Reja: Kirish G’aznachilik tushunchasi
“Davlat budjetining g‘azna ijrosi to‘g‘risida”gi qonunning 7-moddasi
Download 109.5 Kb.
|
Reja Kirish G’aznachilik tushunchasi
“Davlat budjetining g‘azna ijrosi to‘g‘risida”gi qonunning 7-moddasi.G‘aznachilikning asosiy vazifalariG‘aznachilikning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: Davlat budjetining kassa ijrosi; Davlat budjeti mablag‘larining tushumi va sarfi ustidan nazoratni amalga oshirish; Davlat budjeti mablag‘larini boshqarish, yagona g‘azna hisobvarag‘ini va hududiy g‘azna hisobvaraqlarini yuritish; budjet mablag‘lari oluvchining tovar yetkazib beruvchi (ish bajaruvchi, xizmat ko‘rsatuvchi) bilan tuzilgan shartnomasini, shuningdek buyurtmachining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan kapital qurilish uchun tuzilgan shartnomasini majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish; Davlat budjetida qaysi yuridik yoki jismoniy shaxslar uchun mablag‘lar nazarda tutilgan bo‘lsa, o‘sha yuridik yoki jismoniy shaxslar nomidan va ularning topshirig‘iga binoan to‘lovlarni amalga oshirish; Davlat budjeti g‘azna ijrosining buxgalteriya hisobini yuritish; Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi axborotni yig‘ish, qayta ishlash, tahlil qilish va hisobotni tuzish; O‘zbekiston Respublikasining davlat ichki va tashqi qarzlariga xizmat ko‘rsatish, O‘zbekiston Respublikasining kafolatlarini ijro etish. O‘zbekiston Respublikasiga kelayotgan barcha turdagi, shu jumladan nomoddiy shakldagi insonparvarlik yordami hamda texnik ko‘maklashish vositalarini to‘liq va tizimli hisobga olish. Davlat budjetining g‘azna ijrosi to‘g‘risida”gi qonunning 8-moddasi. G‘aznachilikning boshqa organlar va tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlari G‘aznachilik o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari, boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda bajaradi. Mazkur organlar va tashkilotlar Davlat budjetining kassa ijrosini amalga oshirishda, uning mablag‘larini boshqarishda, Davlat budjeti mablag‘larining tushumi va sarfi ustidan nazoratni amalga oshirishda G‘aznachilikka ko‘maklashishlari shart. G‘aznachilik bilan davlat soliq, bojxona xizmati organlari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari, davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar, Davlat budjetida mablag‘lar nazarda tutilgan yuridik shaxslar, shuningdek budjet jarayonining boshqa ishtirokchilari Davlat budjetining g‘azna ijrosi sohasidagi ma’lumotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda almashib turadilar. Davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar, Davlat budjetida mablag‘lar nazarda tutilgan yuridik shaxslar, shuningdek budjet jarayonining boshqa ishtirokchilari G‘aznachilikka taqdim etiladigan ma’lumotlarning to‘g‘riligi va asosliligi uchun javobgar bo‘ladilar. Download 109.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling