Reja: kirish I bob. Badiiy detal va uning tafsilotlari II bob. Badiiy detal va badiiy tasvir III bob. Detalning badiiy funksional o‘rni IV bob qahramon xarakterini ochishda detalning o’rni xulosa foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


Download 65.43 Kb.
bet2/2
Sana18.06.2023
Hajmi65.43 Kb.
#1568816
1   2
Bog'liq
DUSHAMOVA DIYORA

ichkaridan
to’la yuzli,
o’siq qoshli,
og’ir qaraguvchi ko’zli,
siyrak soqol,
o’rta bo’yli,
ustidan kimxob to’n kiyib,
beliga qilich osgan
qirq besh yoshlar chamasida
bir kishi ko’rindi» (70-bet).

Tafsilotlar zanjiri ana shunday qatorlashgani sababli qushbegi qiyofasi joylanadi. Ko’rinadiki, «tafsilot ko’plikda ta’sir qiladi. Detal yakkalikda intiladi» (E.Dobin). Detal tafsilotga nisbatan qisqaroq bo’ladi, bir necha «zarra»ning yig’indisidan tafsilot yaratiladi.


Shu o’rinda yana bir «arzimas mayda-chuyda», «ikir-chikir» haqida gapirish o’rinliga o’xshaydi. «Ko’pgina yozuvchilar asarlaridagi tinish belgilarga, abzatslarga e’tiborsiz qaraydilar. Holbuki, «Tinish belgilar fikrni bo’rttirish, so’zlarni to’g’ri tanosibga keltirish va jumlalarga yengillik va to’g’ri ohang baxsh etishga yaratilgan».
Yozuvdagi eng kichik belgilardan biri vergul… Lekin uning qudrati shunchalikki, musulmonni shirk egasiga aylantirishi mumkin. «Yo’q, Allohning har bandasi goh hud , goh behud tushlar ko’rar…» jumlasidagi birinchi vergulni olib tashlasang-chi, dahriyning aynan o’ziga aylanasiz…
Xullas, badiiy asarda «may-chuyda», «ikir-chikir» degan tushunchalarga o’rin yo’q. eng kichik zarra – mikroelement ham asarda insoniylashar ekan, unga e’tiborsizlik qilgan yozuvchi insoniylikdan haqqoniy dars berishi, «xalqning o’qituvchisi», «tuyg’ular tarbiyachisi» (Ch.Aytmatov) bo’lishi mumkin bo’lmasa kerak.

II BOB. BADIIY DETAL VA BADIIY TASVIR
Adabiyot hayotning ko‘zgudagi aksi. U kishiga ma‘naviy zavq beribgina qolmay, inson ruhiyatini tubdan o‘zgartirib yuborishga qodir bo‘lgan ko‘zga ko‘rinmas, ammo buyuk kuchdir. Adabiyot insonni o‘ziga sezdirmay tarbiyalaydi, his-tuyg‘ularini teranlashtiradi, estetik didini oshiradi. Adabiyotning quroli so‘zdir. Yozuvchi ularni mahorat bilan o‘rnida qo‘llab mukammal asarlarni yarata oladi. Demak, adabiyot yozuvchini ilhomlantiradi, unga bisotidan turli iboralarni, jumlalarni tortiq qiladi, evaziga adib o‘zining nodir asari bilan adabiyot hazinasini boyitadi.
Ammo badiiy asarning o‘quvchiga ta‘siri, albatta, yozuvchining iste‘dodiga bog‘liq bo‘ladi. Agar yozuvchi o‘z asarida olg‘a surgan ma‘lum fikrni sodda va samimiy, shu bilan birga aniq va ta‘sirli qilib yetkazib bera olsagina, asar kishi qalbiga yetib boradi. Ijodkor asarini, avvalo, yuragidan o‘tkazishi lozim. Mashhur adibimiz O‘tkir Hoshimov suhbatlaridan birida har bir asar dardning mahsuli bo‘lishini aytgan edilar. Mana shu dardni asarda aks ettirish uchun muallif badiiy detallardan unumli foydalanadi.
Badiiy asarning mazmun-mohiyatini, undagi qahramonlarning tashqi qiyofasidan tortib, ichki kechinmalari, o‘y –hayollarigacha chizib beradigan asosiy komponent badiiy detaldir. Badiy detal vositasida muallif butun borliqni, shamolni, yomg‘irni, jilg‘ani hatto yaproqni so‘zlata oladi. Xonadagi ko‘zdan pana, arzimas bo‘lib tuyulgan buyum (ko‘pincha bunday narsalar asarda yo‘l-yo‘lakay tilga olib o‘tib ketiladi) aslida ko‘p vazifalarni bajaradi. Aksariyat hollarda oddiy o‘quvchi detallarga e‘tibor qaratmasligi mumkin.
Taniqli olim D.Quronovning detal haqida shunday fikrlari bor: “Detal asarda tasvirlangan obrazning kichik bir qismi bo‘lib, detallarning birikuvi natijasida o‘sha obraz ko‘z oldimizda butun holda namoyon bo‘ladi. Badiiy detal ortida bir realiya mavjud, maishiy turmush va joy tafsilotlari, portret chizgilari va sh.k.”3 Fikrimizning tasdig‘i sifatida A.Qodiriyning “O‘tkan kunlar ” asaridagi Otabek portretini yana bir eslaylik: “ Og‘ir tabiatlik, ulug‘ gavdalik, ko‘rkam va oq yuzlik, qora ko‘zlik, mutanosib qora qoshlik va endigina murti sabz urgan bir yigit..”4 Ushbu tasvirlarni o‘qir ekan, Otabek obrazi o‘quvchi ko‘z oldida yaqqol namoyon bo‘ladi. Yuzining oqligi, ko‘z va qoshning qoraligi ko‘rkamlikni ifoda etsa, og‘ir tabiati mulohazalilik va aqlga dalolat qiladi. Ulug‘ gavdasi jismonan chiniqqanligini ko‘rsatsa, “endigina murti sabza urgan”i juda yosh ekanini ta‘kidlaydi. Bu portret chizgilari qahramonini o‘z davrining yuqori tabaqasiga mansub, o‘qimishli, kelishgan yigit sifatida ko‘rsatadi, o‘quvchida ijobiy munosabat uyg‘otadi.
Ba‘zan detal asarda obraz darajasiga ko‘tarilishi kuzatiladi. A.Qahhorning
“Anor” hikoyasi misolida detalning obrazlashgan qiyofasi ko ‘rinadi. Anor shu hikoyaning ichidagi bir detaldir. Ushbu asar yuzasidan D.Quronovning tahlilida detalning bir necha turlarini sanash mumkin: Turobjonning eshikdan hovliqib kirishi, uni ko‘rgan xotini kelisopni kelining ustiga qo‘ya chopishi -harakat, qalami yaktak-portret, eshik zulfini-peyzaj, keli, jo‘xori, tuguncha-maishiy turmush detallari deb ko‘rsatiladi. “Bundan tashqari, zulfin detali umumlashtiruvchi vazifani bajaradi, odam kirganda yengi zulfinga ilinib yirtilishi uchun eshik kichkina bo‘lishi kerak, demak, hovli ham shu eshikka yarasha kichkina.”5 Birgina detal oilaning kamtarona yashash sharoiti haqidagi ma’lumotni yetkazib beradi.
Adabiyotshunos olim Oxunjon Safarovning “Erkin Malik publitsistikasi” nomli maqolasida adibning “Xayrli tush” hikoyasiga to‘xtalib o‘tarkan, “tush ko‘rish” detali hikoyaning sarlavhasiga asos bo‘lganligini aytadi. Hikoya qahramoni Dadaxonning tushida rahmatli ayolini ko‘rishi orqali muallif tushlarning karomati, marhumlarning tiriklardan boxabarligiga ishora qiladi.
Badiiy asarlarda detal ayrim hollarda tabiat unsurlari qiyofasida qahramonlar holatini ochib berishga ham xizmat qiladi. Professor Y.Solijonovning “Detallar tilga kirganda” nomli maqolasida bunga bir qancha misollarni ko ‘rish mumkin. Y.Solijonov Sh.Xolmirzayevning “Bulut to‘sgan oy“ hikoyasini tahlil qilar ekan, undagi yomg‘ir, shamol, bulutlarni yorib chiqishga urinayotgan oy, irmoq kabi detallarning asar mazmuniga, qahramonlar taqdiriga mos ekanini ko‘rsatib beradi. Shamol, undagi shijoat Tavakkalga ishora qilsa, yomg‘ir va uning g‘amginligi Gulsaraga qiyoslanadi. Yomg‘ir kishida hamisha mungli qo‘shiqday taassurot uyg‘otadi. Shoir ta’kidlaganidek:
“Yomg‘irli kun kabi ezildi dardim..”
Yoki
“ Yuragimning oynasiga yog‘ar yomg‘ir..”
kabi.
Gulsaraning ruhiyati ham yomg‘irdek mayus va yig‘loqi. Aksincha, Tavakkalning xarakteridagi shiddat va beqarorlik shamolga tenglashtirilgan. Bunda tabiat hodisalari inson xarakterini ifoda etadi.
Detal asardagi badiiy tasvirni turli chizgilarda ifodalaydi. U voqye‘likni kuchaytirishi, ta’sirchanlikni oshirishi mumkin. Masalan, A.Qodiriyning “Dahshat ” hikoyasidagi shamolning tasviri asardagi voqealarga uyg ‘un tarzda keltiriladi: “Shamol goh och bo‘riday uvillar, goh o‘lim changaliga tushgan mushukday pixillar, vag‘illar, hech narsa-hech narsa ko‘rinmasdi.” 6 Bu tasvir asarda dahshatni aniq namoyon qiladi va o‘quvchiga kontekstdagi umumiy tasvirni ishonarli yetkazish vazifasini bajaradi. Bunda kuzak shamolining yaydoq daraxtlar shoxida chiyillashi, tomlarda vishillashi, bo‘yrani ko‘tarib urishi bo‘lajak fojeadan xabar beradi.
Detalning badiiy asarda milliy xarakterni ochib berishi holatini A.Qayumovning “Detal va badiy tasvir ” nomli maqolasida ko‘rish mumkin. Bunda A.Qayumov N.Jaloliddinning “Erkagi bor uy” hikoyasi orqali detallarning badiiy asardagi ahamiyati, alohida o‘rni va vazifasi borligini ta‘kidlaydi. Xususan, hikoyada tasvirlangan darvoza, mahalla, tarvaqaylab o‘sgan o‘rik daraxtini hikoyadagi milliylikni ta‘minlovchi detallar deb ko‘rsatadi. Hali kichkina bo‘lishiga qaramasdan ko‘nglida mardlik, vatanparvarlik va dovyuraklik hislatlari kamol topayotgan bolakayning haqiqiy er yigit bo‘lib ulg‘ayishida u yashayotgan muhit, Badal buva singari atrofidagi odamlar, milliy qadryatlar, qolaversa, o‘z uyining erkagi bo‘lish istagi muhim rol o‘ynashini ko‘rsatadi.
Qadimgi yunon mif va afsonalarida ham detalning turli shakllarini uchratish mumkin. Masalan, M.Otajonova o‘zining “Mifopoetik talqin imkoniyatlari” nomli maqolasida “Shoxli Iskandar “ haqidagi epik syujetga to‘xtaladi. Bunda “shox” detali ahamiyatli bo‘lib, uning paydo bo‘lishiga qadimgi yunon miflaridan “Uzun quloqli Midas” afsonasi asos bo‘lganini aytib o‘tgan. “Zamonlar o‘tishi bilan quloq detali o‘rniga shox detali ommalashgach, afsona ijtimoiy mohiyat kasb etib, didaktik mazmun ustivorlik qila boshlagan.” Aleksandr Makedonskiyning sharq xalqlari orasida “Iskandar Zulqarnayn” ya‘ni, “Shoxli Iskandar” nomi bilan atab kelinishida bu afsonaning hissasi borligi ta‘kidlanadi.
Xulosa qiladigan bo‘lsak, detal badiy asarning ajralmas bo‘lagi hisoblanib, u orqali o‘quvchi voqye‘likni his qiladi, tasavvurda jonlantiradi. Qahramonlarga baho beradi, ular bilan asarda yashaydi. Tabiat manzaralaridan zavqlana oladi. Demak, yozuvchinning badiiy detallardan unumli foydalanishi asar qiymatini oshirishga salmoqli hissa qo‘shadi.

III BOB. DETALNING BADIIY - FUNKSIONAL O‘RNI


Detal badiiy tasvirdagi muayyan bir kichik bo‘lak (uzv) bo’lib, uning badiiy asar qurilmasini yuzaga keltirishda o‘rni va ahamiyati nihoyatda muhim.Shukur Xolmirzayev hikoyalarini o‘rganganimizda, chindan ham ustoz yozuvchi Odil Yoqubov ko‘rsatgan xususiyat uning ijodida muhim o’rin tutganligiga ishonch hosil qilamiz. Mazkur fikrni dalillash maqsadida uning 1960- yilda yozilgan “Notanish odam” hikoyasiga murojaat qilamiz. Hikoya yosh bir yigit, havaskor ovchi tilidan bayon qilingan.
Bu asarda bir qancha detallar borki, ular asarning yetakchi badiiy konsepsiyasini yuzaga chiqarish ishiga xizmat qilgan. Bulardan ayrimlarini ko‘rib o’tamiz: “Jarga yaqinlashishim bilan shuvoq isi aralash tutun dimog’imga urildi”. Ushbu asarda ifodalangan asosiy fikr kamar (tog‘ yonbag‘ridagi kichik g’orga o’xshash joy) ichida yoqilgan gulxan bilan bog’liq. Shu sababli hikoyadagi boshqa detallar ham mana birinchi tasvirga bog‘lanib asardagi ustuvor nuqtai nazarni yuzaga chiqarishga xizmat qiladi. Shuvoq bilan bog‘liq detalga kitobxon asar davomida yana duch keladi: “Nam shuvoq hidi anqiydi”. Bu endi kamar ichidagi tasvirga aloqador detal. Bu tasviriy uzvlarni muallif izohlamagan. U Odil Yoqubov qayd etganidek, tasvirni detallashtiradi-yu, voqeaga aralashmaydi, ya’ni uni izohlamaydi. Yuqorida ko’rib o’tilgan shuvoq bilan bog’liq ikki detal (kamarda shuvoqning borligi va undan gulxan yoqilgani) bulut va yomg’irga aloqador detallar bilan birlashib struktur-semiotik nuqtai nazardan qaralganda yagona paradigmani yuzaga keltiradi:shuvoq isi aralash tutun - nam shuvoq hidi - cho’ldan ko’tarilgan bulut –kamar o‘rtasidagi gulxan - yomg‘ir quyishi – notanish odamning soy yoqasida shox-shabba terishi.
“Cho‘ldan ko‘tarilgan bulut” roviy nutqida berilmagan. U asardagi dialogda hikoya personajlaridan biri (noma’lum odam) tomonidan aytiladi. Bu hikoya matnidagi eng muhim detal bo‘lib, u nafaqat asardagi boshqa detallar, shuningdek, syujet strukturasi, ustuvor badiiy konsepsiya bilan chambarchas bog‘liq. Asarning asosiy personaji, nomi ma’lum etilmagan qahramon (notanish odam)ning aytishicha, cho‘ldan ko‘tarilgan bulut “to‘kkan yomg‘ir ancha-muncha mahalda tinmaydi. Agar bulut tog‘dan pastlagan bo‘lsa, uning yo‘rig‘i boshqa edi”.
Hikoyada roviy vazifasini ham bajaruvchi personaj hayotda hali yetarli tajribaga ega emas. Shu boisdan u cho’l tarafdan kelayotgan bulutni ko’rsa-da, unga ahamiyat bermagan, oqibatda yomg’ir ostida qolib ust-boshi shalabbo bo‘ladi. Kamardagi suhbatdoshi unga aytganidek: “Shuni ko‘ra-bilganingizda, ilgariroq o‘zingizni panaga tortardingiz, bunday qunishib o‘tirmasdingiz”. Bu mulohazalar kamardagi “qirg’iz bashara, lekin qoshlari quyuq, qirq yoshlardan oshgan baquvvat kishi” ning kuzatuvchan, tuyg‘un, xalq donoligini o‘z shaxsiyatida jamlagan dono inson ekanligidan dalolat berib turadi. Ammo bu kichik hajmli asar mazkur personajning amaliy bilimining balandligini ko‘rsatish uchungina yozilmagan.
Hikoyada yozuvchining yetakchi niyatini yuzaga chiqarishda “notanish odamning soy yoqasida shox-shabba terishi” bilan bog’liq detal muhim ahamiyatga ega. Ushbu adabiy uzvning badiiy matn tarkibiga kiritilishi insonparvarlik asosiga ega milliy urf-odat bilan bog’liq. Shukur Xolmirzayev bir qancha asarlari, jumladan, “Qil ko‘prik” romanida mana shu ibratli odat haqida personajlar nutqi yohud xotirasi orqali ma’lumot bergan. Ularda aytilishicha, mana shunaqa kamar yoki o‘rmon ichidagi kulbalarda hamisha o‘tin, tuz, gugurt kabi eng zarur narsalar ehtiyotlab saqlab qo‘yilgan. Shu joylarga kelib dam olgan yoki tunab qolgan yo‘lovchilar ushbu zaxiradan foydalanganlar va va ularning o‘rnini to’ldirib qo‘yganlar. Bunday qadimiy udum yozuvchiga juda kuchli ta’sir qilgan. Chunki u bu kabi an’anada buyuk insoniylik alomatlarini ko‘rgan. Asar qahramoni (roviy) noma’lum odamning shiddatli yomg’ir yog‘ayotgan paytda kamardagi gulxan yonida o‘tirishdan oldin soy yoqasiga suv allaqaylardan olib kelgan shox-shabbalarni yugurib-elib terishini ko‘radi. U bu odamning betgachoparligi (yigitning jala ostida qolishi ilmsizligidan ekanligini darhol aytgani) uchun yoqtirmay qolgan edi. Shu sababga ko‘ra u ”...pishiq odam. Bu o’tinlarni uyiga olib ketadi. Eshagiyam tayyor”, - degan xayolga boradi. Ammo ko’p o’tmay uning odamoxunligi (gulxan yoniga o’tirib yomg’ir yog’ishini tomosha qilishni taklif qilishi), mehmondo‘stligi ( xurjindan olgan yog’liq patir va qurutni birgalikda baham ko’rishi) tufayli bu odam haqidagi fikri o‘zgaradi.
Badiiy adabiyotda detallar quyidagi tasvirlarga daxldor bo‘lishi mumkin:
a) peyzaj. Sh.Xolmirzayevning nafaqat hikoyalari, balki butun ijodida tabiat tasviri (peyzaj) muhim o’ringa ega. Shu boisdan ham uning ixcham epik asarlaridagi tabiat manzaralari tarkibida ko’plab detallarni uchratish mumkin: “Bu yerda tuman bor edi. Shuning uchun qor siyrak va yumshoq yog‘ardi” (“Ko’ngil” hikoyasi). “O‘rtoq direktor xiyobondan sap-sariq barglarni qisir-qisir bosib hafsala bilan yurib keladilar” (“Bir ko’rgan tanish” hikoyasi). Birinchi parchadagi tasvirda detal qishga xos bo’lgan bir alomat (tuman tufayli qorning siyrak va yumshoq yog’ishi)ni kitobxon ko’z o’ngida aniq ta’sirli namoyon etgan bo’lsa. ikkinchi tasvirdagi detal (xiyobondagi sap-sariq barglar) voqeaning kuz faslida ro’y berganini obrazli tarzda ifoda etmoqda.
b) portret: bunga misol biz dastavval tahlil etgan “Notanish odam” hikoyasida bor: qirg‘iz bashara, lekin qoshlari quyuk kishi” – inson badiiy suvrati tasviridagi kontrast asosida qurilgan detal personajning o‘ziga xos qiyofasini gavdalantirish ishiga xizmat qilgan.
v) interyer – adabiyotshunoslikda ekspozitsiya deb ataladigan tasvir vositasiga taalluqlidir. Ekspozitsiyada biror-bir joy (xona, uy, hovli, ko’cha, maydon) badiiy ifoda etilsa, intyerer – yopiq binoning ichki tasviri. U “ tor ma’noda binoning ichki hududi bo‘lib, o‘z ichiga shu hududga oid narsa-jihozlarni ham oladi”. Bunday tasvirning hikoya, qissa, roman kabi epik janrlarda o‘ziga xos o‘rni bor. Shukur Xolmirzayev ijodiga xos xususiyatlardan biri shundaki, u ichki tasvirdan ko‘ra tashqi tasvir, ayniqsa, peyzajga asosiy e’tibor beradi. Shunga qaramasdan, uning asarlari, shu jumladan, hikoyalarida interyerga oid tasvirlar mavjud. Chunki inson (badiiy adabiyotda qahramon, personaj) qanchalik dashtu dalalar, tog’u toshlarda kezmasin, albatta uyiga, ishxonasiga qaytadi. Shunday ekan, har bir yozuvchining epik ijodida boshqa tasvir usullari qatorida interyerning ham u yoki bu darajada ahamiyati bor. Adib ijodida dastlabki asarlaridan biri – “Notanish odam”da kamar tasviri bor. Ammo uning ichki tasviri va tavsifiga o‘rin ajratilmagan. Buning sababi shundaki, ijodkor badiiy konsepsiyasida kamar ichining tasviri nazarda tutilmagan. Mazkur yaratmadan bir yil keyin – 1961 yida yaratilgan “Ko‘ngil”da esa interyerga oid ayrim chizgilar mavjud: hikoya qahramoni (u roviy vazifasini ham bajargan)ning Narzulla degan o‘rtog‘i yashaydigan uy tasvirida pechka, ko’rpacha, pech yonidagi po’stak badiiy ifodada o‘zaro birlashib, yozuvchi ijodiy niyatini anglashda muhim o‘rin tutadigan detal (interyer)ni yuzaga keltirgan. Bu tasvirda interyerga daxldor har bir buyumning badiiy-funktsional o’rni mavjud. Narzullaning onasi yakka-yu yolg’iz farzandining o‘rtog’iga ko‘rpacha to‘shashi o‘zbek ayollariga xos jonkuyarlik, e‘tibor-hurmat, mehmondo‘stlik kabi qadimiy va ibratli xislatlarni ko’rsatyapti.Onaning pechga ko‘mir solishi birinchidan voqeaning qish fasliga tegishli ekanligini ko‘rsatsa, ikkinchidan Narzulla va uning ovchi do‘stining tog‘da nihoyatda sovqotib qaytganliklarini ham bildiradi. Bu fikrni tasvirning aynan shu o’rnida qayd etilgan, interьerga aloqasi bo’lmagan boshqa bir d‘etal ham tasdiqlaydi: “Men pech yoniga – po‘stakka o‘tirib muzlab tarashaday bo‘lib qolgan shimim pochalarini o‘tga toblay boshladim”. “Muzlab tarashaday bo’lib qolgan shim” portretga daxldor detal bo’lib, u qahraton qish pallasida tog‘ga yoqqan qalin qorni bosib ov qilgan qahramon suvratini aniqlashtirish maqsadida qo’llanilgan. Xona interyeriga oid navbatdagi ashyo – po‘stak bo’lib, u milliy-maishiy hayot tarzining o‘ziga xosligini ko‘rsatish maqsadida badiiy tasvir doirasiga olib kirilgan. Biror-bir hayvon (ko’pincha qo’y) terisini oshlab tayyorlanadigan po‘stak odatda yurtimizning ovchilik, chorvachilik bilan bog’liq hududlarida ko‘rpacha vazifasini bajargan.
Yozuvchi ijodiy-badiiy faoliyatining keyingi bosqichlarida ham interyer tasviriga nisbatan kam murojaat etgan. Bu adabiy vosita tasvir uchun zarur bo’lgan hollarda esa imkon darajasida interyerning muxtasar – ayrim chizgilar bilangina ko‘rsatish tajribasini qo’llagan. Biroq uning ayrim ijod namunalarida interyer tasviriga odatdagidan ko‘proq e’tibor berilgani, uy ichidagi jihozlar mukammalroq ko‘rsatilganini ko‘rish mumkin. Buning boisi oldin aytib o‘tilganidek, qalam sohibining ijodiy maqsadi, asarning falsafiy konsepsiyasi, shuningdek, ma’lum bir darajada asar hajmi bilan bog’liq. Milliy mustaqillik davrida adib hikoya janrini struktur-kompozitsion jihatdan yangilash, uning asosiy janriy xususiyatlarini saqlab qolgan holda tasvir maydonini imkon darajasida kengaytirish bo‘yicha dadil tajribalar qila boshladi.
An’anaviy adabiyotshunoslikda hikoyaga baho, ta‘rif berilganda, birinchi navbatda uning kichik hajmga ega ekanligi ko’rsatiladi. Shunga ko’ra hikoya “kichik epik yoki nasriy asar” deyiladi. Shu bilan birga, mavjud darslik, lug’at va tadqiqotlarda roman, qissa, hikoya janrlarini belgilashda uning hajmi asosiy mezon bo’lmasligi ham aytilgan. Chunki adabiy-badiiy ijod tarixida hajmi odatdagi me’yordan oshib ketgan hikoyalar, romandan kattaroq qissalar yaratilgan. Lekin kengroq miqyosda olib qaraganda, odatda nasr janrlarida muayyan hajm me’yorlariga amal qilingan. Adibning ko‘p tomlik “Saylanma”sini nashrga tayyorlagan adabiyotshunos olima, filologiya fanlari nomzodi Sayyora Xolmirzayeva (ijodkorning qizi) mazkur nashrning uchinchi jildiga kiritilgan ekspremental hikoyalar haqida shunday yozgan edi: “bu to’plamdan joy olgan hikoyalarning deyarli uchdan bir qismi hajm jihatidan ham, badiiy niyatning ko‘lami jihatidan qissa darajasidadirki,...ularning “hikoya” deb atalishi yozuvchining kamtarligidanmi yoki hikoya janriga qo‘ygan talabidanmi, balki yozuvchining qamrovi kengayib kattaroq ko‘lam kasb etayotganidandir, har holda bu holni tadqiq etish mutaxassis olimlarning vazifasiga kiradi”.Yuqorida keltirilgan iqtibosda tadqiqotchi uchta farazni ilgari surgan: yozuvchining kamtarligi; hikoya janriga qo‘ygan talabi; yozuvchining qamrovi kengayishi. Ushbu nuqtai nazarlarning har biri oz yoki ko‘p darajada haqiqatni aks ettiradi. Bu o‘rinda asosiy sabab sifatida shuni ayta olamizki, adib umrining so‘nggi bosqichlarida yozgan bir qator hikoyalarida “yozuvchining qamrovi kengayib kattaroq ko’lam kasb etayotgani” uning ushbu janr imkoniyatlarini kengaytirish istagi bilan bog’liq.
“Peshayvon supasining lablari allaqachon yemirilib-uvalanib tushgan. Bo‘g‘otlardagi chumchuq inlaridan xas-xashak osilib yotar, tarnovlar ko‘rinmasdi. Ayvon supasi ham zaxlab ketib, unda maysalar ko’kargan. O‘ng burchakka suyab qo‘yilgan bir o‘ram bo‘yra allanechuk qorayib ketgan va uning pastida uyum-uyum ho‘l tuproq ko’zga tashlanadiki, bu uyumlar sichqonlarning ishi”. Yozuvchining 60-80 yillarda yaratilgan hikoyalaridagi detallar, shu jumladan, interyer tasvirlarini yuqoridagi tasvir bilan muqoyasa qilinganda, adabiy-badiiy faoliyatining keyingi bosqichida ijodkor interyer tasvirida batafsillikka intilishi ko‘rinyapti. Bu esa ma’lum bir darajada hikoya badiiy sathining kengayishi bilan bog’liq.
g) badiiy asarda tasvir etilgan ishtirokchilar, shu jumladan, jonivorlarga aloqador bo‘lgan harakat. Detalning bunday xiliga ham “O‘zbek bobo” hikoyasidan misol topish mumkin: “O‘ng qo‘lda uzun tushgan og‘ilxona yonidan – tosh to‘shalgan yo’lkadan borisharkan, sigirning “fashsh” etib nafas olganini qulog’i ildi-yu, shundoq qayrilib, qo‘lbola eshikchani ochdi. Dimog’iga tanish mol, tezak hidi urilishi barobarida ustunga bog‘liq ola sigirning boshini burgani, ko‘zlari yaltiragani va hatto tumshuqlari tuproq – chang bo‘lganini ham ko’rdi”.
Mazkur parchada personaj va sigir harakatlariga bog’liq to’rtta detal badiiy ifoda topgan: 1) sigirning “fashsh” etib nafas olgani; 2) qayrilib, qo‘lbola eshikchani ochdi; 3) dimog’iga tanish mol, tezak hidi urilishi; 4) ola sigirning boshini burgani, ko‘zlari yaltiragani va hatto tumshuqlari tuproq – chang bo‘lgani. Badiiy detallarning bunday zanjirsimon majmuasi tasvirning haqqoniyligini kuchaytirib, matn badiiy konsepsiyasini yanada yorkin ifodalanishiga yordam bergan.
IV BOB QAHRAMON XARAKTERINI OCHISHDA DETALNING O’RNI
“Hayotni tipiklashtirishda, uni badiiy ifodalashda, qahramon xarakteri qirralarini ochishda, asar g’oyasini ifodalashda, uning emotsional ta`sir kuchini oshirishda badiiy detallar katta rol o’ynaydi”7 .
Badiiy asarda uchraydigan har qanday predmet yoki chizgilar ham detal bo’lib kelavermaydi. Detal, avvalo, “lo’nda, aniq, yorqin va obrazli bo’lib, asosan, tasvir obyektini sintezlashib ko’rsatishga xizmat qiladi. Detal badiiy asar kompozitsiyasida o’z o’rnini topgandagina vazifasini o’tay oladi. U yozuvchini ko’p so’zlikdan, “adabiy laqmalik”dan saqlaydi. Qisqa-yu sermazmunlikka erishish – badiiy detalning xarakterli xususiyatidir” (T.Boboev).
Badiiy detal xarakter qirralarini ochishda muhim ahamiyat kasb etadi. Badiiy detal biz asar qahramonlarining ichki va tashqi dunyosini anglab borishimiz uchun aniq bir vosita bo’lib xizmat qiladi. Masalan, Nazar Eshonqul “Momoqo’shiq” qissasidagi personajlaridan biri Shamsi Solohning ruhiyatida kechayotgan tushkunlikni “qarg’a” detali orqali ochib beradi. Qarg’a, bilamizki, qora rangda, bu rang zulmatni anglatadi. Demak, muallif ham Shamsi Salohning qalbi qanchalar zulmatga cho’kkanini, uning boshida “to’da-to’da bo’lib izg’ib yurgan” qarg’alar orqali ko’rsatishga harakat qiladi. Uning ustiga qarg’a hojatini chiqarib ketishi uning har qancha Muazzamni jaholat botqog’idan qutqarib, iste’dodini xalqqa ko’rsatishga urinishlari samarasiz yakun topganligini ko’rsatadi.
Yuqoridagi badiiy detallar Shamsi Salohning xarakterini ochishda ma`lum darajada rol o’ynaydi, ya’ni Shamsi Salohni jamiyat qoloqligi tufayli ne-ne iste’dodlar hali ochilmay turib, yo’q bo’lib ketayotgani, hali ham yurtdoshlarini qoloq hayot kechiryotgani, odamlar oila, bola-chaqa g’amida mehnatdan boshi chiqmay dunyoda yuz berayotgan o’zgarishlarda bexabar qolayotgani chuqur o’yga toldiradi. Muallif Shamsi Salohning qalbida jo’sh urayotgan bunday ziddiyatlar orqali uning ichki dunyosini (ruhiyatini) to’laqonli ochib berishda yuqoridagiday badiiy detallardan unumli foydalana olgan. Badiiy asarga olib kirilayotgan hamma unsurlar birgalashib, aniq bir maqsadga, ya`ni xarakterni ochishga xizmat qiladi. Shular qatori badiiy asarda uchragan detallar ham xarakterni ochish uchun xizmat qiladi.
Rus adabiyotshunosi S. Antonov detalga quyidagicha ta’rif beriladi: “Detal – san`at asari uchun misoli gavhar”8.
Albatta, bu ta’rif detal uchun juda mos topilgan, chunki detal badiiy asarda ko’plab funksiyalarni bajaradi. Masalan, badiiy asarda keltirilgan detal yozuvchini, yuqorida aytganimizdek, oshiqcha laqmalikdan saqlaydi, ya`ni muallif biror bir elementni yoritmoqchi ekan, unga oshiqcha tafsilotlar berib o’tirmasdan birgina detal bilan ifodalaydi.
Misol qilib, Sobir O’narning “Bibisora” qissasini olaylik, qissa qahramonlaridan biri Faxriddinning xarakterini ochish uchun “qora plash” detalidan foydalanadi. Bilamizki, ko’pchilik badiiy asarlarda yovuz odamlar qora plash kiygan holda tasvirlanadi. Ayni shu kabi Faxriddinni qora plash kiyib yurishi, uni bizga jirkanchli, yovuz niyatli, yomon kimsa sifatida ko’rsatadi. Demak, muallif bizga Faxriddinni yomon, qora niyatli, buzuq, hech kimni mensimaydigan, odamlarni qo’rquv ostida ushlab turadigan, yolg’onchi, muttaham kimsa deb, ta’riflab o’tirmasdan “Qora plash kiyib yurarmish” deyish bilan kifoyalanadi.
O’quvchi yuqoridagi mazmunni shu gapdan anglab oladi. Detal badiiy asarning ta’sirchanligini oshiradi, yozuvchining badiiy mahoratini ko’rsatadi, eng asosiysi detal xarakterni ochishda eng ahamiyatli vositadir. Shunday ekan, biz quyida detalni xarakterni ochishdagi rolini qissalar asosida ko’rib chiqamiz. Nazar Eshonqulning “Momoqo’shiq” qissasidagi xarakterlar qo’llanilgan detallar orqali ochib berilgan. Nazar Eshonqul Ismoil Alining xarakterini ochib berish uchun quyidagi detaldan foydalanadi. Ismoil Ali brigadir Otaqul bilan qilinajak ishlar haqida gaplashib turar ekan, Ismoil Alining holati quyidagicha tasvirlanadi: “U yigitni nazariga unchalik ilmayotgani shunday ko’pchigan yuzidan ko’rinib turardi: u brigadirning gapini qoshini jiyirib tinglar va nomigagina bosh irg’ardi”. Bu detal bizga Ismoil Alini manmansiraganligini, qishloqning sodda odamlarini nazariga ham olmasligini ko’rsatib turadi.
Demak, muallif Ismoil Alining xarakteriga oshiqcha tavsilotlar berib o’tirmasdan birgina Otaqul bilan suhbat qurayotgan holatini chizib, shu orqali uning xarakterini ko’rsatib beradi. Qissada bundan tashqari ko’plab xarakterni ochuvchi ko’plab detallarni uchratishimiz mumkin. Qissada yoritilgan davr kishilarini xarakterini ochish uchun detallar o’z o’rnida qo’llangan. Qishloq bolalarining qishlog’iga hasharchilar kelgandagi holatini ko’raylik : “ular bu ajabtovur va o’zlarining ota-onalariga allaqayerlari o’xshab, allaqayerlari o’xshamaydigan odamlarni qiziqsinib tomosha qilib turishardi, - tomoshaga kelganlar ichida beton ariqda yoshgina toyxarchasini bog’lab qo’ygan qop-qora, to’qqiz yoshlardagi bola ham bor edi, u tinmay burnini tortar, toyxariga qop-qora tirsaklari bilan suyanib, hasharchilarga juda qiziqsinib qarab turardi”.
Bu detal orqali qishloq kishilarining umumlashgan ko’rinishini ko’rishimiz mumkin. Qishloq odamlari o’sha davrda qanchalar qoloq bir ahvolda ekanligi, ularni madaniyatdan, dunyodan uzilib qolganligi bolalarning odam ko’rmaganday ota-onalariga allaqayerlari o’xshab, allaqayerlari o’xshamaydigan hasharchilarga qiziqsinib qarab turishidan anglaymiz. Muallif bu holat orqali o’sha davr qishloq bolalarigagina xos emas, balki katta yoshdagi qishloq odamlari ham dunyodan uzilgan bir holatda ekanligini ko’rsatib o’tadi. Ular faqat qorni to’ysagina shunga xursand bo’lib yashayveradilar. Mehnat bilan ovara bo’lib, dunyodan uzilib qolganlar. Ularni shoir Abdulla Oripovning “Tilla baliqcha” she`ridagi tilla balliqchaga qiyoslashimiz mumkin. Tilla baliqcha dunyoni shu mittigina ko’lmakchadan iborat deb bilishi kabi bu odamlar ham shu qishloqdan tashqariga chiqmay mehnatda umrini qanday o’tib ketganini sezmay ham qoladilar. Bu omillar ularning xarakterini ko’rsatib turadi. Kuzatilgan maqsad detal orqali o’quvchiga darhol yetib borishi lozimligi nazariy adabiyotlarda aytib o’tilgan .
“Momoqo’shiq” qissasidagi detallar ham qahramonlar xarakterini ochishda muhim bir maqsad bo’lib xizmat qiladi. Qissa qahramonlaridan biri Otaqul Shamsi Soloh bilan suhbatlashgani kelganida besonaqay gavdasidan hijolat tortishi, uning xarakterini ochish uchun xizmat qiladi. Bu detal orqali Otaqul xarakterida soddalik, uyatchanlik, oriyat kabi xislatlar uyg’unlashganligini ko’ramiz. Otaqul oddiygina qishloq odami, u qoloq bir muhitda yashasa ham boshqa qishloqdoshlaridan qaysidir xarakteri bilan ajralib turadi. U shaharliklar tili bilan aytganda “yovvoyi” emas, balki tushungan, chuqur mulohazali odam. Uning ruhiyat tasviri shunchalar go’zal tasvirlanganki, buni asarni o’qiyotgan o’quvchi bemalol qiynalmasdan tushuna oladi. Badiiy asar markazida inson turar ekan, avvalo, uning xarakteri ochilishi kerakligi hammaga ma’lum. Sobir O’nar qissalaridagi qahramonlar boshqa ijodkorlarimiz yaratgan qahramonlardan g’oya va maqsadi, xarakteri jihatdan ajralib turadi.
Yozuvchi qissalarining qahramonlari milliylikdan yiroqlashmaganligi bilan xarakterlanadi. Masalan, yozuvchining “Chambilning oydalasi” qissasini olaylik, qissada Otaqulning tilidan aytilgan xalq og’zaki ijodi namunalarining yuksak ko’rinishi bo’lmish “Go’ro’g’li” dostonodan parchalarni ham uchratamiz. Bu narsa milliy qadryatlarimizni, ya`ni xalqimizning ming yillar davomida saqlanib kelayotgan ma`daniyatini o’quvchi ruhiga singdirishda katta ahamiyatga ega. “Chambilning oydalasi” qissasidagi qahramonlar xarakterini ochishda badiiy detalning ahamiyati katta. Qissa markazida turadigan qahramon Otaqulning odamlar tomonidan “Qirg’iy” deb atalishi uning xarakterini ochishda muhim detal bo’lib xizmat qiladi. Otaqulning “Qirg’iy” laqabi orqali uning xarakteri umumlashgan holda ko’rsatib turadi. Bilamizki, qirg’iy yirtqich qush. Unda shiddatkorlik, o’z o’ljasiga rahm qilmaydigan shavqatsizlik, ko’zini o’tkirligi kabi ko’plab xususiyatlar mujassamlashgan. Otaqul xarakterida ham cho’rtkesarlik, ushlagan joyidan uzub olishlik, uzoqni ko’ra bilishlik, to’g’rilik, mehnatkashlik kabi xislatlarni ko’ramiz, shu kabi xislatlar uni odamlar tomonidan “Qirg’iy deb nomlanishiga sabab bo’lgan. Otaqul milliy qadiryatlarni hurmat qiladigan ma`naviyatli shaxs. Uning xalq dostonlarini yig’lab eshitishi va ko’plab dostonlarni yoddan bilishidan ruhiyati pok inson ekanligiga va tafakkuri baland ekanligidan dalolat beradi.
Qissada insoniylik tuyg’ulariga nisbatan xiyonatkorlik, tubanlik, manfaatparastlik kabi xislatlar o’zaro zid qo’yiladi. Qahramonlarning xarakteri kishi ruhiyatiga chuqur ta`sir o’tkazadi. Tuban kimsalarning o’z manfaati yo’lida xiyonatga qo’l urishi jirkanchli bir holat ekanligi bir necha personajlar orqali ochib tashlanadi. Muallif bu kimsalarning xarakteriga ko’rsatib berishda oshiqcha tafsilotlarga o’rin berib o’tirmaydi. Ammo biz ularning xarakterini detallar orqali anglaymiz. Masalan, Abdumalikni olaylik, u o’z manfaati yo’lida hech qanday xiyonatdan qaytmaydi. Shuning uchun ham o’z manfaati yo’lida do’stini o’ldirish darajasigacha boradi. Uning xarakterini ochishda “tilxat” detali muhim ahmiyatga ega.
Tibbiyot rivojlangan bir davrda shifoxonada joni uzilgan kimsani yorib ko’rish uchun oila azolaridan rozilik tilxati so’rashi hammaga ma`lum. Bu narsa bizning millatimizda ko’pchilik tomonidan yaxshi qabul qilinmaydi. Abdumalik do’stining vafot etganini oilasidagilar bexabarligidan foydalanib, murdani yorishga rozi ekanligi haqida tilxat yozib, operatsiyaga roziligi uchun tilxat deb qo’l qo’ydirishga urinishi, uning ruhiyatida naqadar jirkanchli hislar joylanganligidan darak berib turadi. U do’stini o’ldirib ham ko’ngli tinchimasdan, balki uning murdasini ham xo’rlashga urinadi. Bu uning insoniylikdan yiroqlashganligini belgilaydi. Uning shu kabi tubanlashgan kishi ekanligi shu birgina “tilxat” detali orqali ko’rsatib beriladi.
Qissa davomida Abdumalikning oila azolari ham yaxshi fazilatlarga ega emasligini ko’rishimiz mumkin. Masalan, uning turmush o’rtog’ini olaylik. Qissada u deyarli qatnashmasa-da, uning xarakterini birgina chizilgan portireti orqali bilib olishimiz mumkin. “Doim qovoq-tumshug’iga besh kilo tosh osilganday bir alpozda yuradi, gap-so’zlariyam zardaliymi-ey, ko’zlari nuqul odamni taftish qiladi, o’tirganingda ko’zi qadalgan joylaring og’riyotganday bo’laverasan kishi. Turib ketging keladi”. Abdumalikning xotinini bu holati uning ruhiyatida ham yaxshi xislatlar joy olmaganligini ko’rsatadi. Bu esa Abdumalikning o’zi emas, balki oilasidagilarning ham yomon xulqli kishilar ekanligini ko’rsatadi. Bu omillar Abdumalik va uning oilasi xarakterini oyna kabi aks ettiradi.
Qissada yana bir personaj, ya`ni institutning direktori Sherali Vaqqosovichning xarakteri belgilashda quyidagi detalni ko’rsatish mumkin. Ilmiy konferensiyada so’zga chiqqan Sherali Vaqqosivich “ikki qo’lini shimining cho’ntagida turishi” uning olifta, boshqalarni nazarga ilmasligi, odob-ahloqdan yiroq ekanligini bildiradi. U garchan ilmiy institutning rahbari bo’lishiga qaramasdan ma`naviyatdan yiroqlashgan, madaniyatsiz kishi sifatida ko’rsatiladi. Uning bu xarakterini yuqoridagi detal orqali umumlashgan holda ko’ramiz.
Yozuvchi Sobir O’narning “Inqilob kechasi” qissasidagi qahramonlar xarakterini bir ikki portretik detallar chizish bilanoq g’oyat chuqur mazmunni lo’nda va yorqin qilib chizib bergan. Ustalik bilan topilgan detallar qahramonlarning ruhiyat tasvirini ochiq oydin ko’rsatib turadi va kitobxonda chuqur taassurot qoldiradi. Qissada sobiq sho’ro davridagi talabalarning paxta yig’im-terimidagi hayoti ko’rsatiladi.
O’sha davrlarda paxta yig’im-terimiga chiqqan talabalarning hayoti qanchalar qiyin ahvolda bo’lganligini muallif shunday yorqinlik bilan chizganki, bu narsa qissaning badiiy saviyasini oshirib, estetik qiymatini ko’taradi. Muallif qo’llagan detallarning nihoyatda tabiiyligi va hayotni juda aniq ifodalaganligi kitobxon qalbini larzaga keltiradi. Masalan, paxta yig’im-terimiga otryad rahbari bo’lib borgan domlaning xarakterini quyida keltirilgan portretik detallar orqali bilib olishimiz mumkin. “Asli ismini eslayolmayotibman, Qorin domla derdik, yettilardan o’tib, uyqudan turardi, o’gil bolalar hojatxonasini naqt qirq minut bant qilib turgach, har gal domlalarga mo’njallangan qo’l yuvgichda suv topolmay, samovarchiga baqira ketar, yuz chaydi-qo’l chaydi irimini qilgach, bizlarni lineykaga chorlardi… Talabalar dalaga tarqalishgach, Qorin domla bir tovoqqina go’shtni oshpazga qovurtirib nonushta qilib olib, tag’in pichagina pinakka ketib olar”. Ushbu parchaning o’zida domlaning xarakterini ochuvchi detallar qo’llangan. Uning “qorin domla” deb atlishi, “yettidan o’tib uyqudan turishi”, hojatxonani qirq minut band qilib o’tirishi”, “samovarchiga baqirishi”, “bir tovoq go’shtni quvurtirib nonushta qilishi”, “yana uyquga ketishi” kabi detallar birgalikda domlaning xarakterini konkret ravishda o’quvchi ko’z oldida gavdalantiradi.
Qissadagi yana bir qahramon Jalolning xarakterini ham portretik detallar orqali ko’rishimiz mumkin. Uning hamma dalaga ketgandan so’ng uyqudan turib, dalaga borishini muallif quyidagicha chizadi: “na yuz-qo’lini yuvish bor, na bir piyola choy ichish bor, yog’li paxmoq sochlari tikkaygancha yelkasiga etakni tashlab, sudralib egat boshiga jo’naydi. Bu oliftaga na Qorin domlaning, na boshqasining gapi o’tadi.
Domlalarni shunchalik odam o’rnida ko’rib atay paxtaga kelganiga xursand bo’lishimiz kerak emish, komissarning aytishicha”. Bu parchada Jalolning uyqudan turib “yuz-qo’lini yuvmasligi”, “paxmoq sochlari”, “unga hech kimning gapi o’tmasligi” kabi detallar uning xarakterini ko’rsatadi. Bu detallardan shuni bilishimiz mumkinki, Jalol odob doirasidan chetga chiqqan, tarbiyasi buzuq, ma`naviy saviyasi past bir bezori bola. Jalolning bezori va tarbiyasizligini uning ismiga “nashavand” so’zini qo’shib atashganidan ham bilsa bo’ladi, bu ham bo’lsa Jalolning xarakterini ko’rsatuvchi bir detal vazifasini o’taydi. Shunday qilib yuqorida keltirilgan detallar Jalol xarakterini to’laqonli va konkret ravishda jonli ochib beradi. “Inqilob kechasi” qissasida keltirilgan “kuygan bayroq” detali ham qahramonlar xarakterini konkret ravishda ochib berish bilan bir qatorda qissaning g’oyaviy maqsadini ham belgilaydi.
Bayram kuni bir uchi olovda kuydirib qo’yilgan bayroq hammani qo’rquv ostiga olib qo’yishi, individual umumlashma bo’lib, sho’ro hukumati odamlarni qanchalar qo’rquv ostiga ushlab turganligini bildiradi. Bayroqni bir uchigina kuyishi natijasida hamma sukutga cho’madi. Ularning sukutga cho’mishi shuni bildiradiki, ular mavjud hukumatni sevganligidan emas, balki mavjud hukumatdan qo’rqqanligidan ruhan ezilishadi. Bu narsa yuqoridagi fikrimizga yana bir bor isbot bo’ladi. Qissaning nomi ham bekorga “Inqilob kechasi” deb atalmagan, u ham shu bayroq kuygan bayram kechasini bildiradi.
Muallif birgina detal orqali sho’ro hukumati davri odamlarining ruhiy holatini, ularning ichki dunyosiga kirib borib, ularning intellektual olamini kitobxon ko’z o’ngida gavdalantirishga erishgan. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, detal muaayyan yuz berayotgan voqelikni umumlashtirish bilan birga badiiy asarda xarakterlarning ochilishida ham asosiy vazifani bajaradi. Detal orqali biz asarning mazmun - mohiyatini yana ham izchilroq tushunamiz, undan tashqari detal asarning estetik qiymatini oshirish bilan bir qatorda uning o’quvchi ongiga kirib borish ta’sirini kuchaytiradi.
Badiiy asarning qurilishi mayda detallardan boshlanadi. Shu mayda detallarsiz badiiy asarni qurib bo’lmaydi. Misol qilib aytadigan bo’lsak, katta imorat solish uchun har xil qurilish materiallaridan foydalaniladi, agar bu qurilish materiallari talabga javob bermasa, bu imoratning mustahkam chiqishi va uzoq umr ko’rishi amrimahol. Xuddi shu kabi badiiy asar ham mayda detallardan tashkil topadi, agar bu detallar mahorat bilan qo’llanilmas ekan, asar mazmun-mohiyati sayoz bir holatga kelib qoladi va bunday badiiy asarni uzoq umr ko’rishiga hech kim kafolat bermaydi. Shunday ekan, yozuvchidan xoh u moddiy detal, xoh ruhiy detal bo’lsin mahorat bilan qo’llash talab qilinadi.

XULOSA
Bugungi kunda o’zbek nasri, xususan, qissa janri milliy adabiyotimizda qanday o’rin tutmoqda? – degan haqli savolni o’rtaga tashlagan holda, biz maskur ishimizda bugungi kunda ijod qiloyotgan yozuvchilarimizning ayrimlarini ijodiga nazar solar ekanmiz, ularning yaratayotgan asarlariga ishimizning maqsadidan kelib chiqqan holda yondashdik. Bilamizki, har bir asarni tahlilga tortishda muallif bu asari orqali nima demoqchi bo’layotganini anglash uchun, avvalo, hayotga ijotkor ko’zi bilan qarash kerak, shundagina ijotkor yaratgan asari orqali nima demoqchi bo’layotgani, boshqacha qilib aytganda asarning mazmun-mohiyati, g’oyaviy-estetik maqsadini tushunib yetamiz.


Hozirgi o’zbek qissalarida yoritilayotgan qahramonlar xarakteri inson ong oqimiga chuqur tasir ko’rsatmoqda. Hayot hodisalarini badiiy yo’sinda adabiyotga olib kirish, uning inson tasavvur doirasini kenggaytirishga, estetik zavq berishga urinish bugungi kun nasrida o’z samarasini bermoqda. Qahramonlarning ruhiyatida kechayotgan konfliktlar o’quvchi ongiga sintezlashib boradi. Yozuvchi yaratayotgan xarakter, avvolo, uning estetik-idealini ko’rsatib turadi. Shu jarayonlar asosida badiiy asar o’zining to’laqonli vazifasini bajaradi. Yuqorida ko’rib o’tilgan qissalarning qahramonlari xarakteri mualliflarning dunyoqarishi va uslubini ko’rsatib turadi. Ularning ayrimlarida garchi kechagi kun hayoti aks etgani bilan provardi zamonamiz kishilari xarakteri va bugungi hayotimizda yuz berayotgan ziddiyatlar yotibdi.
Hayotimizda yuz berayotgan kamchiliklarni ko’rish uchun ijodkordan go’zal qalb egasi bo’lishlikni va sinchkov nigohga egalikni talab qilinadi. Taniqli o`zbek yozuvchisi O`tkir Hoshimov adabiyotlarning birida shunday deb yozadi. “… Odatda, har qanday yaxshi asar ikkita xolis, ammo beshafqat hakam sinovidan o`tadi. Biri – kitobxon sinovi, biri – vaqt sinovi”. Bunday katta sinovdan o’tish uchun badiiy asardan mukammal xarakter bilan kuchli konfliktga ega bo’lishlikni talab qilinadi. Xulosa qilib shuni aytib o’tmoqchimizki, hozirgi o’zbek qissalari zamon bilan hamnafaslikda rivojlanib, o’sib bormoqda, zero zamon taraqqiyotining har bir bosqichi adabiyotdan ayni davrga xos va uning talablariga to’la javob bera oladigan mavzular va xarakterlar yaratishni taqazo etgani kabi, bugungi kun adabiyotida ham bu narsa o’z isbotini topib bormoqda.
Yozuvchilar zamon talabidan kelib chiqqan holda inson ruhiy olamini teranlashtishga, tafakkurida ulug’vor fikrlar uyg’ontishga harakat qilmoqdalar. Hozirgi kunda yaratilayotgan har bir janrga nazar tashlasangiz, ularning oldiga qo’yilgan asosiy maqsadlardan biri sifatida zamon kishilarini ham aqlan, ham ruhan ulg’ayishiga xizmat qilayotganini ko’rasiz. Bugungi kun qissalari xoh u tarixiy mavzuda bo’lsin, xoh bugungi hayotimizning aksi, ya`ni biz yashab turgan zamonni aks ettirgan bo’lsin, ularning hammasida yuqoridagi fikrni isbotini ko’rishingiz mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI


1. I. A. Karimov. Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch. – T.: Ma`naviyat. 2008.
2. Sh. Mirziyoyev. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – T.: O’zbekiston, 2017.
3.I. Sulton. Adabiyot nazaryasi. – T.: O’qituvchi nashriyot – Matbaa ijodiy uyi, 2005.
4. T. Boboev. Adabiyotshunoslik asoslari. – T.: O’zbekiston, 2002.
5. D. Quronov. Adabiyotshunoslikka kirish. – T.: A. Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2004.
6. D. Quronov, Z. Mamajonov. M. Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lug’ati. – T.: Akademiknashr, 2013.
7. H. Umurov. Adabiyot nazaryasi. – T.: “Sharq” nashriyot – matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati, 2002.
8. H. Umurov. Adabiyot qoidalari. Akademik liseylar uchun qo’llanma. – T.: O’qutuvchi, 2002.
9. O’zbekiston Respublikasining Fanlar Akademiyasi. Adabiy turlar va janrlar (tarixi va nazaryasiga oid). Uch jiltlik, birinchi jilt. – T.: “Fan” nashriyoti, 1991.
10. D. Quronov. Cho’lpon nasri poetikasi. – T.: “Sharq” nashriyot – matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati, 2004.
11. A. Rashidov. O’zbek qissalarida mehnat tasviri. Monografiya. –T.: O’zbekiston SSR “FAN” nashriyoti, 1980. 54
12. Q. Yo’ldosh, M. Yo’ldosh. Badiiy tahlil asoslari. – T.: Kamalak, 2016

1 Karimov I. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. –T.: O’zbekiston, 1996. –B. 260.

2 I. Karimov. Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch. –T: “Ma`naviyat”. 2008. 140-b.

3 Quronov D, Mamajonov Z, Sheraliyeva M. Adabiyotshunoslik lug‘ati. Toshkent,2013.88-bet

4 A.Qodiriy.O‘tkan kunlar.Toshkent,2016.3-bet

5 Quronov D, Mamajonov Z, Sheraliyeva M. Adabiyotshunoslik lug‘ati. Toshkent,2013.88-bet

6 A.Qahhor.Asarlar.Toshkent.1987.328-bet

7 T.Boboev. Adabiyotshunoslik asoslari. -T: “O’zbekiston”. 2002. B 74

8 Adabiy turlar va janrlar. T: O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining “Fan” nashryoti. 1991-y. b ,76.

Download 65.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling