Reja: kirish bob. XVI-XVIII asrlarda o`zbek xonliklarining xalqaro munosabatlardagi o`rni


Download 33.19 Kb.
bet2/6
Sana16.06.2023
Hajmi33.19 Kb.
#1497240
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
XVI-XVIII asrlarda xonliklarda xalqaro munosabatlar

Kurs ishining tuzilishi: Ushbu kurs ishi kirish, ikki bob, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro`yhatida iborat.


  1. BOB. XVI-XVIII ASRLARDA O`ZBEK XONLIKLARINING XALQARO MUNOSABATLARDAGI O`RNI

I.1. Xonliklar o`rtasidagi manfaatlar to`qnashgan strategik muhim hududlar uchun raqobat.
Xonliklar manfaatlari to'qnashgan nuqta Xuroson edi. CHunki, Xuroson ham harbiy-siyosiy, ham savdo-iqtisodiy jihatdan muhim o'rin tutar edi. Bundan tashqari, Xuroson - Movarounnahr, Eron va Hindiston yo'nalishida o'ziga xos darvoza vazifasini ham o'tar edi. Xurosonni nazorat qilish masalasida shayboniylar va safaviylar o'rtasida keskin kurash ketgan. Bu masalada Muhammad SHayboniyxon, Ubaydullaxon va Abdullaxonlar davrida shayboniylar ustunlik qilganlar. Keyinchalik safaviylarning qo'li baland kelgan va oxir-oqibatda, ular Xurosonni Movarounnahrdan ajratib tashlashga muvaffaq bo'lganlar. Buxoro va Boburiylar davlati munosabatlari. 16 asrda shayboniylar bilan boburiylar o'rtasida elchilik munosabatlari o'rnatildi1.
Abdullaxon boburiylar hukmdori Akbarshohga to'rl marta elchi yuborgan. 1586 yilda Akbarshoh elchisi Buxoroga kelgan. Elchilik munosabatlarida ikkala davlatning Xuroson bilan bog'liq o'z manfaatlari masalalari muhokama qilingan, SHuningdek, Hindistonga me'morlar, miniaturachi rassomlar yuborilgan. Ikki mamlakat o'rtasida savdo aloqalari yo'lga qo'yilgan. Akbarshohning o'g'li Jahongirshoh (1605-1628) va Buxoro xoni Imomqulixon davrida ikkala davlat o'rtasidagi elchilik munosabatlari davom etgan. Lekin Jahongirshohning o'g'li SHoh Jahon (1628-1658) davrida Hindiston-Buxoro munosabatlarida keskinlik yuz bergan. Bu Buxoro xoni Nodir Muhammadxon va uning o'g'li Abdulaziz o'rtasida yuz bergan nizo bilan bog'liq edi. Taxtdan ag'darilgan Nodir Muhammad Balxga qochadi. U o'g'liga qarshi kurashish maqsadida Hindiston hukmdori SHoh Jahondan yordam so'raydi. SHoh Jahon bu paytda qulay fursat kutib Balxni bosib olish niyatida yurar edi. SHoh Jahon darhol Balx ustiga "yordam" jo'natadi. Biroq hind qo'shinlarining Balxga yordamga emas, balki uni bosib olish uchun kelganligini tushunib yetgan Nodir Muhammadxon Eronga qochadi. 1645 yili Abdulazizxon Balxni qamal qiladi. Oxir-oqibat boburiylar qo'shini ortiga qaytib ketishga majbur bo'ladilar. Avrangzeb Olamgir (1658-1707) bilan Abdulazizxon hamda Subhonqulixon o'rtalarida elchilik munosabatlari davom etgan. Avrangzebdan keyin boburiylar sulolasi yana 150 yil hukmronlik qilgan bo'lsa-da, bu saltanat tanazzul tomon yuz tutib bordi. SHunday bo'lsa-da, Hindiston va Buxoro munosabatlari to'xtab qolmagan. Savdo aloqalari ham to'xtovsiz davom etgan.

Download 33.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling