Reja: kirish bob. XVI-XVIII asrlarda o`zbek xonliklarining xalqaro munosabatlardagi o`rni


Download 33.19 Kb.
bet1/6
Sana16.06.2023
Hajmi33.19 Kb.
#1497240
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
XVI-XVIII asrlarda xonliklarda xalqaro munosabatlar


Reja:
KIRISH

  1. BOB. XVI-XVIII ASRLARDA O`ZBEK XONLIKLARINING XALQARO MUNOSABATLARDAGI O`RNI

I.1. Xonliklar o`rtasidagi manfaatlar to`qnashgan strategik muhim hududlar uchun raqobat.
I.2. O`zbek xonliklari va Osiyo mamlakatlari o`rtasidagi xalqaro diplomatiya

  1. BOB. O`ZBEK XONLIKLARI VA ROSSIYA IMPERIYASI O`RTASIDAGI XALQARO MUNOSABATLAR

II.1. Xonliklar va Rossiya imperiyasi o`rtasidagi savdo aloqalari va ekspeditsiyalar.
II.2. Markaziy Osiyo uchun Buyuk Britaniya-Rossiya raqobatchiligi
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YHATI


Kirish:
Mavzuning dolzarbligi: Milliy davlatchilik tarixidan ma’lumki, mamlakatimizning taraqqiyoti davomida uning hududida bir qator yirik davlatlar tarkib topgan va ko’plab sulolalar o’z hukmronligini amalga oshirgan. Ta’kidlash joizki, mazkur davlatlarning tashkil topishi, rivojlanishi va barham topishiga bir qator omillar sabab bo’lgan. Binobarin, ushbu omillar qatorida ularning muhim geostrategik hududda joylashganligi, O’rta asrlarda G’arb bilan Sharqni bog’lovchi muhim karvon yo’llarinnig o’tganligi, islom madaniyati o’choqlaridan hisoblangan Samarqand, Buxoro va Urganch (keyinchalik Xiva) shaharlarining joylashganligi, savdo-sotiq va hunarmandchilikning rivojlanganligi va boshqa qator jihatlarni sanab o’tish mumkin. Biroq tadqiqot doirasida o’rganilayotgan davrga kelib, ya’ni XVIII o’rtalari – XX asr boshlarida Markaziy Osiyo davlatlari, xususan, Buxoro, Qo’qon va Xiva xonliklari savdo-sotiq, ilm-fan va boshqa sohalarda jahon sivilizasiyasidan bir muncha ortda qolib ketdi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, yuqoridagi holatlarning yuzaga kelishiga bir qator omillar sabab bo’lgan. Birinchidan, mazkur hududda o’z manfaatlariga ega bo’lgan dunyoning yetakchi davlatlarining o’zaro nizolari (Rossiya-Turkiya, Rossiya-Eron, Angliya-Hindiston nizolari); ikkinchidan, Markaziy Osiyo davlatlarida o’zaro birlikning, hamjihatlikning mustahkam emasligi; uchinchidan, qo’shni Eron, Afg’oniston davlatlari bilan davlatlararo hududiy nizolarga barham berilmaganligi; to’rtinchidan, mahalliy urug’-aymog’chilikning kuchayishi natijasida yuzaga kelgan ichki kelishmovchiliklar va g’alayonlarning (xitoyqipchoqlar, shialar) uzluksiz davom etishi va boshqalar. O‘zbek davlatchiligi tarixini ilmiy tadqiq etish, unga haqqoniy baho berish va to‘plangan tajribadan ijodiy foydalanish mustaqil O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy – siyosiy va madaniy taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuning uchun XX asrning oxiriga kelib jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi bo‘lgan O‘zbekiston tarixini, xususan o‘zbek davlatchiligi tarixini har tomonlama o‘rganish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Shu bois ham, so‘nggi yillarda O‘zbekiston tarixining qator dolzarb masalalarini o‘rganishda aniq va haqqoniy tarixiy yondashuv masalasi muhim bo‘lib bormoqda. Ta’kidlash joizki, o‘zbek xonliklaridan biri bo‘lgan Buxoro xonligi – O‘rta Osiyo tarixi, uning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy hayoti va xalqaro munosabatlarida katta iz qoldirgan davlat bo‘lib, uning har bir hukmdori yuritgan ichki va tashqi siyosat hamda uning oqibatlarini o‘rganish alohida ilmiy izlanishlar olib borishni taqozo qiladi. Xuroson-raqobat maydoni. XVI asrda Osiyoning bir-biriga tutash qismida uch siyosiy kuch kurash maydoniga chiqqan edi. Bular-Movarounnahrda shayboniylar, Eronda safaviylar va Hindistonda boburiylar edi. Xalqaro va o'zaro munosabatlarda bu uch sulola manfaatlari to'qnashib, raqobatchilik kuchayib bordi.XVI asrda Osiyoning bir-biriga tutash qismida uch siyosiy kuch kurash maydoniga chiqqan edi. Bular: Movarounnahrda shayboniylar, Eronda safaviylar va Hindistonda boburiylar edi. Xalqaro va o`zaro munosabatlarda bu uch sulola manfaatlari to`qnashib raqobatchilik kuchayib bordi.

Download 33.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling