Reja: Kirish I bob. Lingvokulturologiya fanining nazariy asoslari
Download 151.21 Kb.
|
Magistrlik dissertatsiyasi Zarnigor
- Bu sahifa navigatsiya:
- Guruch berish.
Oyoqbosar. Bu marosim kuyov kelinni ota uyidan olib ketayotganda o‘tkaziladi. Bunda kuyov yig’ilgan mehmonlar, ya’ni, qarindoshlar, kuyovjo‘ralar va kelinning dugonalari ko‘z ongida kelinning oyog‘ini bosadi. Bu udum birinchi bo‘lib oyoqni bosgan kishi oilada yetakchi bo‘ladi degan ma’noni anglatadi. Lekin ko‘p hollarda kelin kuyovga o‘z xohishi bilan oyog‘ini bostiradi. Bu uning dini va oilada ko‘rgan tarbiyasi ta’siri o‘laroq, erkakning o‘zidan bir pog‘ona yuqorida turishi va oilada erkakning yetakchiligini tan olishi bilan xarakterlanadi.
Guruch berish. Kuyov kelinni uyidan olib ketayotganda kelinning yaqin qarindoshlari bir kosada guruch va loviyani aralashtirib ularga beradi. Bu odat ikki yosh ko‘p farzandli bo‘lib, farovon yashashsin degan niyatda qilinadi. “Baxtli- saodatli bo‘linglar”; “Mana shu guruch va loviyaday o‘zlaringdan ko‘payinglar, o‘g‘il- qizli bo‘linglar”; “ Serdavlat va serfarzand bo‘linglar” singari iboralar bilan duo qilinadi. Yor- yor. Kelin kuyov xonadoniga olib ketilayotganda odatda doira jo‘rligida kelinni kuzatayotgan ayollar, Farg’ona vodiysi va Zarafshon vohasida esa yigitlar tomonidan ijro etiladi. Bu xalq qo‘shig’i ikkilik yoki to‘rtlik ko‘rinishidagi termalardan iborat va har bandning oxiri va o‘rtasida “yor-yor” so‘zlari qo‘shib aytiladi. “Yor–yor”ning turlari juda ko‘p. Ularda asosan kelinchakning fazilatlari hamda unga va uning yangi oilasiga go‘zal tilaklar kuylanadi. “Yor –yor”larning o‘ziga xos xususiyati shundaki, ularda bir vaqtning o‘zida ham mungli, ham bayramona shodllik kayfiyati hukm suradi.O‘zbek xalqining “yor - yor” qo‘shig’i tarixi juda uzoq o‘tmishga borib taqaladi. U qadim zamonlardan o‘zbek, tojik, uyg’ur va turkman xalqlari orasida keng tarqalgan. O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasida xalq yor- yorlari ta’sirida yozma adabiyotda ham “yor-yor”lar yaratilganligi ta’kidlangan.97 Alisher Navoiyning “Mezon ul - avzon”, Zahiriddin Muhammad Boburning “Mufassal” asarlarida ham “yor-yor” matnlari berilgan.98 Bundan ko‘rinadiki, “yor –yor” qo‘shig’i XVasrda ham bo‘lgan. Download 151.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling