To‘yga aloqador o‘zbek xalq maqollari.
To‘y leksemasi qatnashgan maqollar:
To‘yga borsang to‘yib bor,
Eski to‘ning kiyib bor.
To‘y siltovi bilan to‘y bitar.
Kengashli to‘y tarqamas.
Kelinning keldisi yaxshi,
To‘yning bo‘ldisi yaxshi
6. Qo‘y semizi— qo‘ychidan,
To‘y tamizi — to‘ychidan.
Kelin leksemasi qatnashgan maqollar.
1.Kelining yaxshi bo‘lsa – berdi Xudo,
Kelining yomon bo‘lsa- urdi Xudo.
2.Qizim , senga aytaman, kelinim, sen eshit.
3. O‘g’ling ahmoq bo‘lsa ham, kelining dono bo‘lsin.
Qaynona leksemasi qatnashgan maqollar.
1.Qaynonali kelin - qarqara kelin,
Qaynonasiz kelin – masxara kelin.
2.Qaynona qaynamasa kelin aynimaydi.
Qiz leksemasi qatnashgan maqollar:
1.Qiz chiqarganga qirq yil tegma.
2.Qizi borning nozi bor,
O‘g’li borning o‘rni bor.
3.Qizingni beshikka sol,
Sepini sandiqqa sol.
4.Onasini ko‘rib qizini ol.
5.Onasi maqatagan qizni olma,
Yangasi maqtagan qizdan qolma.
Sep leksemasi qatnashgan maqollar:
1.Kelinni kelganda ko‘r,
Sepini yoyganda ko‘r.
2.Epli kelin –sepli kelin.
3.Oltida solsang ortadi,
Yettida solsang yetadi. (Izoh: Bu maqolda sep leksemasi qatnashmagan bo‘lsa-da , sep ma’nosini ifodalagani uchun shu yerga kiritishni lozim topdik.)
Quda leksemasi qatnashgan maqollar:
1.Qudachilik– ming yilchilik.
To‘yga aloqador o‘zbek xalq iboralari
To‘y leksemasi qatnashgan iboralar:
1.To‘ydan oldin nog’ora qoqmoq
2.To‘yga yetkazsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |