Reja: Kirish “Hamkorbank”ning O`zbekiston iqtisodiyotidagi o`rni. “Hamkorbank” Aviasozlik filialining tashkiliy strukturasi “Hamkorbank” faoliyatini tartibga soluvchi me`yoriy – huquqiy hujjatlar tahlili “Hamkorbank” Aviasozlik filialining samaradorligini


Kredit, lizing va faktoring operatsiyalari hisobi


Download 0.81 Mb.
bet5/15
Sana08.01.2022
Hajmi0.81 Mb.
#252814
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
hisobot

3.Kredit, lizing va faktoring operatsiyalari hisobi.

Banklarda kredit operatsiyalarini rasmiylashtirish7 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan va adliya vazirligidan ro'yxatdan o‘tgan yo‘riqnoma asosida amalga oshiriladi. Kreditni berish va hujjatlashtirish tartibi hozirgi paytda markazlashtirilmagan va u tijorat tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Lekin amaliyotdan ko'rsatilishicha, kreditlashning umumiy ishlab chiqilgan tartibi hamon mavjud bolib, unga barcha tijorat banklari amal qiladilar. Kredit olish uchun ariza, qarzdor kredit xizmatlaridan foydalanish uchun munosib bankni tanlagandan so‘ng rasmiylashtiradi va taqdim etiladi. Bunda mijoz bankning kredit salohiyati hajmini, uning passivlari, bankning ishonchlilik darajasini, bankning ta'sischilar tarkibi, uning tarmoq xarakteri va u yoki bu operatsiyalarga moslashuvi va ixtisoslashuvi shuningdeq kredit bo‘yicha summa, foiz va kredit muddatlarini inobatga olishi mumkin. Bu kabi axborot manbalari sifatida ochiq muhr, shuningdeq bank mijozlari bilan norasmiy shartnomasi bo`lishi mumkin.

Banklar kreditni shu bankda hisob-kitob varagiga ega bolgan qarzdorlarga berishni ma'qul ko‘radilar, bu esa qarzdor tomonidan bankni tanlash imkoniyatini cheklaydi. Bank qarzdomi tanlagandan so'ng, qarzdor arizani rasmiylashtiradi va unda ma'lum miqdordagi kredit summasi, muddati va maqsadlarini belgilaydi. Ariza qarzdor- tashkilot rahbarining imzosi va bosh buxgalter imzosi bilan tasdiqlanishi kerak. Bunday ariza kreditlashning quyidagi bosqichlarini amalga oshirish uchun asos boMadi. Kreditga layoqatlilikni baholash uchun bank mijozidan o‘tgan davrdagi hisoboti hujuatlami (hisobot, buxgalteriya balansi ilovasi bilan kvartal va yillik uchun) talab qiladi, ko'rsatkichlami yanada aniqroq tekshirishga ehtiyoj tugilganda boshlangich buxgalteriya hujjatlari va agar mumkin bolsa uzoq muddatli hisobotlar talab qilinadi.

Mijoz kredit olish uchun bankka belgilangan tartibda hujjatlar paketini rasmiylashtirib topshirganidan keyin kredit kommisiyasining qaroriga ko'ra kredit berish lozim deb topillib, bank va kredit oluvchi o'rtasida imzolangan kredit shartnomasiga asosan mijozga kredit beriladi. Buning uchun mijozga alohida kredit hisobvarag'i ochiladi. Ushbu hisobvaraqning debetida mijozlarga kreditlar beriladi. Bank tomonidan berilgan kreditlar qaytarilganda yoki muayyan kreditning maqomi o'zgarishi munosabati bilan boshqa turga o'tkazilayotganda va ushbu kreditlar bo'yicha ko'rilgan zarar qoplanayotganda tegishli kredit hisobvaraqlari kreditlanadi. Berilgan kreditlar bo'yicha ko'rilishi mumkin bo'lgan zararlar uchun zahiralar bankning harajatlari hisobidan yaratiladi. Ushbu zahiralar qarzdoming moliyaviy holatini berilgan kreditning ta'minlanganligi va qaytmaslik xatarlari baholash natijasida yaratiladi. Lombard8 kreditni ta'minlash uchun (ya'ni garov sifatida) boshqa elementlaming aktsiyalari, veksellari va depozit sertifikatlari qabul qilinadi. Markaziy bankning me'yoriy hujjatlariga muvofiq kredit beruvchi bankning xususiy aktsiyalari garov bo‘ la olmaydi. Lombard kreditini berish uchun bank va qarz oluvchi o'rtasida 2 tomonlama shartnoma, ya'ni kredit shartnomasi va garov to'g'risida shartnoma tuziladi. Kredit shartnomasida kreditning miqdori, uni qoplash muddatlari, foiz stavkasi ko'rsatiladi. Garov to'g'risidagi shartnomada kreditni ta'minlash uchun berilgan qimmatli qog'ozlar yuzasidan bankka garov huquqi beriladi.

Kredit hisobvarag'i ochilgandan so'ng, kreditning berilishi va qaytarilishi bo'yicha operatsiyalarini amalga oshirish mumkin. Kredit berilishi kredit komissiyasining farmoyishi asosida amalga oshiriladi va kredit bo'limi xodimi hisob operatsiya bo'limiga mijozga kredit berish to'g'risidagi farmoyishini ma'sul ijrochilarga beradilar.Ma'sul ijrochilar farmoyishda ko'rsatilgan rekvizitlar asosida kredit berish bo'yicha buxgalteriya o'tkazmalarini bajaradilar. Kredit hisobvaraqlarini muddatli, muddati o'tgan, qayta ko'rilayotgandagilari bo'yicha alohida yuritiladi

Kredit summasi bank mijozining kredit ob'ektlari va maqsadidan kelib chiqib, mol etkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalar qiymatini pul o'tkazish orqali amalga oshiradilar. Agar bank mijoziga kredit berilganda buxgalteriya hisobi9da quyidagi yozuv bilan rasmiylashtiriladi:

Dt 11900-15500 -«Kreditning turlari» bo'yicha hisobvaraqlar,

Kt 10301- «Markaziy bankdagi vakillik xisobvarag'i-Nostro»

Kt 16103-Bosh bank/filliallaridan filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo'yicha olinadigan mablag'lar» hisobvarag'i.

Kredit oluvchi va bank o'rtasida tuzilgan kredit shartnomasiga binoan, kreditni qaytarish muddatlari belgilanib, qaytarish muddati tugagandan so'ng kreditni qaytarish bo'yicha quyidagi buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi:

Dt 20200-«Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari» hisobvarag’,

Kt 11900-15500 hisobvaraqlar.

Bu buxgalteriya yozuvlari agar mijozning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvarag'ida kreditni qaytarish uchun etarli pul mablag'lari bo'lgan holda bajariladi. Agar qarzdoming hisobvarag'ida kreditni qaytarish uchun mablag'i yo'q bo'lgan taqdirda, kreditning summasi 12105-13205 - “.............. muddati o'tgan kreditlar» hisobvarag'iga (qisqa muddatli kreditlar uchun) o'tkaziladi. U buxgalteriya hisobida quyidagicha rasmiylashtiriladi:

Dt 12105-13205 - “muddati o'tgan kreditlar» hisobvaraqlar,

Kt 12100-15500 hisobvaraqlar (qisqa muddatli kreditlar uchun).

Qaytarish muddati kelganda to'lanmagan va to'lanish kunidan 90 kun o'tgandan so'ng ham qaytib kelmagan kreditlar 12109-13109 - « qisqa muddatli shartlari qayta ko'rib chiqiladigan kreditlar” hisobvarag'iga o'tkaziladi va mijoz hisobvarag'iga pul kelib tushgandan so'ng kreditni qaytarish bo'yicha tegishli buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi.

Kreditlaming qaytishi ma'lum tavakkalchilikni talab qiladi. Shu sababli banklarda kreditlar bo'yicha zararlami qoplash zahirasi tashkil etiladi. Kreditlar bo'yicha zararlami qoplash zahirasining hisobini olib borish uchun har bir kredit turi bo'yicha alohida, ya'ni 12199-15599 hisobvaraqlari ochiladi. Har bir kredit turi bo'yicha shartnomada kelishilgan miqdorda foiz stavkalari asosida bank foydasiga foizli daromadlar undiriladi.

Bozor munosabatlarining chuqurlashuvi va iqtisodiyotning modernizatsiyalashuvi, shuningdek bank va uning mijozlarini iqtisodiy manfaatdorligi banklarning xizmat turlari va operatsiyalari sonining doimiy ravishda ortib borishiga turtki bo’lmoqda. Banklarning noa’nanaviy operatsiyalari shunday operatsiyalardan hisoblanib, ularning tarkibiga:



  • lizing;

  • faktoring operatsiyalari kiradi.

Banklarda lizing operatsiyalari lizing beruvchi, lizingni oluvchi va vositalarni sotuvchilar o’rtasida tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Lizing oluvchi lizing shartnomasini tuzish uchun uning asosiy depozit hisobvarag’iga xizmat ko’rsatayotgan bankkaquyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:

  • lizing buyurtmasi;

  • lizing ob’ektining texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari va uning sotuvchisi to’g’risidagi ma’lumotnoma;

  • lizingning butun davrini ichiga olgan pul oqimi tahlili ko’rsatilgan biznesreja;

  • oxirgi hisobot sanasiga tuman (shahar) davlat soliq inspektsiya tomonidan qabul qilingan buxgalterlik balansi (1-shakl), moliyaviy natijalari haqida hisobot (2-shakl), muddati o’tgan debitorlik va kreditorlik qarzdorlik haqidagi ma’lumotnoma (2a-shakl), 90 kundan ortiq muddatdagi qarzdorlikni solishtirish dalolatnomalari.

Lizing foiz stavkalari miqdori lizing oluvchi va lizing beruvchi bank o’rtasidagi o’zaro kelishuvga ko’ra lizing shartnomasida belgilanadi.

O’zbekiston Respublikasining “Lizing to’g’risida”gi qonuniga muvofiq, lizing shartnomasi quyidagi shartlardan biriga javob berishi kerak:



  1. lizing shartnomasining muddati tugagach, lizing ob’ekti lizing oluvchining mulki bo’lib o’tsa;

  2. lizing shartnomasining muddati lizing ob’ekti xizmat muddatining 80 foizidan ortiq bo’lsa yoki lizing ob’ektining lizing shartnomasi tugaganidan keyingi qoldiq qiymati uning boshlang’ich qiymatining 20 foizidan kam bo’lsa;

v) lizing shartnomasining muddati tugagach, lizing oluvchi lizing ob’ektini uning bozor qiymatidan past narxda sotib olish huquqiga ega bo’lsa, bunda ana shu huquqni amalga oshirish kunidagi lizing ob’ekti qiymati asos bo’ladi;

g) lizing shartnomasi amal qiladigan davr uchun lizing to’lovlarining umumiy summasi lizing ob’ekti qiymatining 90 foizidan ortiq bo’lsa.

Lizing beruvchi bank lizing ob’ekti uchun to’lovlarni sotuvchiga oldindan to’lab berilganda quyidagi buxgalteriya yozuvini amalga oshiradi:


Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling