Reja: Kirish I bob. Lingvokulturologiya fanining nazariy asoslari
Download 151.21 Kb.
|
Magistrlik dissertatsiyasi Zarnigor
- Bu sahifa navigatsiya:
- II bob. O‘ZBEK XALQI TO‘Y MAROSIMLARINING LINGVISTIK XUSUSIYATLARI 2.1. O‘zbekcha to‘y marosimlarini ifodalovchi leksemalarning lingvistik xususiyatlari
I bob yuzasidan xulosa
1.Lingvokulturologiya tilshunoslik va madaniyatshunoslik bilan chambarchas bog’liq bo‘lib, uning asosiy e’tibori tilda izohlanadigan madaniy dalillarga qaratiladi; 2. Moddiy madaniyat sivilizatsiyaga olib borsa, ma’naviy madaniyat inson qalbini farovonlashtiradi va oliy maqomga yetaklaydi.Lingvokulturologiya uchun esa moddiy madaniyatdan ko‘ra ma’naviy madaniyat masalasi muhimroqdir. Lingvokulturologiya ko‘proq odatlar, rasm –rusum,marosim, afsona, rivoyat, madaniy ramzlarni va shu kabilarni o‘rganadi. Bu tushunchalar ma’naviy madaniyatga tegishli bo‘lib, ular insoniyat turmushi davomida turli rasm-rusumlar ko‘rinishlarida tilda mustahkamlanadi. Ularni tadqiq etish lingvokulturologiya uchun material bo‘lib xizmat qiladi. 3. Jahon tilshunosligida olib borilgan tadqiqotlar va keltirilgan ilmiy fikrlar shuni anglatadiki, lingvokulturologiya tilni madaniyat fenomeni sifatida tadqiq etadi, ilmiy asoslaydi. Bunday ilmiy izlanishlar uchun umumiylik bu - o‘zaro chambarchas bog’langan til va madaniyatdir. 4. Bugungi kunda soha rivojida ilmiy izlanishlar va o‘quv qo‘llanmalarning o‘rni beqiyos. Birinchidan, ular o‘quvchiga lingvukulturologiya haqida ma’lumotlar beradi. Ikkinchidan,bu fanga qiziquvchilar, tilshunoslar va yosh tadqiqotchilarga ilmiy izlanishlar olib borishlarida dasturulamal bo‘lib xizmat qiladi va ilmiy asarlar yaratishlariga motivatsiya beradi. 5. O‘zbek tilshunosligida lingvokulturologiyaning mukammal talqinini yaratishda ilmiy tadqiqot yo‘nalishlarini yanada kengaytirish, ulardan amaliy maqsadlarda foydalanish o‘zbek tilining ahamiyatini oshirish, madaniyatlararo muloqotni shakllantirish va uni takomillashtirishga xizmat qiladi. II bob. O‘ZBEK XALQI TO‘Y MAROSIMLARINING LINGVISTIK XUSUSIYATLARI 2.1. O‘zbekcha to‘y marosimlarini ifodalovchi leksemalarning lingvistik xususiyatlari Ma’lumki, til har bir xalqning milliy o‘zligini namoyon qiluvchi, an’ana va urf –odatlarini aks ettiruvchi muhim omildir. Tilshunos N.Kurbanazarova o‘zining “Surxondaryo vohasi to‘y marosimi etnografizmlarining semantiktadqiqi va lingvomadaniy tadqiqi” deb nomlangan dissertatsiyasida quyidagilarni bildirib o‘tadi: “Bugungi kungacha tilshunos olimlar tomonidan yaratilgan ikki va ko‘p tilli lug‘atlar, shuningdek, izohli, etimologik va terminologik lug‘atlarning yuzaga kelganligi, o‘zbek tili shevalarining leksik, morfologik va fonetik xususiyatlarining atroflicha o‘rganilganligi, o‘zbek xalq shevalariga oid etnografik-dialektal leksikaning areal-hududiy xususiyatlarini mukammal talqin etib, ilmiy-nazariy va ilmiy-amaliy tahlil qilishga asosdir. Chunki, dialektal leksika tarkibida xalq, urug‘ va qabilalarning turmush tarzi ko‘rinishlarini ifodalovchi etnografik leksikaning o‘ziga xos o‘rni, mavqei, mohiyati va shu bilan birga ijtimoiy, tahlimiy-tarbiyaviy, ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati ham bor. Etnografik leksika kattta hajmdagi leksik birliklarni o‘zida jamlagan bo‘lib, faqat uning bir bo‘lagi – to‘y marosimlari etnografizmlari hisoblanadi”70. Muayyan xalqning turmush tarzi, urf-odatlari shu xalqning etnomadaniyatini tashkil qiladi. Hech bir millat madaniyatini uning urf-odat, an’ana va qadriyatlaridan ajratgan holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Tilshunoslikda etnografik tahlil uchun aksar hollarda xalq urf-odatlari, an’analariga tegishli tushuncha nomlari obyekt sifatida olinadi. Shu o‘rinda, qayd etish joizki, milliy xoslanganlikni ifodalovchi so‘zlar etnografizmlar deyiladi. Bu haqida N. Kurbanazarova shunday fikr bildiradi: “Bunday so‘zlar boshqa tillarda lakuna hisoblangani uchun, ular boshqa tilga o‘tganda ekzotik so‘z bo‘lib qoladi. Ekzotik so‘zlar ham milliy xoslanganlikni bildiradi. O‘zbek tilida do‘ppi, chopon, chimildiq, qalin, sochsiypatar kabi so‘zlar ham mavjudki, ular xalqning turmush tarzini, madaniyati, mentalitetini aks ettiruvchi va faqatgina shu xalqning o‘zigagina tegishli bo‘lgan moddiylikni ifodalovchi so‘zlar bo‘lib, ularning ma'lum qismi etnografizmlardan iborat bo‘ladi. Ekzotizmlarning qo‘llanilish ko‘lami turli xil. Ular nafaqat og‘zaki nutqda, she'riyat va badiiy asarlarda ham uchraydi. Bir qarashda umumiy xususiyatlariga ko‘ra etnografizm va ekzotizm bir-biriga juda o‘xshashdek. Ammo, etnografizmni ekzotizmdan keskin farqlab turadigan bitta asosiy farq bor: etnografizm boshqa tilga ko‘chib yursa ham, uning “begonaligi” sezilib turadi, ekzotizm esa xuddi ona tilida avvaldan mavjud bo‘lib kelgan so‘z singari o‘zining yot unsur ekanini deyarli sezdirmaydi. Masalan, rahmat, marhamat, assalomu alaykum, ofarin, balli (bale), astag‘firulloh singari so‘zlar nutqimizga singib ketgan. Ular urf-odatimizning ajralmas qismiga aylanib bo‘lgan, ularning yotligi ham bilinmaydi. Etnografizmlar esa o‘zga madaniyatga tegishli ekanini bildirib turadi”.71 O‘zbek tilshunosligida etnografizmlar tadqiqiga, asosan, XX asrning 70–80-yillarida kirishildi. Sobiq Ittifoq davrida xalq urf-odatlariga yetarli darajada e’tibor berilmasdan, ularning eskilik sarqiti deya baholanishi bu muammoga doir ilmiy tadqiqotlar doirasini ham cheklab qo‘ygan. Bu boradagi ilk tadqiqot ishlarini A.Jo‘raboyev72 va Z.Husainovalar73 amalga oshirdilar. A.Jo‘raboyev tadqiqotda xalqimizning xilma-xil ko‘rinishga ega urf-odati mavjudligi va ularning tilimizdagi nomlari hamda ularni o‘rganishning nazariy-amaliy ahamiyatini ko‘rsatib o‘tgan. Bundan tashqari, urf–odat, an’ana ifodalari bo‘lgan etnografizmlar Sh.Nurullayeva, Y.Bobojonov74 kabi tadqiqotchilarning ishlarida formal tadqiq usullarida keng o‘rganilgan. M.Qahhorova esa etnografizmlarni lison nutq musanniyati asosida sistemaviy tadqiq qilgan75. Turkiy tilshunoslikda etnografizmlar tadqiqiga M. I. Byatushgova, A. K. Apoyev kabilarning ilmiy izlanishlari ham katta hissa bo‘lib qo‘shildi.76 Etnografizmlarni monografik planda tadqiq etish lingvistik birliklarning o‘zaro munosabatini ochishga, ularni maydon sifatida o‘rganishga qulay imkon yaratadi. O‘zbek tilidagi rasm-rusumlar bilan bog‘liq tushunchalarning nomlarini sistemaviy asosda maxsus o‘rganish ehtiyojidan kelib chiqib, turli urf-odatlar, marosimlar bilan bog‘liq tushunchalarni muayyan mikromaydonga birlashtirish va ularni semik jihatdan tahlil etish o‘ziga xos ahamiyatga ega. Etnografizmlarning ichki tuzulishi va tuzilish birliklari o‘rtasidagi xilma-xil munosabatlarni ochish ham hozirgi o‘zbek tilshunosligi uchun katta ahamiyatga ega. Etnolog olimlarning qayd etishicha, kishilar doimiy ravishda o‘zligini anglashga, an’anaviy turmush tarzi, urf-odat va ma’naviyatini tushunib olishga ehtiyoj sezgan. Bu ehtiyoj natijasida turli sohalar, fanlar vujudga kelgan. Lingvistikaning maxsus sohasi bo‘lgan etnolingvistikaning maydonga kelishida ham rasm-rusumlari, urf-odatlari, an’analari bilan bir-biridan farqlanuvchi xalqlar va ularning tillari asos bo‘lgan. Chunki avval har qanday etnik omil tilda o‘z ifodasini topadi. Til muayyan tilda so‘zlashuvchilarning turmush tarzini, ma’naviyatini, urf-odatlarini ifodalovchi vositadir. Chunonchi, har bir tilda shu tilda muloqot qiluvchilarning etnografik olamini ifodalovchi maxsus so‘zlar bo‘lib, ular etnografik leksikani tashkil qiladi.77 Bugungi kunda to‘y marosimlariga oid leksik birliklarni tilshunoslik prizmasi orqali tadqiq etish tilshunoslikdagi qator yangi sohalar, xususan, lingvokulturologiya taraqqiyoti uchun muhim manba sanaladi. Sababi, milliy qadriyat va urf –odatlar tizimidagi leksik birliklar va shevalar tilning ichki boyish manbasini o‘zida namoyon etadi. Shuningdek, ularni o‘rganish bugungi globallashuv davrida o‘zlashayotgan qatlam birliklariga o‘z tilimizdan munosib muqobil variantni topish imkonini vujudga keltiradi. Shuningdek, V.Gumboldt targ’ib etgan tilning ichki formasi tushunchasini milliy marosimlarda bo‘y ko‘rsatuvchi iboralar, maqollar, matallar singari til birliklarini tadqiq qilish orqali oydinlashtirish va keng ommaga tanitish mumkin. Bugungi kunga kelib marosimlarni o‘rganish turli soha vakillarini, jumladan, tilshunoslar, adabiyotshunoslar, tarixchilar, musiqachilarni o‘ziga jalb qilmoqda. Xususan, o‘zbek tilshunosligida ham to‘y marosimlariga aloqador masalalar yuzasidan talay ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilgan.78 Tilshunos M.Qahhorova o‘zbek etnografizmlarining sistemaviy tadqiqi bo‘yicha kuzatishlar olib borgan bo‘lib, yurtimizda bu sohada qator ilmiy izlanishlar qilinganini ta’kidlaydi.79 Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi millat va xalqlarning etnografiyasini o‘rganishga bag’ishlangan qator tadqiqotlar ham yaratilgan.80 Adabiyotshunos B.Sarimsoqov marosimlarni mavzu va vazifa jihatidan to‘rt guruhga bo‘lgan: “Birinchi guruh – leksemaning magik qudratiga asoslanuvchi marosimlar: kinna, badik (gulafsho), burey – burey, avrash, olqish va qarg‘ishlar va boshqalar. Ikkinchi guruh – bolalarning beshikdagi davri marosimi: chilla, uyqu qochirish, beshikka solish. Uchinchi guruh – to‘y marosimlari: jar, yor-yor, o‘lan, lapar, kelin salom, kuyov salom, to‘y olqishlari, oyna ko‘rsatar kabilar. To‘rtinchi guruh – motam marosimi: yig‘i-yo‘qlovlar va motam yor-yorlari va boshqalar.”81 Hozirgi zamon to‘y marosimlari nomlari bilan bog‘liq tadqiqotlar A.Jo‘raboyev, Sh.Nurillayeva, H.Ismoilov, O.Bo‘riyev, Z.H.Orifxonova, M.Qaxarovalar tomonidan amalga oshirilgan.82 Sho‘rolar davrida nikoh to‘yi marosimlarida yangi urf-odatlarning paydo bo‘lishi O.A.Suxareva, M.A.Bikjanova, N.P.Lobachyova, L.F.Monogarova, T.X.Toshboyeva va M.B.Savurovlarning ilmiy ishlarida o‘z aksini topgan.83 Tadqiqotchi Z.Alimova ham o‘z ilmiy ishida forscha-tojikcha to‘y marosimlari haqida to‘xtalib o‘tgan.84 A.Jo‘raboyev Andijon guruh shevalari materiallari asosida to‘y marosimlari nomlarini ifodalovchi so‘zlarni tahlil qilar ekan, tilshunoslikning muhim nazariy va amaliy masalalarini ochib berishda etnografik terminologiyaning muhim o‘rni borligini qayd etadi.85 Dissertant to‘y marosimlari nomlari, ularning qo‘llanilishi va ma’nolari xususida fikr yuritar ekan, 120 ta xatna, 130 dan ziyod nikoh to‘yi bilan bog‘liq bo‘lgan nomlarni o‘zbek tilining boshqa shevalari bilan qardosh turkiy, tojik va boshqa tillar bilan solishtirib, qiyoslab o‘rganishga harakat qilgan.86 Marosim – an’anaviy urf- odatlar munosabati bilan o‘tkaziladigan yig’in bo‘lib, insoniyat turmush tarzining asosini tashkil etadi. Marosimlar insoniyat turmush jarayonida paydo bo‘lib rivojlanadi. Ular o‘zida har bir xalqning qadriyatlari hamda millliy o‘zligini namoyon etadi. O‘zbek adabiyotining zabardast vakili- yozuvchi Tog’ay Murod ta’biri bilan aytganda: “Xalq nimasi bilan xalq! O‘zining urf –odatlari bilan xalq! Ota –bobosidan qolgan milliy an’analari bilan xalq!’’87 Urf- odat va marosimlar har bir xalq uchun ajdodlaridan qolgan bebaho merosdirki, ular bilan jahon madaniyatida o‘ziga xos o‘rin egallaydi. To‘y dunyo xalqlari tomonidan nishonlanadigan eng mashhur va yoqimli marosim sanaladi. Bu marosim ichida ko‘plab milliy urf-odatlar o‘tkaziladi va ularni o‘tkazish jarayonida juda ko‘p o‘ziga xos leksemalardan foydalaniladi. Ular juda qadim zamonlardan buyon to bizning asrimizgacha turli o‘zgarish va rivojlanish bosqichlaridan o‘tib kelgan. Quyida o‘zbek xalqi to‘y marosimlari va ularga aloqador bo‘lgan lingvokulturologik birliklar to‘g’risida so‘z yuritamiz. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da to‘y leksemasiga shunday izoh berilgan: To‘y – Ko‘pincha bazm-tomoshalar bilan ziyofat berib o‘tkaziladigan ba'zi marosimlarning umumiy nomi. 1. Qudalar o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq kuyov tomondan qiz tomonga beriladigan pul, sarpo-suruq, masalliq va shu kabilar majmui. 2. Biror voqea-hodisaga bag‘ishlab ziyofat va o‘yin- kulgilar bilan o‘tkaziladigan tantanalar.88 O‘zbek tilshunosligida to‘y mavzusi bo‘yicha ilk ilmiy izlanishlar olib borgan tadqiqotchi A. Jo‘raboyev to‘y leksemasi haqida shunday fikrlarni keltirgan: “Bu so‘z aslida “to‘ymoq” ma'nosini anglatuvchi tod>toz>doi>doj ning eng so‘nggi fonetik varianti hisoblanadi. M.Qoshg‘ariyning “Devon”ida “todundi, tozdi” so‘zlarining ma'nosi “to‘yindi, to‘ydi” tarzida izohlanadi. Agar birinchi so‘zdan -un /o‘zlik darajasining qo‘shimchasi/, di ikkinchi so‘zda ham -di /aniq o‘tgan zamonni hosil qiluvchi affiks olib tashlansa, fe'lning buyruq maylidagi tod va toz so‘zlari qoladi. Binobarin, bu so‘zlar hozirgi to‘y so‘zining dastlabki formasi ekanligiga hech shubha qolmaydi”.89 Sh.Nurillaeva ham to‘y leksemasining “to‘ymoq” fe'lidan hosil bo‘lganini haqidagi fikrni qo‘llab –quvvatlaydi.90 Bizning fikrimizcha ham, xuddi mana shu izoh to‘y leksemasining qay tariqa paydo bo‘lgani va qanday asosdan shakllangani to‘g’risidagi eng aniq ma’lumotdir. To‘y har bir xalq madaniyatida o‘ziga xos tarzda nishonlanadi va turli xalqlar tomonidan bir-biriga o‘xshash bo‘lmagan urf-odatlar, ramzlar va so‘zlar orqali ifoda etiladi. To‘y – o‘zbek tilida faqatgina ijobiy ma’noda qo‘llaniladigan leksema bo‘lib, uning barcha ko‘rinishlari, xususan, “tug‘ilish to‘yi”, “beshik to‘yi”, “chilla to‘yi”, “sunnat to‘yi”, “muchal to‘yi”, “nikoh to‘yi”, “payg‘ambar to‘y”, “hoji to‘y”, “uy to‘y”, “moshina to‘y” kabilar xursandchilik bilan elga osh berib, o‘yin-kulgu, to‘kin-sochinlik bilan nishonlanadi.91 Yuqorida nomlari sanab o‘tilgan to‘y marosimlari orasida nikoh to‘yi alohida ahamiyat kasb etadi. Zero, oila deb ataluvchi muqaddas qo‘rg’onning debochasi nikoh to‘yi orqali qo‘yiladi va bu xalqlarning o‘ziga xos qadriyatlari, urf- odatlarini o‘z ichiga oladi. Tadqiqotchi B.Sarimsoqov Janubiy Surxondaryo viloyati etnografiyasi bo‘yicha olib borgan tadqiqotlarida o‘zbek nikoh to‘ylari uch bosqichda amalga oshishini ta’kidlagan: “Birinchi bosqich – kelin tanlash, unga sovchi yuborish, non sindirish, fotiha qilish kabi marosimlar; ikkinchi bosqich: kelinni kuyovning uyiga olib kelish, nikohlash, to‘y-tomoshani o‘tkazish; uchinchi bosqich: nikoh to‘yidan so‘ng o‘tadigan “yuz ochdi”, “kelin salom”, “kuyov chaqirdi” kabilardan iborat.92 Tadqiqot mavzusini o‘rganar ekanmiz, to‘plangan ma’lumotlar asosida nikoh to‘yida o‘tkaziladigan marosimlarni ifodalovchi leksemalarni uch guruhga bo‘lishimiz mumkin: To‘y arafasidagi urf-odatlarni ifodalovchi leksemalar: sovchilik, oq kiydi, sepberdi, sarpoyig’ar, ko‘rpahashar, fotiha to‘yi, unashtirish, qizbazmi. Kuyov tomonidan amalga oshiriladigan urf- odatlarni ifodalovchi leksemalar: kuyov o‘tirmadi, to‘nkiygizar, tovoqhaqi, kuyovqamar; Куёв xonadonida bo‘ladigan urf-odatlarni ifodalovchi leksemalar: yuzochdi, yuzko‘rdi, yuzochar, betochar, surpayoyar,unelatar, bolyalatar, moy tomizar,quyruqkesar, otako‘rdi, uchkunlik, kelinsalom. Bunday marosimlar O‘zbekistonnning turli hududlarida o‘ziga xos leksema yoki ijroga ega bo‘lib, ular xalq og’zaki ijodining namunalaridan tashkil topgandir. Nikoh to‘yining boshidan oxirigacha folklor janrining turli ko‘rinishlaridan foydalaniladi. Xususan, duo, maslahat, qo‘shiq, maqol va naqllar shular jumlasidandir. Demak,to‘y marosimlari xalq og’zaki ijod asosidagi etnografik leksemalar ishtirok etgan materiallarni qamrab oladi. Ulardan to‘y qilayotgan ikki xonadon va to‘yda qatnashayotganlar foydalansa, to‘y qo‘shiqlarini odatda kuyov xonadoni ijro etadi. Download 151.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling