Reja: Kirish I bob. Boshlang’ich sinflardan matematikadan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishning nazariy asoslari
Download 43.98 Kb.
|
1-sinfda matematikadan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish metodikasi
Matematik ekskursiyalarning maqsadi- aniq hayotiy fakt va taassurotlarni talab qilish, bular o‘quvchilarni shu faktlar bilan turmushda uchrashtirish yo‘li bilan olinadi.
Boshlang‘ich sinflar o‘quvchilari bilan ekskursiyalar o‘tkazish muhim qiyinchiliklarga bog‘liq va o‘qituvchidan puxta tayyorlanishni talab qiladi: o‘qituvchi ekskursiya o‘tkaziladigan joyga oldin borib, ko‘rib kelishi ekskursovodga qanday formada tushuntirib berish haqida, ekskursiya vaqti haqida ko‘rsatmalar berishi kerak. Ekskursiya o‘tkazishdan maqsad nimaligi bolalarga tushunarli bo‘lishi nihoyatda muhimdir, shunday bo‘lganda bolalar oldindan nima qilishlari kerakligini va o‘zlarini qanday tutishlari kerakligini bilib oladilar. Xulosa Yosh avlodni hozirgi zamon fani bilan qurollantirish orqali ularning aqliy jihatdan maksimal darajada rivojlanishlariga erishish umumta‘lim –tayanch maktablar oldida turgan eng muhim vazifalardan biri ekan, bu vazifani hal etishda boshlang‘ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ishlarning ahamiyati kattadir. Boshlang‘ich sinflarda matematikadan o‘tkaziladigan sinfdan tashqariishlarning mazmuni dars mashg‘ulotlarida egallangan bilimlarni kengayirish va chuqurlashtirishda qaratilgan ekan. Boshlang‘ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari mashg‘ulotlar dars ashg‘ulotlarining mantiqiy davomi hisoblanar ekan. Boshlang‘ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ishlarni olib borishda o‘quvchilarning nutq madaniyatini va matematik tafakkurini shakllantirishga zamonaviy holda yondashish kerak deb hisoblaymiz. Ushbu kurs ishida biz boshlang‘ich sinfda matematikadan to‘garak mashg‘ulotlarini tashkil etish metodikasi, ya‘ni boshlang‘ich sinfda qiziqarli matematika to‘garagini tashkil etish bo‘yicha tavsiya, boshlang‘ich sinfda ajib hisob to‘garagini tashkil etish bo‘yicha tavsiya, boshlang‘ich sinfda sonlar olami to‘garagini tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar bayon etdik. Kurs ishning maqsadini boshlang‘ich sinfda matematikadan to‘garak mashg‘ulotlarini tashkil etish metodikasini ishlab chiqish deb olib quyidagi vazifalarni hal etdik: -boshlang‘ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ishlarni turlarini o‘rgandik; -boshlang‘ich sinfda matematikadan qiziqarli matematika, ajib hisob, sonlar olami to‘garagini tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqib, amaliyotga tadbiq etdik va yaxshi natijalarga erishdik. Xulosa qilib aytganda, umumta‘lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida matematikadan to‘garaklarni muntazam ravishda olib borish zarur deb hisoblaymiz va kurs ishida ishlab chiqilgan metodik tavsiyalardan bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari foydalanishlari mumkin. Download 43.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling