Sanchiqo‘tdoshlar (Thalictroideae) kenja oilasida ildizpoyali o‘tlar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Bu kenja oila nisbatan kichik bo‘lib, unga sanchiqo‘t (Thalictrum), Enemion, suvyig‘ar (Aquilegia), chala suvyig‘ar (Semiaquilegia), soxta suvyig‘ar (Paraquilegia), Isopyrum, Neoleptopyrum, Anemonella turkumlari kiradi. Ular orasida eng katta turkum sanchiqo‘t (Thalictrum, 120 ga yaqin tur) bo‘lib, asosan shimoliy yarimsharda tarqalgan. Suvyig‘ar (Aquilegia) turkumi (100 ga yaqin tur) shimoliy yarimsharning mo‘tadil mintaqalarida o‘sadi. Enemion turkumi (6 tur) Shimoliy Amerika va G‘arbiy Osiyoda, Isopyrum turkumi (12 tur) G‘arbiy Osiyo va Himolayda uchraydi. - Sanchiqo‘tdoshlar (Thalictroideae) kenja oilasida ildizpoyali o‘tlar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Bu kenja oila nisbatan kichik bo‘lib, unga sanchiqo‘t (Thalictrum), Enemion, suvyig‘ar (Aquilegia), chala suvyig‘ar (Semiaquilegia), soxta suvyig‘ar (Paraquilegia), Isopyrum, Neoleptopyrum, Anemonella turkumlari kiradi. Ular orasida eng katta turkum sanchiqo‘t (Thalictrum, 120 ga yaqin tur) bo‘lib, asosan shimoliy yarimsharda tarqalgan. Suvyig‘ar (Aquilegia) turkumi (100 ga yaqin tur) shimoliy yarimsharning mo‘tadil mintaqalarida o‘sadi. Enemion turkumi (6 tur) Shimoliy Amerika va G‘arbiy Osiyoda, Isopyrum turkumi (12 tur) G‘arbiy Osiyo va Himolayda uchraydi.
- Kingdoniydoshlar (Kingdonioideae) kenja oilasiga bitta turkum — kingdoniya (Kingdonia) kirib, u faqat Xitoyda tarqalgan.
2.2. O`zbekistonda tarqalgan Ayiqtovondoshlar oilasi vakillari - Qashqadaryo viloyatining tog‘ mintaqasida Ayiqtovondoshlar oilasiga mansub o‘simliklarning 31 turi borligi aniqlangan. Biz quyida ularning umumiy ro‘yxatini keltiramiz:
- Adonis parviflora Fisch. ex DC. — Mayda gulli suvuro‘t (mushuko‘t, sassiq matal)
- Anemone petiolulosa Juz. — Bandsimon po‘fanak (qarg‘atuyoq)
- Anemone protacta (Ulbr.) Juz. — Cho‘ziq po‘fanak
- Anemone zeravschanica Kom. — Zarafshon po‘fanagi
- Aquilegia vicaria Nevski — Suvyig‘ar (akvilegiya)
- Ceratocephalus falcatus (L.) Pers. — O‘roqsimon uchmao‘t (otashak)
- Ceratocephalus ortoceras DC. — Qo‘ytikan (uchmao‘t)
- Clematis asplenifolia Schrenk — Iloncho‘p
- Clematis orientalis L. — Sharq klematisi (ilono‘t, ilonpechak)
- Delphinium barbatum Bge. — Soqolli isfarak
- Delphinium Batalinii Huth. — Batalin isfaragi
- Delphinium biternatum — Qo‘sh uchbargli isfarak
- Delphinium longipedunculatum Rgl. et Schmalh — Uzun gulbandli isfarak
- Delphinium rotundifolium Afan. — Yumaloq bargli isfarak (ovcho‘p)
- Delphinium rugulosum Boiss. — Burishgan isfarak
- Delphinium semibarbatum Bienert. ex Boiss. — Sariq gulli isfarak
- Delphinium ternatum Huth. — Uchburgli isfarak
- Eranthis longistipitata Rgl. — Uzunoyoq ayiqtovon
Do'stlaringiz bilan baham: |