Reja: Kirish davlat budjeti harajatlarining asosiy yo’nalishlari va uning mablag’laridan foydalanishning nazariy asoslari. O’zbekistonda davlat budjeti harajatlarining


O’zbekistonda davlat budjeti harajatlarining hozirgi holati tahlili


Download 1.07 Mb.
bet4/11
Sana19.11.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1786260
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Davlat byudjet

2 O’zbekistonda davlat budjeti harajatlarining hozirgi holati tahlili

Mamlakatimiz demokratik davlat qurish yo’lidan borayotgan bugungi kunda ijtimoiy xayotimizning barcha sohalarida bo’lgani kabi davlat moliya tizimida xam chuqur islohotlarni amalga oshirish xozirgi jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi sharoitida muhim axamiyatga egadir. Davlat moliyasini isloh qilishning negizida davlat budjeti yotadi. Davlat budjeti davlat moliyasi tizimida markaziy o’rinni egallaydi. Budjet tizimi murakkab mexanizm bo’lib, muayyan mamlakatning o’ziga xos xususiyatlari, ijtimoiy iqtisodiy, huquqiy va boshqa xususiyatlarni butun majmui asosida shakllanadi.


Davlat budjeti, uning daromad va xarajatlari jamiyatning iqtisodiy kategoriyalari bilan chambarchas bog’liq bo’lib, chunki davlat budjeti jamiyatda yaratilgan ijtimoiy mahsulot qiymatining taqsimlanish jarayonida o’zining moddiy shakliga ega bo’ladi.
Byudjetning soliqli daromadlari tarkibi mamlakat soliq qonunchiligiga muvofiq umumdavlat soliqlari va yig’imlari, mahalliy soliqlar va yig’imlar, bojxona bojlari, boj yig’imlari va boshqa boj to’lovlari, davlat boji, penya va jarimalardan iborat.
Nosoliqli daromadlar davlatga tegishli bo’lgan korxona va tashkilotlardan olinadigan to’lovlardir. Nosoliqli daromadlar tarkibiga esa davlat mulkidan foydalanishdan olingan daromadlar, byudjet tashkilotlari tomonidan ko’rsatilgan haqli (to’lovli) xizmatlardan kelgan daromadlar, fuqarolik-huquqiy, ma’muriy va jinoiy choralarni qo’llash natijasida olingan mablag’lar, jumladan, jarimalar, konfiskatsiyalar, kompensatsiyalar va davlat sub’ektlariga etkazilgan zararlarni tiklash bo’yicha olingan mablag’lar va majburiy undirilgan boshqa mablag’lar va boshqa nosoliqli daromadlar kiradi.
Davlat byudjeti daromadlarining tarkibi va uning tuzilmasi doimiy bo’lmasdan, ular mamlakat taraqqiyoti va davlatning oldidagi vazifalarning o’zgarishiga muvofiq ravishda o’zgarib boradi.
Davlat byudjeti daromadlari tarkibida soliqli va soliqsiz daromadlar salmog’ini quyidagi 3-rasm orqali yaqqol ko’rishimiz mumkin.
Ma’lumki, soliqlar iqtisodiy mohiyatiga ko’ra to’gri soliqlar va egrisoliqlarga bo’linadi. Biz to’gri va egri soliqlarni budjet daromadlaridagi salmog’ini ham tahlili qilishni maqsadga muvofiq bildik.


Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling