkazishdan oldin fanning tarixi, muammoning o‘rganilganlik darajasini aniqlashi shart. Pedagogik tadqiqotda mavzuni o‘rganilish tarixini chuqur bilishi, muammoli yondoshuv muhimdir. Tadqiqotda qaysi ma’lumotga, qaysi metodologik ta’limotga tayanish izlanish samarasini belgilaydi.
7. Ilmiy jasorat, tashabbuskorlik tamoyili: Har bir ulkan yangilik, ko‘pgina samarasiz eksperiment, xatolardan xulosa chiqarib, tadqiqotchining yangi metodlar qo‘llashi asosida yaratilgani fanshunoslik tarixidan ma’lum.: - muammoni echishda yangi istiqbolli metodika yaratish, izlash; - Yangi metodika eskisidan afzalligi; - Yangi metodikani asoslash, mashhur olimlar qarashlarini tahlil qilish Tadqiqotda omadsizlikdan qo‘rqmaslik
- Eksperiment zararini bilsa, yoshlarga aksiy ta’sir etsa undan voz kechish; - Eksperementning xavfli holatlarini, va uni echish yo‘llarini oldindan ko‘ra bilish kabilar.
8. Muammoni chuqur o‘rganish tamoyili: Ilm kenglikka emas, chuqur o‘rganishni taqozo etadi. Fizikada atomning zarralarini o‘rganish bunga misol bo‘ladi. Pedagogik voqelikning ichki botuniy mohiyati, qonuniyatiga qarab borish insonning murakkab qalbini, jismini, ma’naviy olamini yoritish imkonini beradi.


Download 48.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling