Reja kirish I bob Fel haqida tushuncha


Download 69.27 Kb.
bet5/22
Sana15.06.2023
Hajmi69.27 Kb.
#1486743
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Fellarda zamon ko\'chishi haqida malumot

Kompozitsiya usuli. Bu usul vositasida qo’shma va juft fe’l yasaladi.
Qo’shma fe’l. Qo’shma fe’l tarkibiga ko’ra ikkiga bo’linadi:
a) ismQfe’l;
b) fe’lQfe’l.
IsmQfe’l tipidagi fe’lni hosil qilishda yordamchi fe’l vazifasida [qilmoq], [etmoq], [aylamoq], [bo’lmoq], [bermoq], [olmoq], [topmoq], [emoq], [urmoq, [ko’rmoq, [kelmoq], [keltirmoq] kabi birlik keladi: [abgor qilmoq], [ado bo’lmoq], [ayyuhannos solmoq], [javob bermoq], [javob olmoq], [xalal bermoq], [xabar olmoq], [qiron solmoq], [tartibga keltirmoq], [oh urmoq], [tush ko’rmoq], [ qo’nim topmoq] kabi.
O’zbek tilida fe’lQfe’l tipidagi fe’l barmoq bilan sanarli: [sotib olmoq], [olib bormoq], [olib kelmoq], [olib chiqmoq], [olib qochmoq], [ishlab chiqarmoq] kabi.
Juft fe’l. Juft fe’l grammatik shakliga ko’ra ikki ko’rinishda bo’ladi:
a) biri ravishdosh, ikkinchisi boshqa shaklda: [aylanib-o’rgilmoq], [elib-yugurmoq], [yayrab-yashnamoq], [ o’ynab-kulmoq], [qo’llab-quvvatlamoq];
b) har ikki qismi bir xil shaklda: [aylanib-o’rgilib], [o’ylamay-netmay], [aralashib-quralashib], [achib-bijib], [tejab-tergab], [qisinib-qimtinib], [yuvib-tarab], [yayrab-yashnab].
Tilshunosligimizda fe’l ibora bilan qo’shma fe’l chegarasi aniq oydinlashtirilmagan.
Juft fe’llar tarkibiy qismining qo’llanishiga ko’ra quyidagi shakllarda bo’ladi:
1) qismlari yakka holda ishlatiladigan juft fe’llar:
a) qismlari o’zaro sinonim: [hormay-tolmay], [qo’llab-quvvatlamoq];
b) qismlari o’zaro antonim: [kelib-ketib], [o’lib-tirilib], kirib-chiqib], [o’tirib-turib];
v) qismlarining ma’nosi yaqin: [aylanib-o’rgilmoq], [eb-ichmoq], [o’ynab-kulmoq], [oshirib-toshirib], [yuvib-tarab].
2) ikkinchi qismi yakka (mustaqil) ishlatilmaydigan fe’l: [aldab-suldab], [yig’lab-siqtab], [yamab-yasqab], [qolgan-qutgan].

Fe’lning tasniflovchi grammatik kategoriyalari

Fe’l tasniflovchi kategoriyalari haqida umumiy ma’lumot. Fe’lning tasniflovchi kategoriyalari faqat shu turkumga xos grammatik shakllar sistemasi. Ular nisbat, o’zgalovchi, harakat tarzi, bo’lishli-bo’lishsizlik kategoriyalari. Fe’l kesimlik yoki nokesimlik vazifasida bo’lishidan qat’i nazar, ushbu shakldan birida bo’lishi shart. Ular fe’l leksemaning lug’aviy ma’nosini modifikatsiya qilish vazifasini bajaradi. Tasniflovchi shakllar orasida nisbat fe’l leksemani modifikatsiya qilish darajasi jihatidan boshqalaridan ustuvor. Shu boisdan nisbat fe’lni boshqa so’z turkumidan ajratib turuvchi asosiy morfologik belgi. O’zgalovchi, nisbatdan farqli o’laroq, fe’lning nokesimlik vazifasi uchun xoslangan. O’zgalovchi kategoriyasining umumlashgan grammatik ma’nosi – fe’lni kesim vazifasidan tashqarida boshqa, ya’ni hokim so’z bilan bog’lash vazifasini bajarishi.
Tarz ma’nosi fe’lda ifodalanishi ham, ifodalanmasligi ham mumkin. Masalan, (o’qidi) fe’lida u nol darajada bo’lsa, (o’qib chiqdi) so’zshaklida namoyon bo’lgan. Bo’lishli-bo’lishsizlik shakli haqida ham shunday fikrni aytish mumkin. Biroq bo’lishli-bo’lishsizlik shakli bilan kesimlik kategoriyasining tarkibiy qismi bo’lgan tasdiq-inkor kategoriyasini farqlash lozim. Tasdiq-inkor kesim vazifasida keluvchi barcha so’z uchun xos bo’lsa, bo’lishli-bo’lishsizlik kesimdan boshqa vazifadagi fe’lning barchasi uchun xos bo’lgan grammatik hodisa. Boshqacha aytganda, bo’lishli-bo’lishsizlik fe’lning nokesimlik, tasdiq-inkor esa barcha mustaqil so’zning kesimlik shaklidan biri.
Quyida ularning har biri alohida-alohida ko’rib o’tiladi.


Download 69.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling