Tabiiy klassifikatsiya to‘g‘risidagi tushunchalarni kengaytirishda A.Jyussening “O‘simliklarning turkumlari” (1789-y) degan asari muhim bosqich bo‘ldi. Jyussening tabiiy sistemasi ilmiy sistematikaning asl mazmuniga muhim o‘zgarish kiritdi. U tabiiy tizimning asoschisi hisoblanadi. U “O‘simliklar turkumlari” asarida o‘simlik dunyosini 3 ta qatorga ajratadi: - Tabiiy klassifikatsiya to‘g‘risidagi tushunchalarni kengaytirishda A.Jyussening “O‘simliklarning turkumlari” (1789-y) degan asari muhim bosqich bo‘ldi. Jyussening tabiiy sistemasi ilmiy sistematikaning asl mazmuniga muhim o‘zgarish kiritdi. U tabiiy tizimning asoschisi hisoblanadi. U “O‘simliklar turkumlari” asarida o‘simlik dunyosini 3 ta qatorga ajratadi:
- 1. Urug‘pallasizlar
- 2. Bir urug‘pallalilar
- 3. Ikki urug‘pallalilar
- Evolyusiya nazariyasini birinchi bo‘lib yaratgan Lamark (1744-1829-y) ijodi tabiiy klassifikatsiyaning taraqqiy etishida juda muhim rol o‘ynaydi. Tabiiy tizimni takomillashtirishda J.B.Lamark o‘zining katta hissasini qo‘shdi.
- Lamark turlar orasida ko‘pincha keskin farq bo‘lmasligini anglay oldi. “Turlarning paydo bo‘lishi” degan o‘z nazariyasini yaratgan. CH.Darvin ham turlarning rivojlanishi to‘g‘risida juda ko‘p asarlar yaratdi. YUqorida aytib o‘tilgan olimlardan tashqari o‘simliklar sistematikasini rivojlantirishda Venshteyn, Kuznetsov sistemalari ham katta rol o‘ynaydi.
II. Asosiy qism. 2.1. Ayiqtovondoshlar oilasi haqida umumiy ma’lumot. - Ayiqtovondoshlar oilasi o‘z ichiga 50 turkum va 2000 dan ortiq turlarni oladi. Ularning aksariyati yer sharining mo‘tadil va sovuq mintaqalarida o‘sadi. Ayiqtovondoshlar barcha qit’alarda, shimoldagi tropiklardan tashqari yerlarda ayniqsa keng tarqalgan. Golarktik floristik viloyatda ularning eng ko‘p turkum va turlari uchraydi. Uning hududidagi Sharqiy Osiyo floristik viloyatining o‘zida barcha turkumlarning uchdan ikki qismi (36 turkum, shulardan 11 turkum faqat shu viloyatda) mujassamlangan, 28 turkum esa Sirkumboreal floristik viloyatda uchraydi. Arktikada turlar va turkumlar unchalik ko‘p emas, biroq ular mahalliy floraning muhim qismi hisoblanadi. Tropik va subtropiklarda ayiqtovonlar undan ham kamroq bo‘lib, asosan tog‘larda o‘sadi. Shu yerlarda endem turkumlar ham tarqalgan.
- Shunday qilib, aksariyat ayiqtovonlar mo‘tadil va salqin iqlimni, ko‘p turlari zax yerlarni xush ko‘radi. Bu oilaning suvda o‘sadigan turlari ham ko‘p. Ko‘llar, daryo va ariqlarda suv ayiqtovoni uchraydi. Caltha turkumining vakillari suvli sharoitlarda o‘sib, ularning ayrim turlari suzuvchi poyaga ega. Shu bilan birga oilaning quruq yerlarda o‘sadigan vakillari ham mavjud. Ko‘pchilik turlar cho‘llar va chala cho‘llarda o‘sadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |