Reja: Kirish “Hamkorbank”ning O`zbekiston iqtisodiyotidagi o`rni. “Hamkorbank” Aviasozlik filialining tashkiliy strukturasi “Hamkorbank” faoliyatini tartibga soluvchi me`yoriy – huquqiy hujjatlar tahlili “Hamkorbank” Aviasozlik filialining samaradorligini
Banklarda mijozlarga hisob-kitob kassa xizmatining ko’rsatilishi va uning hisobga olinishi
Download 0.81 Mb.
|
hisobot
2.Banklarda mijozlarga hisob-kitob kassa xizmatining ko’rsatilishi va uning hisobga olinishi
Banklarda barcha operatsiyalar O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan o’matilgan shakldagi pul hisob-kitob hujjatlarining asl nusxasi hamda "Bank-mijoz" tizimidan foydalanuvchilardan elektron aloqa orqali olingan elektron to’lov hujjatlari, shuningdek plastik kartochkalardan foydalangan holda tuzilgan elektron hujjatlar asosida amalga oshiriladi va buxgalteriya hisobida qayd etiladi. Pul hisob-kitob hujjatlari bank tomonidan ijroga faqat mijozning bankka taqdim qilgan muhr izi va imzo namunasi qo’yilgan varaqchada ko’rsatilgan shaxslar yoki mijozning ishonchnomasi asosida vakil qilingan shaxsdan qabul qilinadi. Pul hisob-kitob hujjatlarining majburiy rekvizitlari quyidagilardir:
mijozning nomi va soliq to’lovchining identifikatsion raqami (STIR); pul oluvchi va pul to’lovchi mijozlar hisobvaraq raqamlari; ularga xizmat ko’rsatuvchi bank nomi va kodi; hujjatning nomi va raqami, u tuzilgan sana va joy; operatsiyaning nomi, maqsadi va summasi; mijoz muhri va mas'ul shaxslarining imzolari. Hujjatlarda operatsiya maqsadi aniq bayon etilishi lozim. Pul hisob-kitob hujjatlarida bo’yash, chizish va tuzatishga yo’l qo’yilmaydi. Bank operatsiyalari qonun hujjatlarida belgilangan shaklda rasmiylashtirilgan elektron hujjatlar sosida amalga oshirilishi mumkin. Elektron hujjatlar pul hisob-kitob hujjatlaming asl nusxasida belgilangan barcha rekvizitlarga ega bo’lishi shart. Elektron hujjatlar mas'ul shaxslar imzolari o’mini bosuvchi - elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan bo’lishi lozim. Elektron hujjatlami qabul qilish va qayta ishlash jarayonida ulaming biror ko’rsatkichlarini o’zgartirishga yo’l qo’yilmaydi. Elektron hujjatlar asosida hisob-kitob operatsiyasi amalga oshirilayotganda pul hisob- kitob hujjatining asl nusxasi bankka taqdim qilinmaydi. Elektron hujjatdagi barcha ma’lumotlaming to’g’riligiga mijoz javobgar hisoblanadi. Pul hisob-kitob hujjatlari bank tomonidan ijro uchun qabul qilinadi:
yuridik shaxslardan - asl nusxada imzo namunalari varaqchasida ko’rsatilgan imzolar namunasi va asosiy muhming iziga muvofiq mansabdor shaxslaming imzosi hamda asosiy muhri izi mavjud bo’lganda; yuridik shaxs tashkil qilmasdan turib dehqon xo’jaligi va yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchilardan - varaqchada ko’rsatilgan imzolar namunasidan bittasi va asosiy muhming izi mavjud bo’lganda. Agar bankka taqdim qilingan imzolar namunasi va muhr izi qo’yilgan varaqchada ulaming asosiy muhri bo’lmagan hollarda, dehqon xo’jaligi va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan taqdim qilingan pul hisob-kitob hujjatlari muhr izisiz qabul qilishga ruxsat beriladi. Imzolar o’z egasining qo’li bilan qo’yilishi shart. Barcha pul hisob-kitob hujjatlarida imzo izi tushirilgan faksimilni qo’yish taqiqlanadi. Banklarda naqd pulsiz hisob-kitoblar bilan bog’iq to’lov hujjatlari "O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to’g ’risidagi nizom" hamda naqd pul bilan bog’iq operatsiyalari bo’yicha to’lov hujjatlari "Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklami tashishga doir yo’riqnoma"da belgilangan blanka shakllaridagi rekvizitlar bo’yicha to’liq va to’g’ri to’ldirib, rasmiylashtirilgan bo’lishi shart. Kassa operatsiyalari bo‘limlarining boshliqlari egallab turgan lavo-zimlariga Markaziy bank va tijorat banklarning viloyat boshqarmalarida tayinlanadilar, tasdiqlanadilar va undan ozod etiladilar. Bo‘lim boshlig‘i yoki kassa mudiri lavozimida bank tizimida kamida 3 yil ishlagan shaxs-lar tayinlanadi. Bank muassasalarining rahbarlari kassalar va pul omborlarida boy-liklar bilan ishlashning belgilangan qoidalarini ta’minlovchi zarur shart-sharoitlarni ta’minlashlari lozim. Banklardagi kassa tormozlari “Kassa tarmoqlarini loyihalashtirish va o‘rnatishning texnikaviy talablari”ga muvofiq holda jihozlanadi, uni boshqa xizmatlardan ajratib qo‘yish va qoidalarga ko‘ra, binoning birinchi qavatida joylashtirilish lozim. Begona shaxslarning pul omborlari joylashgan joyni kuzatishlari va o‘rganishlari uchun hech qanday imkoniyat bo‘lmasligi kerak. Kassa binosining eshiklari kun bo‘yi davomida ichkaridan berkitilgan bo‘lishi lozim. Eshiklarga tashqarini ko‘rish uchun kichkina maxsus oynacha o‘rnatilgan bo‘lish kerak. Kassa tarmog‘ining barcha derazalari kechki payt pardalar bilan to‘silgan bo‘lishi shart. Operatsiya kassasi, har bir kassirning ish joyi kabina o‘rnatish orqali ajratib qo‘yilishi lozim. Bunday holda boyliklar saqlanishi ustidan mas’ul bo‘lgan shaxslarga kassirlar ishini kuzatib turishiga imkon tug‘iladi. Kassirlar stolida qulflanadigan tortmalar bo‘lishi kerak, uning kod nomerini faqat kassirlar bilishi kerak. Kassirlar kun davomida boyliklar-ni saqlash uchun seyflar, metall shkaflar, boyliklarni tashish uchun ara-vachalar bilan ta’minlanishi lozim. Mijozlarga xizmat ko‘rsatiladigan darchalarga ichkari tomonidan qulflanadigan eshikchalar o‘rnatilishi lozim. Kassirlarning o‘z pullari, ustki kiyimlari hamda shaxsiy narsalari kassa tarmog‘ida, biroq kassa xonasidan tashqarida o‘rnatilgan shkaflar-da yoki maxsus ajratilgan xonalarda saqlanishi lozim. Operatsiya kassalarining kassirlari kirim va chiqim kassa hujjatla-rini imzolash vakolatiga ega bo‘lgan hisob-kassa xodimlarining imzolari namunalari bilan, kirim-chiqim kassa operatsiyalarini rasmiylashtirish bilan shug‘ullanadigan hisob-operatsiya xodimlari esa kassirlar imzosining namunalari bilan ta’minlanishi kerak. Imzolar namunalarini tegishli xodimlarga o‘z vaqtida berish va ular bekor qilingach, qaytarib olish ustidan nazoratni bank muassasasining bosh buxgalteri amalga oshiradi. Ro‘yxatlar har yili 1-yanvar holatiga ko‘ra yangilanib turiladi. Umuman, banklarda kassaning kirim va chiqim operatsiyalarini tashkil qilish uchun yangi hisobvaraqalar rejasining “Aktivlar” bo‘limi-da bir nechta hisobvaraqlar ochilgan. Hozirgi amalda bo‘lgan hisobva-raqlar rejasida “Naqd pullar va kassa hujjatlari” nomli 10100 asosiy hisob-varag‘ida kassa operatsiyalarining hisobi olib boriladi. Bu asosiy hisob-varaq bo‘yicha bir nechta yordamchi hisobvaraq, ya’ni subschyot ochilgan: 10101 – Aylanma kassadagi naqd pullar 10102 – Naqd pullar zaxirasi 10103 – Pul almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar 10105 – Cheklar va boshqa to‘lov hujjatlari 10107 – Bankomatlardagi naqd pullar 10109 – Yo‘ldagi pullar 10111 – Bank binosida joylashmagan operatsion kassalardagi naqd pullar Yuqorida ko‘rsatilgan barcha hisobvaraqlar ham mazmun jihatidan aktivdir, ularda qoldiq va mablarlarning ko‘payishi debet tomonida, mab-lag‘larning kamayishi esa hisobvaraqning kredit tomonida aks ettiriladi. Bank kassasidan naqd pul olish uchun foydalaniladigan naqd pul cheklari bir xil rangli siyohli yoki sharikli ruchka bilan qo’lda to’ldirilgan bo’lishi shart. hujjatning to’ldirilmagan qismlarga ikkita parallel chiziq tortilishi lozim. Hisobvaraq egasining nomi, uning hisobvarag’i raqami va bank nomi cheklarda hamda e'lonlarda burchak shtamplar bilan ko’rsatilishi mumkin. Bankda beriladigan naqd pul hujjatlarida so’z bilan yoziladigan summa satming boshidan katta harf bilan boshlanishi shart. "Summa raqam bilan" hamda "Summa so’z bilan" chek vizitlaridagi summadan oldin va keyin qolgan bo’sh joylarga uchlari diagonal chiziq bilan birlashtirilgan ikki parallel chiziq tortib qo’yiladi. Naqd pul chekining old tomonida albatta, naqd pul olish uchun korxona tomonidan ishonchnoma berilgan shaxsning ismi, sharifi yoziladi. hisobvaraq egasi naqd pul cheklarining orqa tomonida xarajatlaming maqsadini ko’rsatishi shart, ushbu ma'lumotlar chek beruvchining imzolari bilan tasdiqlanadi va pul oluvchining pasporti yoki uning o’mini bosuvchi hujjat ma'lumotlari ko’rsatiladi. Bu ma'lumotlar oluvchilaming o’zlari tomonidan to’ldirilishi shart. Naqd pul berilishi uchun asos bo’ladigan pul cheklari va chiqim kassa orderlari oluvchilaming imzolari bilan tasdiqlanadi. Naqd pul cheki bo’yicha mablag’ chekda shaxsi ko’rsatilgan shaxsga to’lanadi. Chek bo’yicha pul olish huquqi boshqa shaxsga topshirilishi man etiladi. Ikkinchi imzo huquqi bilan chekni imzolagan tashkilot bosh buxgalteri yoki bosh buxgalter vazifasini bajaruvchi xodim nomiga yozilgan chek bo’yicha pul to’lanishiga yo’l qo’yilmaydi. Faqat harbiy qismlar, harbiy tashkilotlar, markazlashtirilgan buxgalteriyalar xizmatidan foydalanmaydigan o’z-o’zini boshqarish organlarining, shuningdek pul olishiga ruxsat etiladigan boshqa shaxs shtatida bo’lmagan tashkilotlar hisobvaraqlariga doir cheklar bundan mustasno. Bu holat hisobvaraq egasi imzolar namunasi varaqchasida qayd etgan tegishli yozuv bilan tasdiqlangan bo’lishi lozim. Bank rahbari, ayrim hollarda, chek bo’yicha qisman pul to’lashga va pul oluvchi shaxsga ushbu chek bo’yicha unga amalda berilgan pul summasi to’g’risida ma'lumotnoma berishga ruxsat etishi mumkin. Ma'lumotnomaga bank rahbari va bosh buxgalteri imzolari qo’yilib, bank muhri bosiladi. Pul oluvchidan olingan pul summasi to’g’risida chekning orqa tomoniga tilxat yozdirib olinadi. Ushbu chek bo’yicha boshqa naqd pul olishga ruxsat berilmaydi va unga qisman to’langani haqidagi ma'lumotnomaning nusxasi ilova qilinib, shu kunning kassa hujjatlariga qo’shib tikiladi. "O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining kassa ijrosi to’g’risidagi yo’riqnoma"6 ga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qo’mitasi va ularga qarashli muassasalaming to’lov topshiriqnomalari va cheklarida to’lovlar maqsadi ko’rsatilishi talab qilinmaydi. Bank operatsiyasini o’tkazish uchun asos bo’ladigan pul hisob-kitob hujjatlarida, ulami to’g’ri rasmiylashtirganligi va tekshirilganligini bildiruvchi bank mansabdor shaxslarining imzolari bo’lishi lozim. Bajarilgan operatsiyalami isbotlovchi hujjatlar sifatida bankda saqlanadigan hujjat nusxalari hamda hisobvaraqlardan olinib, ulaming egalariga yuboriladigan ko’chirmalarga ilova qilinadigan nusxalar ham ushbu bank xodimlarining imzolari bilan rasmiylishtiriladi. Pul hisob-kitob hujjatlariga imzo chekish huquqi berilgan mansabdor shaxslar imzolarining namunalari maxsus blankalarda beriladi. Bu namunalar bank rahbarining imzo chekish huquqini berish to’g’risidagi farmoyishi hisoblanadi, ularga bank rahbari va bosh buxgalteri imzo chekadi. Maxsus blankalar shakli bank tomonidan mustaqil belgilanadi. Ayrim buxgalteriya xodimlari boshqalari bilan almashtiriladigan hollarda yangi xodimlar imzolarining namunalari alohida blankalarda beriladi. Bank mansabdor shaxslari imzolarining bekor qilingan va o’zgartirilgan namunalarini ulaming ustidan chizish yo’li bilan o’chiriladi. Belgilangan hollarda pul hisob-kitob hujjatlariga jo ’natma kaliti ham qo’shilib, gerbli muhr yoki bank kassasining muhri yoxud bank kechki kassasi apparati qo’yadigan shtamp bosiladi. Pul va qimmatliklami qabul qilish hamda berish bilan bog’iq hujjatlar, shu jumladan, pul va qimmatliklar qabul qilingani to’g’risidagi kvitantsiyalarda yuqorida qayd etilgan imzolardan tashqari pul va qimmatliklami qabul qilgan yoki bergan kassiming imzosi ham bo’lishi shart. Kirim kassa orderlariga hamda pul va qimmatliklami qabul qilish kvitantsiyalariga imzo chekish huquqi berilgan kassa xodimlarining familiyalari, ulaming imzo namunalari bank rahbari tomonidan chiqarilgan maxsus blankalarda ko’rsatiladi. Bosh buxgalter imzolaming tegishli namunalari o’z vaqtida kassaga, buxgalteriya xodimlariga va nazoratchi xodimlarga berilib, bu haqda ulardan tilxat olinishini ta'minlashi shart. Bundan tashqari, bosh buxgalter imzo chekish huquqi bekor qilingan shaxslar imzolarining namunalaridan foydalanuvchi mansabdor shaxslar qo’lidagi ro’yxatlardan o’z vaqtida o’chirilishini ham kuzatib borishi shart. Bankning ichki operatsiyalari bank xodimlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq o’matilgan shakllarda rasmiylashtiriladigan hujjatlar bo’yicha amalga oshiriladi. Bunga, xususan, memorial orderlar, kirim va chiqim kassa orderlari, ko’zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari bo’yicha memorial orderlar, kredit bo’limi hamda bankning alohida operatsiyalari bo’yicha tayinlangan mutasaddi xodimining farmoyishlari va boshqalar kiradi. Bank to’lovchi bo’lib ishtirok etgan va memorial orderlar ishlatilgan hollarda, ular bank rahbarining va bosh buxgalteming imzolari bilan tasdiqlanadi, boshqa holatlarda memorial orderlar ushbu bank hisobvarag’ini olib boruvchi buxgalter va bosh buxgalteming imzosi bilan tasdiqlanadi. Muddatida to’lanmagan pul hisob-kitob hujjatlari (2-kartotekaga kirim qilingan to’lov talabnomalari, to’lov topshiriqnomalari va inkasso topshiriqnomalari)ni qisman to’lash maqsadida tuzilgan memorial orderlarda operatsiya mazmunini bildiradigan matn o’miga uning shartli belgisi - "1" va "2" raqamlari hamda to’lov talabnomasi yoki topshiriqnomasining tegishli raqami va sana ko’rsatilishi shart. Bank tuzgan hujjatlarda ulaming raqamlari qayd etiladi. E'lonlar, shuningdek ulaming kvitantsiya raqamlarining tartibi bank bosh buxgalteri tomonidan belgilanadi. Pul qabul qilinganligi to’g’risida to’lovchiga kvitantsiya beriladigan hollarda bank xodimi pul qo’yuvchiga berilgan kvitantsiya raqamining oxirgi uch raqamini e'longa yozib qo’yadi. E'lonlar kompyuter texnikasi yordamida tuzilishi mumkin. Texnik imkoniyati mavjud bo’lmagan banklarda esa e'lonlar qo’lda yozib to’ldiriladi. Bunda, naqd pul qabul qilingani to’g’risidagi kvitantsiyalar faqat siyohli yoki sharikli ruchka bilan qo’lda to’ldirilishi shart. Faqat blankalar komplektiga kiradigan, bir vaqtning o’zida qora qog’oz bilan to’ldiriladigan kvitantsiyalar bundan mustasno. Bank tomonidan beradigan kvitantsiyalarda so’z bilan yoziladigan summa satming boshidan katta harf bilan boshlanishi shart. "Summa raqam bilan" rekvizitidagi summadan oldin va keyin qolgan bo’sh joyga ikki parallel to’g’ri chiziq tortib qo’yiladi. Pul omborida saqlanayotgan qimmatliklar va hujjatlami kirim qilish va hisobdan chiqarishga doir kirim-chiqim orderlarida yakuniy summalar so’z bilan qayta yoziladi. Kirim va chiqim kassa jumallari kompyuter texnikasi yordamida tuziladi. Unda sana, mijozning hisobvaraq raqami, kirim va chiqim hujjatining raqami, hisobot ramzi hamda uning summasi ko’rsatilishi lozim. Shuningdek, ushbu kassa jumallari kirim va chiqim hujjatlarini dastlabki nazoratdan o’tkazgan mas'ul ijrochi va kassiming imzolari bilan tasdiqlanishi shart. Bank kunlik operatsiyalar yig’majildiga tikish va saqlash uchun chiqariladigan elektron to’lov hujjatlarining ro’yxati hamda mijozlar tomonidan taqdim qilingan pul hisob-kitob hujjatlarining asl nusxalari bankning mas'ul xodimlari imzosi va bank shtampi bilan tasdiqlanadi. Barcha korxona va tashkilotlar pul mablag‘larini o‘zlari tanlagan banklaridagi tegishli hisobvaraqlarida shartnoma asosida saqlaydilar, ya’ni bankka topshirilgan naqd pul bank kassasiga kirim qilinadi, topshirilgan pul summasi korxona hisobvarag‘iga yoziladi. Tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi aholidan naqd pulning qabul qilinishi majburiy ravishda nazorat kassa apparatlarini qo‘llash orqali amalga oshiriladi. Naqd pullarning to‘liq va o‘z vaqtida topshirilishi bankning pul muo-malasi bo‘limi xodimlari tomonidan nazorat qilinadi. Naqd pulni operatsiya kuni mobaynida qabul qilish uchun bank muassasalarida kirim kassalari tashkil etiladi. Kassaning kirim ope-ratsiyalari deb korxona va tashkilotlardan tushadigan naqd pul tushu-mini turli naqd pul ko‘rinishdagi badallar, fuqarolarning naqd pul omo-natlari, ish haqiga olingan pul mablag‘larining tarqatilmay qolgan qismi kabi to‘lovlarni naqd pul ko‘rinishida bank kassa xodimi tomonidan qabul qilinishiga aytiladi. Bank tomonidan naqd pul quyidagi hujjatlar asosida qabul qilinadi: a) Korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va aholidan 0402001 shakldagi badalnomalar bo‘yicha kvitansiyalar berish bilan. Fuqarolar omonatga pul qo‘yganlarida omonat daftarchasiga shu to‘g‘rida yozib qo‘yiladi, daftarcha ko‘rsatilmagan taqdirda pul qo‘yuvchiga 0402004 shakldagi kvitansiya beriladi. b) Transport korxonalari va tashkilotlaridan 0402003 shakldagi naqd pul badalnomalari bo‘yicha 0402003 shakldagi kvitansiya berish bilan; v) Xayriya fondlariga o‘tkaziluvchi naqd pulli badallar 0402001 shakldagi badalnomalar bo‘yicha 0402004 shakldagi kvitansiyalar berish bilan 0402001 shakldagi badalnomalar mas’ul ijrochining imzosidan tashqari nazoratchining imzosi bo‘lishi kerak. Mazkur operatsiyalar buxgalteriya xodimlari tomonidan alohida daftarga qayd etilishi lozim. g) Boshqa barcha tushumlar 0482005 shakldagi kirish kassa orderlar bo‘yicha 0402004 shaklidagi kvitansiyalar berish orqali qabul qilinadi. Endi kirim kassa operatsiyalarini bajarish tartibi haqida batafsil tani-shib chiqamiz. Kirim kassa operatsiyalarini bajarishdagi asosiy hujjat – bu badalnoma, ya’ni pul topshirganlik haqidagi e’londir. Pul topshirish-dan avval mijoz tomonidan ushbu badalnoma rasmiylashtiriladi. Badal-nomaning o‘zi 3 qismdan iborat: 1. Badalnomaning o‘zi. 2. Order. 3. Kvitansiya. Hujjatning uchala qismida ham bir xil ko‘rsatkichlar to‘ldirilishi shart. Ya’ni hujjat rasmiylashtirilgan sana, mijoz korxona nomi, uning hisob-kitob, ya’ni talab qilib olinadigan depozitlar hisobvarag‘i nomeri, operatsiya mazmuni, ya’ni nima maqsadda pul topshirilayotganligi, pul topshirayotgan shaxsning familiyasi, ismi, pul summasi to‘liq ko‘rsatili-shi va imzo qo‘yilishi kerak. Badalnomaning nomerini esa uni qabul qi-layotgan mas’ul bank xodimi bankka kelib tushayotgan badalnomalarni qayd etish tartibida belgilaydi. Badalnomani qabul qilish bankda asosan nazoratchiga yuklatiladi. Ba’zi banklarda, ularning ichki tartibidan kelib chiqqan holda bu vazifa shu korxonaga xizmat ko‘rsatuvchi mas’ul ijro-chi tomonidan yoki bosh buxgalter yordamchisi tomonidan bajariladi. Hujjatni qabul qilib olgan bank xodimi uning uchala qismi bir xil, to‘liq va to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirib chiqadi, agar operatsiya o‘tkazish mumkin deb topsa, hujjatning barcha qismlariga o‘z imzosini qo‘yib, ushbu hujjatni kassaning kirim jurnaliga qayd etadi. Kirim kassa jurnali bankda yuritiladigan sintetik hisob yuritish hujjati hisoblanadi, har bir mijozdan qabul qilingan badalnoma ketma-ket tartibda qayd etib boriladi. Kassaning kirim jurnalida uni rasmiylashtirilayotgan sana, badalnoma nomeri, pul topshirgan korxonaning hisobvarag‘i nomeri, topshirilishi lozim bo‘lgan pul summasi va nima maqsadda pul topshirilayotganligi, ya’ni hisobot simvoli ko‘rsatiladi. Shundan so‘ng qabul qilib olingan badalnomalar kassaning kirim jurnali bilan birgalik-da ichki tartibda kassa bo‘limiga uzatiladi. Pul qabul qilish uchun bank-da kirim kassalari bo‘lib, hujjatlar aynan shu kassa kassiriga beriladi. Kirim kassa kassiri pul topshiruvchi mijozni chaqirib, undan pul qabul qilib oladi. Qabul qilib olingan pul kassir tomonidan qayta sanab chiqiladi. Kassirning stoli ustida pul qo‘yuvchidan qabul qilib olinayotgan puldan boshqa hech qanday pul bo‘lmasligi kerak. Kassir ilgari qabul qilib olgan barcha pullar stol tortmasida metall shkaflarda yoki seyflarda saqlanishi lozim. Kirim kassa kassirining stoli shunday jihozlangan bo‘lishi kerakki, mijozga pul qayta sanalayotganligini kuzatib turishga imkon bo‘lishi kerak. Pulni qabul qilib olgandan keyin kassir kvitansiya va kirim kassa hujjatlarida order, badalnoma, kirim, kassa jurnali, ko‘rsatilgan summani sanalganda chiqqan summa bilan qiyoslaydi. Ular bir-biriga mos bo‘lsa, kassir kvitansiya, badalnoma va unga tegishli bo‘lgan orderga imzo qo‘yadi, kvitansiyaga bank muhrini bosib, pul topshirgan shaxsga qaytarib beradi. Bu kvitansiya mijozga undan pulni qabul qilib olganlik haqidagi tasdiqlovchi hujjat bo‘lib hisoblanadi. Badalnomalarni o‘zida olib qolib, badalnomaga tegishli bo‘lgan orderni kassaning kirim jurnali bilan birgalikda yana bank nazoratchisiga qaytaradi. Lekin ba’zan shunday hollar ham bo‘ladiki, mijoz topshirgan pul summasi kirim kassa hujjatlarida ko‘satilgan summa bilan to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Topshiruvchi bergan naqd pul summasi bilan kirim kassa hujjatida ko‘rsatilgan summa o‘zaro mos kelmasa, topshiruvchiga hujjatni qayta rasmiylashtirib kelish taklif etiladi. Kassir dastlabki hujjatning ustidan chiziq tortadi va shu hujjat kvitansiyasining orqa tomoniga amalda qabul qilib olingan pul summasini yozib, kvitansiyaga imzo chekadi. Badalnoma, order va kvitansiya operatsiya xodimi yoki bank nazoratichisiga beriladi, kassa jurnalida dastlab yozilgan summani o‘chi-rib, badalning yangi summasini yozib qo‘yadi, shundan so‘ng yangi olin-gan hujjatlarni rasmiylashtirib, yana kassaga jo‘natadi. Kvitansiyalar yo‘riq-nomada belgilangan tartibda saqlanadi. Kirim hujjatlar esa yo‘q qilinadi. Agar mijoz bank kassasiga pul topshirmagan bo‘lsa, kassir buning sababini aniqlash uchun kirim hujjatlarini kvitansiyalar bilan birga operatsiya xodimlariga qaytaradi. Kvitansiyalarda qanday sabablarga ko‘ra pul topshirilmagani ko‘rsatilib, bank muassasasi rahbari va bosh buxgalteri imzo chekadi. Bunday hollarda kassa daftarlaridagi yozuvlar o‘chiriladi, kirim hujjatlari yo‘q qilinadi. Kassirlar o‘zlari qabul qilgan va topshirgan pul summalarini 0482155 shakldagi alohida daftarga qayd etib boradilar. Operatsiya kuni oxirida kirim kassasining har bir xodimi, ya’ni kassiri qabul qilingan hujjatlar asosida 0482109 shakldagi ma’lumotnomani tuzadi va undagi summani o‘zi qabul qilgan pul summasi bilan qiyoslaydi. Ma’lumotno-mani kassir imzolaydi va unda ko‘rsatilgan kassa aylanmalarini ope-ratsiya xodimlaridagi kassa jurnallaridagi yozuvlar bilan solishtiradi. Bu qiyoslash kassa jurnalida kassirning va kassir ma’lumotnomasida operatsiya xodimlarining imzolari bilan rasmiylashtiriladi. Operatsiya kuni mobaynida qabul qilingan pulni kassir belgilangan tartibda dastalaydi hamda kirim hujjatlari va 0482109 shakldagi ma’lu-motnoma bilan birga kassa mudiriga 0482155 shakldagi daftarga imzo chekilgandan so‘ng topshiradi. Kassa mudiri esa qabul qilingan pul summasini kassirning ma’lumotnomasi bilan qiyoslaydi, qabul qilingan summani 0482155 – shakldagi daftarga yozib qo‘yadi, ma’lumotnomaga imzo chekib, uni bosh buxgalterga beradi. Ma’lumotnoma tekshirilgan-dan so‘ng bosh buxgalter yoki uning o‘rinbosari tomonidan imzolanib, bu kunning kassa hujjatlariga tiqib qo‘yiladi. Kirim kassalariga tushgan pullar kassa mudiriga operatsiya kuni mobaynida bir necha marta berilishi mumkin. Bunday hollarda kassir pul berishidan avval amalda tushgan pul u qabul qilingan kirim hujjat-laridagi umumiy summaga mos kelishiga ishonch hosil qilishi kerak. Operatsiya kuni tugashga qadar barcha naqd pul shu ish kunining o‘zidayoq aylanma kassasiga kirim qilinishi va bank muassasasining buxgalteriya balansi bo‘yicha tegishli hisobvaraqqa o‘tkazilishi kerak.
Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling