Reja: Kirish Bozor munosabatlari sharoitida iste’molchi rolining mazmun-mohiyati ahamiyati va vazifalari


Bozorning turli xil ko’rinish (tur)larida iste’molchining o’rni


Download 170.71 Kb.
bet5/5
Sana25.01.2023
Hajmi170.71 Kb.
#1120692
1   2   3   4   5
Bog'liq
Bozor munosabatlari sharoitida iste’molchining o’rni

Bozorning turli xil ko’rinish (tur)larida iste’molchining o’rni
Birinchi navbatda bozorning turlari haqida ma’lumot beradigan bo’lsak,ular quyidagilardan tashkil topgan. Masalan:

  • Raqobatlashgan bozor;

  • Sof monopol bozor;

  • Oligopoliya;

  • Monopolistik raqobatlashgan bozor;

  • Monopsoniya.

Raqobatlashgan bozor - bunda ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida sarflangan xarajatlarining har bir birligi evaziga ko‘proq foyda olish uchun kurash boradi. Mana shu foyda orqasidan quvish natijasida tovarlarni sotish doiralari, ya‘ni qulay bozorlar uchun, arzon xomashyo, energiya va arzon ishchi kuchi manbalari uchun
ular orasida kurash boradi. O‘z navbatida xaridorlar, ya‘ni iste‘molchilar sarflagan har bir so‘mi evaziga ko‘proq naflilikka ega bo‘lish uchun kurashadilar, ularning har biri arzon va sifatli tovar va xizmatlarga ega bo‘lishga harakat qiladi. Iqtisodiy resurs egalari taqdim qilingan resurslari hisobiga ko‘proq omilli daromadga ega bo‘lish uchun kurashadilar. Raqobatlashgan bozorda erkin raqobatni ikki holatda ko’rishimiz mumkin. Tarmoq ichida, ya‘ni bir xil tovarlar ishlab chiqaruvchi korxonalar o‘rtasidagi raqobat va tarmoqlaro, ya‘ni turli tarmoqlardagi korxonalar o‘rtasidagi raqobat. Tarmoqlar ichidagi raqobat ishlab chiqarish va sotishning qulayroq sharoitiga ega bo‘lish, qo‘shimcha foyda olish uchun bir tarmoq korxonalari o‘rtasida boradi. Har bir tarmoqda texnika bilan ta‘minlanish darajasi va mehnat unumdorligi darajasi turlicha bo‘lgan korxonalar borligi sababli mazkur korxonalarda ishlab chiqarilgan tovarlarning individual qiymati bir xil bo‘lmaydi. Tarmoq ichidagi raqobat tovarlarning bozor qiymatini aniqlaydi va belgilaydi. Bu qiymat, odatda, o‘rtacha sharoitda ishlab chiqarilgan va muayyan tarmoq tovarlarining anchagina qismini tashkil etadigan tovarlarning qiymatiga mos keladi. Tarmoqlar ichidagi raqobat natijasida texnikaviy darajasi va mehnat unumdorligi yuqori bo‘lgan korxonalar qo‘shimcha foyda oladi va aks holda, ishlab chiqarilgan tovar qiymatining bir qismini yo‘qotadi va zarar ko‘radi.
Tarmoqlararo raqobat turli tarmoqlar korxonalari o‘rtasida eng yuqori foyda olish uchun olib boriladigan kurashdan iborat. Bunday raqobat foyda normasi kam bo‘lgan tarmoqlardan uning normasi yuqori tarmoqlarga kapitallarning oqib o‘tishiga sabab bo‘ladi. Yangi kapitallar ko‘proq foyda keltiruvchi sohalarga intilib, ishlab chiqarishning kengayishiga, taklif ko‘payishiga olib keladi. Shu asosda, narxlar pasaya boshlaydi. Shuningdek, foyda normasi ham pasayadi. Kam foyda keltiruvchi tarmoqlardan kapitalning chiqib ketishi teskari natijaga olib keladi: bu yerda ishlab chiqarish hajmi o‘zgaradi, tovarlarga bo‘lgan talab ular taklifidan oshib ketadi, buning oqibatida narxlar ko‘tariladi, shu bilan birga foyda normasi oshadi. Natijada tarmoqlararo raqobat ob‘ektiv ravishda qandaydir dinamik muvozanatni keltirib chiqaradi. Bu muvozanat kapital qayerga sarflanganligidan qat‘iy nazar, teng kapital uchun teng foyda olinishiga intilishni ta‘minlaydi. Demak, tarmoqlararo raqobat kapital qaysi tarmoqqa solinmasin, xuddi shu tarmoq foyda normalarini o‘rtacha foyda normasiga «baravarlashtiradi». Erkin raqobatli bozorda alohida korxonalar mahsulot narxi ustidan sezilarsiz nazoratni amalga oshiradi. Chunki har bir korxonada umumiy ishlab chiqarish hajmi uncha katta bo‘lmaydi. Shu sababli alohida korxonada ishlab chiqarishning ko‘payishi yoki kamayishi umumiy taklifga, demak mahsulot narxiga sezilarli ta‘sir ko‘rsatmaydi. Erkin raqobat sharoitida yangi korxonalar tarmoqqa erkin kirishi, tarmoqda mavjud bo‘lgan korxonalar esa uni erkin tashlab chiqishi mumkin. Xususan yangi korxonalarning paydo bo‘lishi va ularning raqobatli bozorda mahsulotlarini sotishga huquqiy, texnologik, moliyaviy va boshqa jiddiy iqtisodiy to‘siqlar bo‘lmaydi Xullas raqobatlashgan bozor tushunchasi haqida ma’lumotlarga ega bo’ldik. Endi raqobatlashgan bozorda iste’molchining o’rnini ko’rib chiqsak, bunda raqobatlashgan bozorda iste’molchining o’rni asosan narxning shakllanishida ko’rishimiz mumkin. Iste’molchilar ya’ni haridorlar deb oladigan bo’lsak ular o’zlari sotib olayotgan mahsulotni bozor muvozanatidagi narx asosida sotib oladi. Bu holatda iste’molchi o’zi sotib olgan tovar narxiga rozi bo’ladi. Masalan o’zimizni bozorlardan yunusobod bozorini oladigan bo’lsak go’sht rastasida go’shtning narxi 65000 so’m bo’lsa
Monopolistik raqobat bozorida ham monopoliya, ham raqobat unsurlarini o’zida aks ettira oladi. Bunda tarmoqdagi bir turdagi mahsulotning o‘nlab ishlab chiqaruvchilari bir-birlari bilan qulay narx hamda ishlab chiqarish hajmiga erishish borasida raqobatlashadi. Biroq, ayni paytda, har bir ishlab chiqaruvchi o‘z mahsulotini tabaqalashtirish, ya‘ni shu turdagi boshqa mahsulotlardan qaysi bir jihati (sifat darajasi, shakli, qadoqlanishi, sotish sharoitlari va h.k.) bo‘yicha farqlantirish orqali uning monopol ishlab chiqaruvchisiga aylanadi. Bu yerda monopolistik raqobat bozorida iste’molchining o’rnini ko’rib chiqsak. Masalan hozirgi kunda gazsiz ichimlik suv sotuvchi kompaniyalar “Nestle”, “Hydrolife “ “Sayhun” va boshqalarda iste’molchining o’rnini ko’ramiz. Bunda narx shakllanishida monopol holat saqlanadi iste’molchi raqobatlashgan bozordagi erkin savdolashish narx kabi sotib ololmaydi. Monopol kompaniyalar belgilagan narxga ko’nishga majbur.
Sof monopoliya bozorida tarmoq bitta firmadan iborat bo‘lganligi sababli, u mavjud mahsulot (xizmat)ning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi va yakka hukmronlik shakllanadi. Monopoliya sharoitida firma narx ustidan sezilarli nazoratni amalga oshiradi. Buning sababi oddiy bo‘lib, u mahsulot (xizmat)ning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi va demak, taklifning umumiy hajmi ustidan nazorat qiladi. Bunda ham iste’molchining o’rni tobe. Masalan General Motors (GEM) kompaniyasi, u narxni o’zining talablariga muvofiq moslashtiradi
Oligopoliya bozori – tarmoqda u qadar ko‘p bo‘lmagan korxonalarning mavjud bo‘lishi va hukmronlik qilishidir. Bu oligopoliyaning eng muhim belgisidir. Qaysi tovarlar va xizmatlar bozorida nisbatan kam sonli ishlab chiqaruvchilar hukmronlik qilsa, shu tarmoq oligopolistik tarmoq hisoblanadi. Oligopolistik tarmoq bir xil yoki tabaqalashgan mahsulot ishlab chiqarishi mumkin. Ko‘pchilik sanoat mahsulotlari – po‘lat, mis, alyuminiy, qo‘rg‘oshin, temir va shu kabilar fizik ma‘noda bir turdagi mahsulotlar hisoblanadi va oligopoliya sharoitida ishlab chiqariladi. Iste‘mol tovarlari – avtomobillar, kir yuvish vositalari, sigaretlar, maishiy elektr buyumlari va shu kabilarni ishlab chiqaruvchi tarmoqlar tabaqalashgan oligopoliya hisoblanadi. Oligopoliya sharoitida korxonalar o‘rtasidagi raqobat o‘zaro bog‘liq bo‘ladi. Oligopolistik tarmoqda hech qaysi firma o‘zining narx siyosatini mustaqil o‘zgartirishga botina olmaydi. Uncha ko’p bo’lmagan firmalarning umumiy o’zaro bog’liqlikda joylashishi yashirincha kelishishiga qulaylik tug’diradi. Yashirincha kelishish narxlarni qayd qilish, bozorni bo;lish yoki taqsimlash va boshqacha yo’llar bilan o’zlari o’rtasidagi raqobatni cheklashdan iborat. Yashirincha kelishish bir qator shakllarda bo’lishi mumkin. Uning eng oddiy shakli kartel bitimi hisoblanadi. Kartel bitimiga kirgan firmalar narxlar va ishlab chiqarish hajmini kelishib oladi. Kelishilgsn narxni ushlab turish mumkin bo;lishi uchun ishlab chiqarish hajmi tartibga solinishi, ya’ni bozorlar bo’lingan bo’lishi zarur. Oligapoliya bozoridai ste’molchining ornini ko;radigan bo’lsak, Bunga quyidagi kompaniyalar Pepsi Coca-cola Fantani n misol qilib keltirishimiz mumkin. Bu yerda ham iste’molchilar o’rni tobe ekanligini ko’rishimiz mumkin.
Monopsoniya bozorda faqat bitta iste‘molchi mavjud bo‘lganda vujudga keladi. Endi monopsoniya bozorida iste’molchining o’rnini ko’radigam bo’lsak, bu yerda narx iste’molchi hohishiga ko’ra shakllanadi. Masalan, qurol-aslaha ishlab chiqaruvchilar mahsulotining yagona iste‘molchi – davlatdir

*

XULOSA


Biz bu kusr ishimizda rejalar miqyosida quyidagi xulosalarni bermoqchimiz. Bozor munosabatlarida iste’molchining roli ishlab chiqarishda qanchalik muhim o’rin egallashini hamda bozor iqtisodiyotida rechak vazifasini amalga oshirishini bildik. Biz buni iste’molchilarning tanlov nazariyasi orqali bilib oldik. Bu rejada biz ehtiyojlarning turlari haqida ham to’xtaldik. Birlamchi ehtiyoj va ikkilamchi ehtiyoj, ongli va ongsiz ehtiyojlarni ehtiyojlarni tushuntirib berdik 2-rejada biz koproq nazariyalarni yoritdik ya’ni iste’molchilarning xatti-harakat nazariyasi, iste’molchilarning zamonaviy tanlov nazriyasini ko’rdik. Iste’molchilarning xatti-harakati so’nggi qo’shilgan naflilik nazariyasi hamda iste`molchi tanlovi nazariyasi orqali izohlanadi. Bu nazariya yordamida iste`molchining manfaati nuqtai-nazaridan uning afzal ko’rishi qoidalari bayon etiladi. Agar naflilikka iste`molchi o’lchami bilan qaralsa, u iste`molchining biron-bir ne`matni iste`mol qilishidan olinadigan qoniqishni bildiradi 3-rejada biz iste’molchilarning guruhlanishi va ularning xulq atvoriga ta’sir qiluvchi omillar haqida yoritdik. Biz bu rejadan xulosamiz bozorda iste’molchilarning qanaqa turidan qat’iy nazar bozor munosabatlarida o’z ta’sirini o’tkaza olishini xulosa qildik 4-rejada biz bozor turlarini o’rganish mobaynida bozorlarning (raqobatlashgan monopoliya oligopoliya va boshqalar) iste’molchi o’rnidagi afzalliklari va kamchiliklarini ko’rish va eng maqbul bozorni ko’rsatib berish. Bizning xulosamiz erkin raqobatlashgan bozorda narx erkin harakatlanadi.Narxga ta’sir qiluvchi omillar minimalmiqdorda bo’ladi
Foydalanilgan adabiyotlar :
1.Me’yoriy-huquqiy hujjatlar
1. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. Toshkent. O’zbekiston. 2014.-40b. O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi. 2014 y. 16-son. (o’zgartirish va qo’shimchalar bilan).
2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 avgustdagi «Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini xamda davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida»gi 3231-son Qarori.
3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasi 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari va Davlat byudjeti parametrlari to’g’risida”gi 2699-son Qarori.
4. О‘zbekistоn Respublikаsi Prezidentining 2017-yil 29-dekаbrdаgi “О‘zbekistоn Respublikаsining 2018-yilgi аsоsiy mаkrоiqtisоdiy kо‘rsаtkichlаri prоgnоzlаri vа dаvlаt byudjeti pаrаmetrlаri tо‘g‘risidа”gi PQ-3454-sоnli Qаrоri.
5. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash mexanizmini takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 2753-son Qarori.
6. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi 4947-son Farmoni.O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari teplami. 2017 y. 6-son.
2. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari va ma’ruzalari
7. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni, iqtisodiyotimizda tarkibiy o’zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka yanada keng yo’l ochib berish hisobidan oldinga yurishdir. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasi. \\ Xalq so’zi. 2016 yil.
8. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasining 24 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi. \\ Xalq so’zi. 2016 yil. 8 dekabr.
9. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish-ning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi. \\ Xalq so’zi. 2016 yil.
10. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. – Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. -56 b.
11 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy majlis Senati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasi. 2017 yil. 22 dekabr.
3. Darslik va o’quv adabiyotlari
15. Allayorov Sh.A., Toshmuxamedova D.A. Davlat pensiya ta’minoti. O’quv qo’llanma. . – T.: IQTISOD-MOLIYA. 2015. – 248 b.
16. Azizova I. A. Natijaga yo’naltirilgan byudjetlashtirish. O’quv qo’llanma. - T.: info COM. UZ nashriyoti. 2010. -152 b.
17. Kasimova G.A., Shaakramov K. Mahalliy byudjetlar. O’quv qo’llanma. – T.:Moliya. 2012. -260 b.
18. Kasimova G.A. G’aznachilik. O’quv qo’llanma. – T.:Moliya. 2013. -487 b.
19. Kasimova G.A. G’aznachilik. O’quv qo’llanma. -T.: «IQTISODMOLIYA», 2015. -472 b.
20. Public budgeting systems / Robert Lee, Ronald Johnson, and Philip Joyce. Ninth Edition Copyright© 2013. by Jones & Bartlett Learning, LLC, an Ascend Learning Company.-587 b.
21. Pardaev U.U. Davlat byudjetini prognozlashtirish. Monografiya. – T.:«IQTISOD-MOLIYA». 2017. 240 b.
4. Davriy nashrlar (gazeta va jurnallar)
22. Alimov I. Byudjet tizimi o’ziga xos xususiyatlar. \\ Biznes-Ekspert. 2017 yil. №.7. –B.40-43.
23. Ahmadjonov Sh.A., Allaqulov A.A. O’zbekistonda natijaviylikka yo’naltirilgan byudjetlashtirish masalalari va xorij tajribasi.//Moliya.– Toshkent. 2015. №3. –B.7-12
24. Karimova Z.X. Davlat byudjetining Yagona g’azna hisobvarag’idagi mablag’larni boshqarish masalalari. www.interfinance.uz. “Xalqaro moliya va hisob” elektron jurnali. -Toshkent. 2017. -№1. fevral.
5.Internet-say tma’lumotlari
www.lex.uz(O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari milliy bazasi).
www.treasury.uz(O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi).
www.mf.uz(O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi).



1 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy majlis Senati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasi. 2017 yil. 22 dekabr.



2 Jo’rayev.T.T., Toshmuxamedova D.A. Iqtisodiyot nazariyasi. O’quv qo’llanma. . – T.: IQTISODIYOT. 2015. – 248 b.

3 www.belstu.by

4 Ahmadjonov Sh.A., Allaqulov A.A. O’zbekistonda natijaviylikka yo’naltirilgan byudjetlashtirish masalalari va xorij tajribasi.//Moliya.– Toshkent. 2015. №3. –B.7-12




Download 170.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling