Reja: Kirish davlat budjeti harajatlarining asosiy yo’nalishlari va uning mablag’laridan foydalanishning nazariy asoslari. O’zbekistonda davlat budjeti harajatlarining


-rasm. Davlat byudjeti daromadlari tarkibida to’g’ri va egri soliqlarning salmog’i9(foizda)


Download 1.07 Mb.
bet6/11
Sana19.11.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1786260
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Davlat byudjet

4-rasm. Davlat byudjeti daromadlari tarkibida to’g’ri va egri soliqlarning salmog’i9(foizda)

Agar davlat byudjetining daromadlarini to’g’ri va egri soliqlar turlari bo’yicha tahlil qiladigan bo’lsak, eng katta ulushni egri soliqlar tarkibiga kiruvchi qo’shilgan qiymat solig’idan tushumlar tashkil qilayotganinin ko’rishimiz mumkin. 2017 yilda 3094,0 mlrd.so’m, 2018 yilda 3988,0 mlrd.so’m, 2019 yilda 5228,8 mlrd.so’m, 2020 yilda 6784,5 mlrd.so’mni tashkil qilgan bo’lsa, 2021 yilda bu ko’rsatkich 7737,8 mlrd.so’mni tashkil qilishi rejalashtirilgan. Uning jami daromadlardagi ulushi mos ravishda 29,7 %, 30,4 %, 32,3 % ,32,9 % va 30,8 % ni tashkil qilmoqda.
Salmog’i jihatdan keyingi o’rinda aktsiz solig’i turadi. Aktsiz solig’i bo’yicha tushumlar 2017 yilda 1503,8 mlrd.so’m, 2018 yilda 2191,1mlrd.so’m, 2019 yilda 2481,8 mlrd.so’m, 2020 yilda 3111,5 mlrd.so’mni tashkil qilgan bo’lsa, 2021 yilda bu ko’rsatkich 3726,5 mlrd.so’mni tashkil qilishi rejalashtirilgan. Uning jami daromadlardagi ulushi mos ravishda 14,4 %, 16,7 %, 15,3 %,15,1 % va 14.8% ni tashkil qilmoqda.
To’gri soliqlardan byudjet daromadlarida salmog’i jihatdan bo’yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i uchinchi o’rinda turadi. Mazkur soliq turi bo’yicha tushumlar 2017 yilda 1281,6 mlrd.so’m, 2018 yilda 1535,0 mlrd.so’m, 2019 yilda 1789,7 mlrd.so’m, 2020 yilda 2372,7 mlrd.so’mni tashkil qilgan bo’lsa, 2021 yilda bu ko’rsatkich 2769,7 mlrd.so’mni tashkil qilishi rejalashtirilgan. Uning jami daromadlardagi ulushi mos ravishda 12,3 %, 11,7 %, 11,1 % ,11,5 % va 11,0 % ni tashkil qilmoqda.
Byudjet daromadlarida salmog’i jihatdan to’rtinchi o’rinda turuvchi to’g’ri soliq bu - yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqdir. Mazkur soliq turi bo’yicha tushumlar 2017 yilda 1024,8 mlrd.so’m, 2018 yilda 1265,0 mlrd.so’m, 2019 yilda 1409,7 mlrd.so’m, 2020 yilda 1585,3 mlrd.so’mni tashkil qilgan bo’lsa, 2021 yilda bu ko’rsatkich 2180,1 mlrd.so’mni tashkil qilishi rejalashtirilgan. Uning jami daromadlardagi ulushi mos ravishda 9,8 %, 9,6 %, 8,7 % ,7,7 % va 8,7,0 % ni tashkil qilmoqda.
To’g’ri soliqlar ichida muhim ahamiyatga ega bo’lgan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ining ulushi tahlil qilinayotgan yillar davomida o’rtacha 4-5 % ni tashkil qilgan.
Yana bir to’g’ri soliqlar tarkibiga kiruvchi soliq - suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq tushumlar byudjet daromadlarida eng kichik ulushga ega soliqlardan birirdir. Uning jami daromadlardagi ulushi tahlil qilinayotgan yillar davomida 0,4% ni tashkil qilgan.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, O’zbekiston Respublikasida byudjet daromadlarini shakllantirishda soliqlar hal qiluvchi ahamiyatga ega. Biz tahlil qilgan yillar (2017-2021 yillar)da soliqlar mamlakatimiz byudjeti daromadlarining 94-95 foizini tashkil etganligini kuzatdik. Bu ko’rsatkich aksariyat rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarga xos bo’lgan xususiyatdir.
Har qanday davlatning iqtisodiyot va siyosatidagi xususiyatlari uning xarajatlari ustuvorliklarida ham aks etadi. O’zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvorliklaridan kelib chiqqan holda har yili mamlakatning soliq va byudjet siyosatining asosiy yo’nalishlari belgilanadi va ular davlat byudjetini ishlab chiqishda asos sifatida xizmat qiladi.

Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti xarajatlarining amaldagi tarkibi quyidagicha:


Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling