Reja: Kirish Bozor munosabatlari sharoitida iste’molchi rolining mazmun-mohiyati ahamiyati va vazifalari


Download 170.71 Kb.
bet1/5
Sana25.01.2023
Hajmi170.71 Kb.
#1120692
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Bozor munosabatlari sharoitida iste’molchining o’rni


Mavzu: Bozor munosabatlari sharoitida iste’molchining o’rni
Reja:
Kirish
1.Bozor munosabatlari sharoitida iste’molchi rolining mazmun-mohiyati ahamiyati va vazifalari
2.Iste’molchi xatti-harakati nazariyasining mohiyati va uning iste’molchi tanlovidagi o‘rni
3.Iste'molchilarning guruhlanishi va ularning xulq-atvoriga ta'sir qiluvchi omillar
4.Bozorning turli xil ko’rinish (tur)lari iste’molchining o’rni
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish.
Makroiqtisodiyot ham mikroiqtisodiyot kabi iqtisodiy nazariyaning bir bo’limini ifoda etadi. Grek tilidan tarjima qilganda “makro” so’zi “katta” degan ma’noni anglatadi (mos ravishda “mikro”-“kichik”), “iqtisodiyot” so’zi esa- “xo’jalik yuritish” ma’nosini anglatadi. Shunday qilib, makroiqtisodiyot – bu iqtisodiyotdagi umumiy xatti-harakatlarni yoki uning yirik jamlanmalarini (agregatlarini) o’rganuvchi fandir, bunda iqtisodiyot murakkab yirik yagona pog’onaviy tashkil etilgan tizim sifatida, iqtisodiy jarayonlar va voqeliklar hamda ularning ko’rsatkichlarining yig’indisi sifatida qaraladi. 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning Harakatlar strategiyasidagi beshta ustuvor yo`nalishlarda ko`zda tutilgan ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish, yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo`shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga o`tkazish orqali sanoatni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirish, printsipial jihatdan yangi mahsulot va texnologiya turlarini o`zlashtirish, shu asosda ichki va tashqi bozorlarda milliy tovarlarning raqobatbardoshligini ta’minlash, ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rag’batlantirish siyosatini davom ettirish hamda, eng avvalo, iste’mol tovarlar va butlovchi buyumlar importining o`rnini bosish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, iqtisodiyotda energiya va resurslar sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishga energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish kabi vazifalar belgilangan bo`lib, bu vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish ko`p jihatdan mamlakatimiz milliy iqtisodiyotining birlamchi bo`g’ini hisoblangan firmalar faoliyati, iste’molchilar hatti-harakati hamda turli resurslar va tovarlar bozorlari holatini alohida olingan tarzda tahlil qilish, ularni rivojlantirish omillaridan samarali foydalanish yo`llarini o`rganish kabi jarayonlarni tadqiq qilishga bog`liqdir.
«Agar biz yurtimizda barqaror iqtisodiyot qurmoqchi bo‘lsak, dunyodagi rivojlangan mamlakatlar kabi boy va farovon yashamoqchi bo‘lsak, yuzaki emas, balki qanchalik qiyin va murakkab bo‘lmasin, haqiqiy bozor iqtisodiyotiga o‘tishimiz shart. Yagona yo‘limiz shu. Bu — Asosiy qonunimiz talabi. Boshqa yo‘l yo‘q. Biz boshlagan islohotlarimizni qat’iy davom ettiramiz va ular albatta o‘zining ijobiy natijasini beradi»1, — dedi Shavkat Mirziyoyev. Biz yuqorida bozor munosabatlariga xos xususiyatlardan pul, vaqt, talab va taklif to’g’risida aytib o’tdik. Lekin bularning barchasi ham bozor iqtisodiyotining tub mohiyatini to’laligicha ifodalaydi. Sabab-bu yerda raqobat, raqobat muhiti yetishmayapti. Mahsulot arzon, sifatli, ko’rimli, xaridorgir bo’lishi uchun ishlab chiqaruvchilar o’rtasida raqobat zarur. Biroq, bu raqobat erkin, sog’lom, madaniy bo’lishi talab etiladi. Bozor iqtisodiyotiga o’tishda O’zbekistonimiz ham o’zgacha yo’l bilan bormoqda. Bunga sabab muhtaram yurtboshimizning kuchli iqtisodchi va kuchli siyosatchi bo’lganligi. Yurtboshimiz Sh.Mirziyoyev bozor munosabatlariga asoslab bir necha asarlar ham yozgan. Biz yoshlar ham bozor munosabatlariga keskin yondashib, O’zbekistonimiz taraqqiyotini yuksak marralarga ko’tarishimiz darkor.


Download 170.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling