Reja: Kirish "Dastur ul-muluk" asarining tuzilish tarkibi va saqlangan nusxalari
«Dastur ul-muluk» asarida Buxoro xonligining ijtimoiy-siyosiy hayotining yoritilishi
Download 44.53 Kb.
|
Xo`ja Samandar Termiziy “Dastur al-mulk” asari 15varro
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
«Dastur ul-muluk» asarida Buxoro xonligining ijtimoiy-siyosiy hayotining yoritilishi
Abdulazizxon Kerminda bo’lgan vaqtida Buxorodan chopar keladi va Anushaxonning tobelikdan bosh tortib, hukmronlik uchun qo’zg’olon ko’targan holda Buxoroga kelgani haqida xabar beradi. Oliy hazratlari amir Bahovuddin va qozi Lutfullo kabi kishilariga pastkash xorazmliklar (Anushaxon) to’g’risida xabar beradi. Bu xabarni eshitgach, barcha xizmatkorlar to’planishib xorazmliklarga qarshi kurash olib borish kerakligini aytishadi. Shundan keyin Abdulazizxon Buxoroga yo’l oladi, hech qayerda to’xtamasdan ketar ekan, Buxoro tumanlarining biridagi Oqsoch qal’asida joylashadi. Yo’llarda esa qo’shinlarini terib qo’yadi. O’sha vaqtda Buxoro shahri hukmdori Iskandarbiy saroy bo’lib, o’sha davrning e’tiborli kishilaridan sanalgan. Uning huzuriga Abdulazizning xizmatkorlari yetib kelgan vaqtda qamalda turgan bir nechta urganchliklar Iskandarbiy ustiga hujum qilishadi. Kuchlar teng bo’lmagani sababli xorazmliklar shahar bo’ylab talon-tarojlik ishlarini amalga oshirishadi va ularning qo’lida katta miqdorda boylik hamda o’lja to’planadi. Sarosimaga tushgan Buxoroning bir qator nufuzli kishilari Anushaxon huzuriga kelishadi va uning tomonidan qabul qilinadilar. Ular qatorida Buxoro qishloqlari sug’orilib, gullab-yashnashida hissa qo’shgan Muhammad Bakirxo’ja va qozilik ishlarini adolatli tarzda olib borgan qozi amir Nosir bo’lgan. Bo’lib o’tgan janglarda Abdulqodir o’g’lon, Ma’sum miroxo’r saroy, Ne’matulla xo’ja, Shoh Tibxo’ja, Rahimberdi shig’ovulning mardonavorligi va jasurligi tilga olinadi, xon xorazmliklar qonini to’kib, hukumatni qo’lga oladi. Bu orada Samarqandga parvonachi lavozimiga tayinlangan Abdulkarimbiy nayman tayinlanadi. U xon bilan uchrashib, Anushaxonga qarshi jangga kirishga rozi bo’ldi va u bilan birga Qarshi qal’asi tomon yurish qilgan botir Muhammad Alibiy ham kelib qo’shiladi. Xorazmliklar esa yengilib Xorazmga qaytishadi. Bu faslda Abdulazizxonning o’limi haqida ham hikoya berilgan. Abdulazizxon taqdir taqozosi bilan davlat ishlaridan uzoqlashadi va ikki muqaddas shahar tomon yo’l oladi. Isfahon tomon ketar ekan, kambag’al odamlarga yordam qo’lini cho’zadi. Movarounnahr taxtini esa ukasi Subhonqulixonga qoldiradi. Ka’bani ziyorat etgach, Hindiston kabi davlatni ko’rish ishtiyoqida Moxa (Yaman) portiga keladi, ammo kasalligi tufayli kuchsizlanib qoladi va safar orzusi amalga oshmay qolib vafot etadi. II fasli. 1096-yilda bo’lib o’tgan voqealar haqida qudratli Said Subhonquli Muhammad Bahodirxon Movarounnahr taxtiga o’tirgandan keyin Samarqand boshqaruvini Xo’jaqulibiy o’tarchiga topshiradi, ammo Xo’jaqulibiy xonga sodiqligini ko’rsatish o’rniga qo’zg’olon ko’taradi. U ko’psonli xitoy qabilasi-ga ishonib, xonga nisbatan hurmatsizlik qilgancha Samarqanddan chiqib ketadi va Koson qal’asiga kirib keladi. Qudratli xon hazratlari sabr ila muallif(Xoja Samandar)ni Xo’jaqulibiyni o’z huzuriga chaqirish uchun uning oldiga yuboradi. Lekin u Xo’ja-Muborak degan joygacha kelganda bir nechta isyonchilar qo’zg’olonni kuchaytiradilar. Bu xabar xon qulog’iga yetib kelgach, bu safar muallif bilan birga Xo’jamberdi shig’ovul qipchoqni ham jo’natadi. Lekin shig’ovul so’zlarini ko’ngliga yaqin olmagan Xo’jaquli odamlarini to’plab, qo’zg’olon yo’li bilan Qarshilik musulmonlarining mulukiga bostirib kiradi. Uning dushmanligi shu darajaga yetib borganki, urganchlik (ya’ni Anushaxon) qabulida bo’lib, uni Xorazmdan chiqib harakat qilishiga ko’ndiradi. Anushaxon esa Buxoroni egallash niyatida Xo’jaquli so’zlariga quloq solib, qo’zg’olon yo’lini tanlaydi. Bu xabarni eshitgan xon dushmanga qarshi jangga kirishadi. Bu orada G’oyib Nazarbiy saroy, Jonibek to’qsoba, Sher G’ozibiy dodxox harbiy qo’shinlar bilan birga otlarda jangga kirishadi. Ushbu dahshatli jang vaqtida xonning bahodirlari tomonidan yetkazilgan zarbalari natijasida Anushaxonning noibi bo’lmish Murod Urganjiy egaridan tushiriladi. Bu voqeadan keyin dushmanlar vodiyga qarab chekinishadi. Bundan xabar topgan Anushaxon ertasi kuni tongda katta qo’shin bilan G’ijduvon tomondan chiqib keladi. Lekin Subhonqulixon g’alabasi aniq bo’lgan edi. Mazkur jangda qahramonlik ko’rsatgan bahodirlardan qilichbozlikda mahoratini ko’rsatgan Ma’sum miroxo’r saroy, shuningdek jasoratliligi bilan ajralib turgan Shoh Tibxo’ja, chap tomondan harakat qilgan Ne’matulla-xo’ja hamda Bek Muhammadbek durman va Muhammad Rahimbek durman nomlari keltiriladi. Shu kuni xon uchun o’z jonini qurbon qilgan Abdullaxo’ja (Yusuf xo’janing o’g’li) va Ollohberdibek jaloyir tarix varaqlarida saqlanib qolgan. Ajoyib g’alabalardan so’ng Subhonqulixon o’sha vaqtni o’zida xizmatkorlariga oltin egarli otlar, qilichlar, bahodirlariga esa sarpo va yirik miqdorda pul berishni buyuradi. III fasl Subhonqulixon davrida ro’y bergan voqealar 1097-yil bahorida Xo’jaquli Xorazmdan chiqib keladi va odamlarning azob-uqubatlariga sabab bo’ladigan bir qator ishlarga qo’l uradi. Bu haqida eshitgan Subhonqulixon jahl otiga minib, Balx va Badaxshon hukmdorlari, Andijon va Turkiston harbiy boshliqlarining katta qo’shin bilan yetib kelishlarini buyuradi. Anushaxonning Samarqandga yurishi haqidagi xabar Subhonqulxonga yetib kelgach, Subhonqulixon Kermin tomon yo’l oladi. Yo’l-yo’lakay Buxoroga kirib keladi va vaziyatni o’rganib, qo’shin tayyorlaydi. Kermin boshqaruvini qo’lga olgan Odil miroxo’r ming xorazmliklarning yurishi haqida eshitib, qal’a devorlari va minoralarini qo’riqlashga kirishadi. Anushaxon Samarqandga yo’l oladi va o’zidan oldin bir qator va’dalar bitilgan xatlar bilan samarqandliklarning huzuriga elchini jo’natadi. Samarqandliklarda kurashish uchun kuch qolmagani sababli Anushaxonni Samarqandga taklif qilishadi. Dushmanlar esa samarqandliklarning do’stona munosabatda ekanliklarini bilishgach, Cho’pon-Otagacha talonchilik ishlarini amalga oshirishadi. Samar-qandliklar Anushaxonning bu qo’polliklaridan qo’rqib, Samarqand darvozalari kalitlarini uning qo’liga topshirishadi. Anushaxon g’ozal Kesh tomon yo’l oladi va bu orada Shahrisabzning bir nechta katta kishilari xorazmliklardan chekinadilar. Anushaxon Samarqand va Shahrisabzni qo’lga kiritgach, Qarshining jasur kishilari juma namozida to’planishib, mirza Xonxoji shayx ul-islom huzurida hukmdorlariga sadoqatliliklari to’g’risida qasam ichadilar. Anushaxon qarshiliklarning xonga bunchalar sadoqatli ekanliklarini eshitgach, Qarshi darvozalari uning uchun osongina ochilmasligini tushunadi. So’ng ko’plab va’dalar bitilgan xatni elchilar orqali qarshiliklarga jo’natishga qaror qiladi. Biroq bu ishi samara bermaydi, hatto uning elchilari o’ldirib yuboriladi. Bu vaqtda Subhonqulixon qozi Badi’ning uning huzuriga kelishini buyuradi hamda unga Anushaxonni Qarshiga hujum qilmasligiga ko’ndirishini so’raydi. Shu o’rinda hukmdorlarning davlat ishlarini yurituvchi - vazirning yordamisiz davlatni bo’ysundirish mushkulligi to’g’risida gapiriladi. Subhonqulixon hujjatlar hamda qog’oz va daftar ishlarini mirzo Abdul-Boqi devon va mirza Rizo daftardorga topshiradi. Ularning yordamida mamlakatda tartib va qonun o’rnatiladi. Biroq, yomon kimsalarning tuhmatlari oqibatida shu ikki odam o’z lavozimlaridan olib tashlanadi va vazir majburiyatlariga kiradigan hujjatlar ishlar adolatsiz, pastkash Mirzo Bekler qo’liga o’tadi. U yig’imlarni oshirib, xalq boshiga kulfatlar soladi. Lekin xalq xudodan uning ketishini so’rab iltijo qilishni boshlashadi va keyinchalik uning lavozimidan chetlatilishi musulmonlar baxtiga sabab bo’ladi. Keyingi o’rinlarda Muhammad Saidxoji naqib haqidagi hikoya berib o’tiladi. Anushaxon Samarqandga kirib kelganida qo’zg’olon ko’taradi va o’zining to’rt mingga yaqin kishilariga Kasbi va Kosonni talashga buyruq beradi. Buni eshitgan Subhonqulixon mazkur ishga qarshi chora ko’rishni Muhammad Saidxoji naqibga topshiradi. U otini dushmanga qarshi yo’naltirib, 200 ta kishisi bilan raqibining yo’lini o’rab oladi. Xoji huzuriga Nodirbiy dodxox va Ali sayid eshikog’aboshi yordamga keladi. Xorazmliklar esa mag’lubiyatga uchrab chekinadilar. Shuningdek, muhim voqealardan biri bu tashqi ko’rinishdan va xarakter jihatidan go’zal bo’lgan Xoja Zakariya shayx ul-islomning Anushaxon makkorligi va yovuzliklaridan sarosimaga tushib, istar-istamas unga o’z qizlaridan birini berishidir. Xojalar bilan qarindoshlik rishtalarini bo’g’lagandan keyin Anushaxon Dabusiya qal’asiga yo’l oladi. Qattiq janglardan so’ng Subhonqulixon g’alabani qo’lga kiritadi, Anushaxon esa mag’lubiyatga uchrab, Samarqandga ketadi. Bu orada yo’lda xudo tomonidan Anushaxonga dahshatli jazo beriladi. Xulosa “Dastur ul-muluk” asari uzoq vaqt davomida etika-didaktik asar sifatida ko’rib kelingan edi. Ammo XIX asrning oxirida uning Buxoro xonligining XVII asr so’nggi choragidagi muhim voqealarni o’z ichiga olgan tarixiy manba ekanligi tasdiqlandi. Xoja Samandar Termiziyning “Dastur ul-muluk” asari Buxoro xonligining XVII asrdagi ijtimoiy-siyosiy ahvolini, shuningdek, Buxoro bilan Xiva xonliklari o’rtasidagi siyosiy munosabatlarni o’rganishda katta ahamiyatga ega. Asarda o’zaro kurashlar, oily martabali mansabdorlar orasida keng tarqalgan buzuqlik, poraxo’rlik, zulm va mehnatkash xalqning og’ir ahvoli haqida qimmatli ma’lumotlar mavjud. “Dastur ul-muluk”da o’zbeklarning etnik tarkibi haqida ham muhim dalil va ma’lumotlarni uchratish mumkin. Shuningdek, Xoja Samandarning asarida bir qator faktlar borki, ular xon hokimiyatining taqdiri, xalqlarning huquqlari poymol etilgan holatlari haqida mulohaza yuritishga sabab bo’la oladi. Ushbu asar nafaqat Buxoro xonligining XVII asrda bo’lib o’tgan siyosiy voqealarni, balki ijtimoiy ahamiyatga molik masalalarni ko’rib chiqish imkonini beradi. “Dastur ul-muluk”ning 21-bobini tashkil etuvchi ikkinchi katta tarixiy qismi Buxoro xonligi tarixini o’rganishda muhim hisoblanib, unda muallif davridagi voqealar bayoni o’z aksini topadi va qolgan boblardan farqli asl hisoblanadi. Xulosa qilib aytganda, Xoja Samandarning “Dastur ul-muluk” asarining tarixiy qismi biz uchun ikki munosabatlarda muhim: bir tomondan, unda boshqa manbalardagi ma’lumotlarni to’ldiruvchi O’rta Osiyoning XVII asr oxiri tarixi bo’yicha qimmatli ma’lumotlar mavjud bo’lsa, ikkinchi tomondan unda o’sha davr Buxoro jamiyatining (to’g’rirog’i birinchi nabatda yuqori jamiyat) turmush tarsi hamda urf-odatini yorituvchi asl faktlar keltirib o’tiladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati Xoja Samandar Termiziy. Dastur ul-muluk. Salohiddinova M. A.ning fors tilidan qadimgi qo'lyozma faksimilesi. M.: «Nauka», 1971 (rus tilida) Madraimov A., Fuzailova G. Manbashunoslik. Darslik. T.: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2008 O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. VIII tom. T.: O'zbekiston Milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2004. Download 44.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling