Reja: Kirish Davlat moliyasi tizimi, uning tarkibi va tuzilishi


Davlat moliya tizimi va uning tuzilishi


Download 122.5 Kb.
bet2/6
Sana18.06.2023
Hajmi122.5 Kb.
#1570958
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs ishi

Davlat moliya tizimi va uning tuzilishi.

Davlat moliyasi — davlat ixtiyorida pul jamg‘armalarining tashkil etilishi, taqsimlanishi va sarflanishi sohasidagi moliyaviy munosabatlar. Davlat moliyasining mablag‘lari umummilliy manfaatlar yo‘lida sarflanadi, davlatning funksiyalarini bajarishga xizmat qiladi. Davlat moliyasi pul jamg‘armalari, moliya mexanizmi, davlatning moliyaviy institutlari (idoralari) va moliya siyosatini o‘zida mujassamlashtiradi. Davlat moliyasi tarkiban davlat byudjeti, mahalliy (munitsipal) byudjetlar, davlat korxonalarining moliyasi (ularning byudjeti), hukumatga qarashli maxsus jamg‘armalar, davlat krediti (davlat qarz olgan va qarzga beradigan vositalari) kabi turlarga bulinadi.


Birinchi marta “Davlat moliyasi” atamasi 16-asrda Fransiyada ishlatila boshladi. O‘sha davrda Davlat moliyasi turli soliqlar tarzida maydonga keldi. Yirik davlatlarning vujudga kelishi va ular harajatlarining ortib borishi bilan nakd pulga ehtiyoj o‘sdi, natijada xalqdan olinadigan soliqlar, asosan, pul shaklida yig‘ib olinadigan bo‘ldi, majburiy soliqlar va zayomlar davlat zayomlari bilan almashindi. Buning oqibatida Davlat moliyasining murakkab tizimi vujudga keldi.
Hozirgi vaqtda davlatning iqtisodiy va moliyaviy siyosatini amalga oshirishda Davlat moliyasi katta ahamiyatga ega. U xalqning moddiy va manaviy turmush farovonligini oshirish, davlat organlarini mablag‘ bilan taminlash, mamlakat iqtisodiyotini o‘stirish, xalq xo‘jaligini, ijtimoiy sohani moliyalashtirish, iqtisodiyotni investitsiyalash, aholini ijtimoiy himoya qilish, milliy xavfsizlikni taminlash, davlatni idora qilish va boshqarishda etakchi vosita hisoblanadi. Mavjud barcha korxonalar va xalq xo‘jaligi tarmoqlari moliyasi Davlat moliyasi va moliya tizimi zaxiralarining asosiy manbaidir.
“Davlat moliyasi tizimi” atamasiga murojaat qilishdan avval “tizim” degan tushunchaga oydinlik kiritaylik. Turli lug‘atlarda “tizim” so‘ziga “vazifasi
jihatidan bir turdagi tashkilotlar yig‘indisi, yoki tashkiliy jihatdan birlashtirilgan muassasalar yig‘indisi, yoki ijtimoiy tuzum shakli” deb ta’riflar berilgan.
Moliya tizimi bu banklar, sug'urta kompaniyalari va fond birjalari kabi mablag'lar almashinuviga ruxsat beruvchi muassasalar to'plamidir. Moliyaviy tizimlar qat'iy, mintaqaviy va global darajada mavjud. Qarz oluvchilar, qarz beruvchilar va investorlar loyihalarni moliyalashtirish uchun iste'mol mablag'lari yoki samarali sarmoyalar uchun hamda o'zlarining moliyaviy aktivlarini qaytarish uchun joriy mablag'larni almashadilar. Moliya tizimiga shuningdek, qarz oluvchilar va qarz beruvchilar qaysi loyihalar moliyalashtirilishi, kimlar loyihalarni moliyalashtirishi va moliyaviy bitimlar shartlarini hal qilishda foydalanadigan qoidalar va amaliyotlar to'plami kiradi.
Moliyaviy bozorlarda qarz oluvchilar, qarz beruvchilar va investorlar kreditlar va boshqa operatsiyalar bo'yicha muzokaralar olib boradilar. Ushbu bozorlarda ikkala tomonning savdo-sotiqdagi iqtisodiy foydasi odatda pulning biron bir shakli hisoblanadi: joriy pul (naqd pul), kelajakdagi pulga bo'lgan talab (kredit) yoki kelajakdagi daromad salohiyati yoki haqiqiy aktivlarning qiymati (kapital). Bularga lotin asboblari ham kiradi. Tovar fyucherslari yoki aktsionerlik opsiyalari kabi hosila vositalar, asosiy yoki moliyaviy aktivlar faoliyatiga bog'liq bo'lgan moliyaviy vositalardir. Moliya bozorlarida bularning barchasi oddiy talab va taklif qonunlariga binoan qarz oluvchilar, qarz beruvchilar va investorlar o'rtasida sotiladi.
Markazlashtirilgan rejalashtirilgan moliyaviy tizimda (masalan, bitta firma yoki buyruqbozlik iqtisodiyoti) iste'mol va investitsiya rejalarini moliyalashtirish kontragentlar tomonidan bitimda emas, balki to'g'ridan-to'g'ri menejer yoki markaziy rejalashtiruvchi tomonidan hal qilinadi. Qaysi loyihalar mablag 'oladi, kimning loyihalari mablag' oladi va kimni moliyalashtirishi rejalashtiruvchi tomonidan belgilanadi, bu biznes menejeri yoki partiyaning boshlig'i degani.
Iqtisodiy mazmuniga ko‘ra davlat moliyasi – davlatning va uning mulkidagi davlat korxonalarining ixtiyorida moliyaviy resurslarning shakllanishi va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish, jamiyat a’zolarining ortib borayotgan ijtimoiy-madaniy ehtiyojlarini qondirish, mamlakat mudofaasi va davlat boshqaruvini ta’minlash bo‘yicha xarajatlarning amalga oshirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan, yalpi ichki mahsulotning qiymatini taqsimlash va qayta taqsimlash asosida sodir bo‘ladigan pul munosabatlari yig‘indisidir.
Davlat moliyasi sohasida sodir bo‘ladigan pul munosabatlarining subyektlari bo‘lib davlat (hukumatning tegishli organlari timsolida), yuridik shaxslar (korxona va tashkilotlar timsolida) va jismoniy shaxslar ishtirok etadilar.
Davlat moliyasining iqtisodiy mazmuni bir xilda emas: uning tarkibida alohida bo‘g‘inlarni ajratib ko‘rsatish mumkin, ularning har biri o‘ziga xos funksiyalarni bajaradi. Davlat moliyasining tarkibiga quyidagilar kiradi: davlat byudjeti, davlatning byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalari, davlat krediti,davlat korxonalari moliyasi (2.1-rasm). Har bir bo‘g‘inning turlicha funksional tayinlanishga ega ekanligidan davlat keng miqyosdagi iqtisodiy-ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatadi, tarmoq va hududiy muammolarni hal qiladi.
Davlat moliyasi – moliyaviy resurslarning markazlashgan jamg‘armalarini shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish bilan bog‘liq real pul aylanmasida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlar majmuidir.
Moliyalashtirishning moddiy asosini pul aylanmasi tashkil qiladi.
Real pul aylanmasi – bu qiymat harakatini yuzaga keltiruvchi hamda pul to‘lovlari va hisob-kitoblar oqimlari bilan birga kuzatiluvchi iqtisodiy jarayondir. Real pul aylanmasi ob’ekti sifatida kengaytirilgan ishlab chiqarishning moliyalashtirish manbalari hisoblanuvchi moliyaviy resurslar namoyon bo‘ladi.
Davlat moliyasi iqtisodiyotning davlat va mahalliy sektorlari, ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha va ijtimoiy sektorning eng muhim dasturlari, byudjet sohasidagi tashkilotlar va muassasalar kabilarni markazlashgan moliyalashtirish manbalari bilan ta’minlashga oid iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi. Ularning faoliyati ijtimoiy yo‘naltirilgan iqtisodiyotni rivojlantirishning umumiy maqsadlariga erishishga qaratilgan .
Davlat moliyasi – makroiqtisodiy tartibga solishning kuchli dastagidir. Ushbu instrumentdan mohirona foydalangan holda davlat iqtisodiy o‘sish sur’atlarini tartibga solish, pul birligi barqarorligini saqlab turish, ssuda foizlari darajasini tartibga solish, kon’yunktur tebranishlarni silliqlash kabi turli vazifalarni hal qilishi mumkin. Ushbu bo‘limda biz davlat moliyasining mohiyati, tushunchalari va asosiy tarkibiy qismlarini ko‘rib chiqamiz.
Davlat moliyasi – bu moliyaviy resurslarning markazlashgan fondlarini shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish bilan bog‘liq holda real pul aylanmasida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlar majmuidir .
Davlat moliyasi – bu davlat faoliyatining asosidir, faqat etarli miqdordagi mablag‘larni tasarruf etgan holdagina davlat ijtimoiy siyosatni amalga oshirishi, iqtisodiyotning alohida tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlashi, ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishi yoki mudofaani ta’minlashi mumkin.
Aksariyat moliya tizimlari ikkala berish va olish bozorlari va yuqoridan pastga markaziy rejalashtirish elementlarini o'z ichiga oladi. Masalan, biznes-firma bu ichki moliyaviy qarorlariga nisbatan markazlashtirilgan rejalashtirilgan moliyaviy tizim; ammo, odatda, uzoq muddatli rejalarini amalga oshirish uchun tashqi kreditorlar va investorlar bilan o'zaro aloqada bo'lgan keng bozor doirasida ishlaydi.
Shu bilan birga, barcha zamonaviy moliya bozorlari qandaydir tranzaktsiyalarga ruxsat berilgan chegaralarni belgilaydigan hukumat tomonidan tartibga solinadigan baza doirasida ishlaydi. Moliyaviy tizimlar ko'pincha qat'iy tartibga solinadi, chunki ular to'g'ridan-to'g'ri real aktivlar, iqtisodiy ko'rsatkichlar va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish to'g'risidagi qarorlarga ta'sir qiladi.
Moliya tizimi ko‘proq “moliyaviy tashkilotlar yig‘indisi”, “turli xil moliyaviy munosabatlar yig‘indisi”, “moliyaviy bozorlar yig‘indisi” sifatida qaraladi. Lekin bu ta’riflar vazifa “jihatidan umumiy bo‘lgan va tashkiliy jihatdan yaxlit birlikka uyushgan” degan majburiy talablarga javob bermaydi.
Yuqoridagi bobda ta’kidlanganidek, moliya iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlarni aks ettiradi, bu munosabatlar turli shaklda namoyon bo‘ladi va o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Masalan, korxonalarda foydaning shakllanishi va ishlatilishi, davlatning qo‘lida soliqlar va boshqa tushumlar evaziga pul fondlarining to‘planishi va taqsimlanishi, aholi daromadlarining shakllanishi va ishlatilishi – bularning barchasi moliyaviy munosabatlarning namoyon bo‘lish shakllaridir. Lekin bu munosabatlarni o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra ma’lum bir sohalar bo‘yicha guruhlash mumkin. Moliyaviy munosabatlarning har bir sohasi esa qator bo‘g‘inlardan iborat.
Iqtisodiy mazmuniga ko‘ra davlat moliyasi – davlatning va uning mulkidagi davlat korxonalarining ixtiyorida moliyaviy resurslarning shakllanishi va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish, jamiyat a’zolarining ortib borayotgan ijtimoiy-madaniy ehtiyojlarini qondirish, mamlakat mudofaasi va davlat boshqaruvini ta’minlash bo‘yicha xarajatlarning amalga oshirilishi bilan bog‘liq
bo‘lgan, yalpi ichki maxsulotning qiymatini taqsimlash va qayta taqsimlash asosida sodir bo‘ladigan pul munosabatlari yig‘indisidir

.Davlat moliyasi sohasida sodir bo‘ladigan pul munosabatlarining sub’yektlari bo‘lib davlat (hokimiyatning tegishli organlari timsolida), yuridik shaxslar (korxona, tashkilotlar, birlashmalar, muassasalar timsolida) va jismoniy shaxslar (aholi) ishtirok etadilar.
Davlat moliyasining iqtisodiy mazmuni bir xil emas: uning tarkibida alohida bo‘g‘inlarni ajratib ko‘rsatish mumkin, ularning har biri o‘ziga xos funktsiyalarni bajaradi. Davlat moliyasining tarkibiga quyidagilar kiradi: davlat byudjeti; davlatning byudjetdan tashqari maqsadli fondlari; davlat krediti; davlat korxonalari moliyasi. Har bir bo‘g‘inning turlicha funktsional tayinlanishga ega ekanligidan foydalanib, davlat keng ko‘lamli iqtisodiy va ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatadi, tarmoq va hududiy muammolarni xal qiladi.
Davlat moliyasini tashkil etish va ishlash tamoyillarini belgilab olish muhim metodologik omil sanalib, bu iqtisodiyotning davlat va mahalliy sektorlarini rivojlantirishga moliyaning ta’sir yo‘nalishlarini aniqlash, ularni ishlash mezonlarini ishlab chiqishga imkon beradi.
Davlat moliyaviy resurslarini mavjud bo‘lishining eng muhim ob’ektiv omillaridan biri – bu davlatni o‘z funktsiyalarini amalga oshirish uchun muayyan miqdorda moliyaviy mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqadi. Davlat ixtiyoriga kelib tushadigan va ijtimoiy xizmatlar uchun sarflanadigan moliyaviy resurslar asosan quyidagi yo‘llar bilan: soliqlar, bojxona va davlat bojlari, maqsadli jamg‘armalar, xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar, yer osti tabiiy boyliklarini realizatsiyasidan tushgan mablag‘lar va boshqalardan shakllanadi. Markazlashtirilgan moliyaviy resurslar asosan davlat byudjetida mujassam bo‘ladi. Shuni ta’kidlash lozimki, jamiyat iqtisodiy hayotida oborotda bo‘ladigan moliyaviy resurslar ikki xil tartibda – byudjet tizimi va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar (shu jumladan aholi) orqali harakatda bo‘ladi. Byudjet tizimida oborotda bo‘ladigan moliyaviy resurslar tabiatan ikkilamchi moliyaviy resurslar hisoblanib, ular milliy daromadni qayta taqsimlanishidan yuzaga keladi. Shu jihatidan ham ularni ikkilamchi moliyaviy resurslar deb atash mumkin.
Davlat moliyasi davlatni iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy funktsiyalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan pul mablag‘lari bilan ta’minlash uchun mo‘ljallangan davlat moliya tizimining muhim sohasidir. Iqtisodiy funktsiyasi jihatidan davlat moliyasi – bu ijtimoiy mahsulot qiymati va milliy boylik qismini taqsimlash va qayta taqsimlash bo‘yicha pul munosabatlaridir. Mazkur pul munosabatlari quyidagilar bilan bog‘liq:
1) davlat va uning korxonalari tasarrufida moliyaviy resurslarni shakllantirish bilan;
2) davlat mablag‘larini ishlab chiqarishni kengaytirish xarajatlari uchun sarflash;
3) o‘sib borayotgan ijtimoiy va madaniy ehtiyojlar, davlat mudofaasi, boshqaruv ehtiyojlarini qondirish bilan.
Davlat va mahalliy moliya axborot oqimlariga tayanadi. Hukumat qarorlarini qabul qilish axborotlar majmuiga asoslangan. Kelib tushayotgan axborotlar tahlili qaror qabul qilish vaqtida ham, uni bajarish jarayonini nazorat qilishda ham muhimdir. Ushbu axborotlar tezkor va statistik hisobotlarda, shartnoma va bitimlarda, hisoblashish hujjatlari va boshqalarda mujassam bo‘ladi.
Davlat moliyasi aniq maqsadli yo‘nalishga ega. Ular jamiyatning alohida qatlamlarining muayyan ijtimoiy-siyosiy manfaatlariga ta’sir qiladi. Biroq o‘zining barcha jihatlariga ko‘ra ular davlat va mahalliy vazifalarni hal etishga yo‘naltirilgan.
O‘tgan ming yillar davomida inson tafakkuri insonning yashash maqsadi va riqojlanish tendentsiyalari bo‘yicha nazariyalar turlicha bo‘lgan. Ma’lum bir shaxslar taraqqiyotni umumiy jamiyatda, boshqalari kommunizmda yan kimlardir narigi dunyo masalalarida va boshqalarda ko‘rgan. Jamiyat rivojlanishining va inson taraqqiyotining bugungi bosqichida ma’lum buldiki, inson hayotining mohiyati borliqda,taraqqiyotda va takror ishlab chiqarishga bog‘liqdir.
D. Karnegin aytganidek, har bir normal shaxs sog‘lom bo‘lishni, oziqlanishni, uyqu va dam olishni, pul va pulga sotib olinadigan predmetlarni, narigi dunyodagi yaxshi hayotni, his-tuyg‘ularni, o‘z farzandlarining muvaffaqiyatlarini, o‘zining kerakli inson sifatida his etishni va boshqalarni istaydi.
Davlat boshqaruvining turli pog‘onalarida (markaziy va mahalliy darajada) hamda xo‘jalik yuritishning turli sohalarida (ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, ishlar bajarish) sodir bo‘ladigan ko‘pqirrali moliyaviy munosabatlarning sohalari va bo‘g‘inlari yig‘indisi mamlakat moliya tizimini tashkil qiladi.
Bir turdagi iqtisodiy munosabatlarning murakkab tizimini tashkil qilar ekan, moliya tizimi quyidagi o‘zaro bog‘liq elementlardan iborat:
• moliyaviy munosabatlarning sohalari va bo‘g‘inlari yig‘indisi;
• har bir bo‘g‘inning ichida tuziladigan pul mablag‘lari fondlari yig‘indisi;
• moliyani boshqarish organlari yig‘indisi
Moliya tizimining muhim elementlaridan biri moliyaviy munosabatlarning sohalari va bo‘g‘inlari yig‘indisidir. Bu munosabatlar bir-biridan farq qiladi, lekin shu bilan birga, ular bir qator umumiy xususiyatlarga egaki, bu holat ularni alohida guruhlarga (bo‘g‘inlarga) birlashtirish imkonini beradi.
Iqtisodiy sub’yektlar daromadlarining shakllanish usullariga ko‘ra moliya tizimi quyidagi bo‘g‘inlardan iborat:
• davlat (yoki markazlashgan) moliyasi;
• xo‘jalik sub’yektlari va uy xo‘jaliklari (yoki markazlashmagan) moliyasi.
Davlat moliyasi (markazlashgan moliya) deganda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash asosida tuziladigan pul mablag‘lari fondlarining shakllanishi va ishlatilishi yuzasidan kelib chiqadigan moliyaviy munosabatlar tushuniladi. Bu munosabatlar asosida davlat byudjeti, davlatning byudjetdan tashqari maqsadli fondlari kabilar shakllanadi.

Ularning mablag‘lari ta’lim (maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, oliy o‘quv yurtlari va shu kabilar), sog‘liqni saqlash (davlatga qarashli turli davolash-profilaktika muassasalari), aholini ijtimoiy himoya qilish tadbirlari (turli nafaqalarni to‘lash, ijtimoiy yordam ko‘rsatish), ijtimoiy ta’minot (pensiya ta’minoti, bolalar va qariyalar uylarini saqlash), davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini saqlash va boshqa shu kabi davlat ahamiyatidagi tadbirlarni moliyalashtirishga safarbar qilinadi.


Markazlashmagan moliya xo‘jalik sub’yektlari va uy xo‘jaliklariga tegishli pul fondlarini shakllantirish va ishlatish bilan bog‘liq moliyaviy munosabatlarni aks ettiradi. Bu sub’yektlarning ixtiyorida barcha majburiy to‘lovlarni to‘lab bo‘lgandan keyin qolgan daromad(foyda)dan ishlab chiqarish ehtiyojlarini hamda xodimlarning ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarini qondirishga mo‘ljallangan turli xil fondlar tuziladi. Bu fondlarning mablag‘lari asosiy vositalar va aylanma mablag‘larni to‘ldirishga, yangi texnika va texnologiyalarni o‘zlashtirish va joriy etishga, xodimlarni moddiy rag‘batlantirishga va shu kabi markazlashmagan tadbirlarni moliyalashtirishga safarbar qilinadi. Yuqorida bayon qilinganlar asosida shuni xulosa qilish mumkinki, davlatning ixtiyorida (davlat byudjeti va davlatning maqsadli fondlarida) markazlashgan tarzda shakllangan moliyaviy resurslar markazlashgan fondlarni, xo‘jalik sub’yektlari tasarrufida shakllangan resurslar esa markazlashmagan fondlarni tashkil qiladi.
Shunday qilib, moliyaviy resurslarni shakllantirish va ishlatish mexanizmiga ko‘ra moliya tizimining uchta muhim sohasini ajratib ko‘rsatish mumkin:
• davlat moliyasi;
• korxonalar, tashkilotlar va muassasalardan iborat bo‘lgan xo‘jalik sub’yektlari moliyasi;
• uy xo‘jaliklari moliyasi.



Download 122.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling