MUNDARIJA
Kirish………………………………………………………………………..4
I.BOB.BUYUMLARNI TEXNOLOGIK JIHOZLARGA YUKLASH, MAHKAMLASH VA OLISH JARAYONLARI………………………...5
Maqsadli mexanizmlar tasnifi…………………………………………….5
Ta`minlash mexanizmlari…………………………………………………7
Qadamli transporterlar……………………………………………………9
I bob bo’yicha xulosa………………………………………………………9
AVTOMATIK YUKLASH QURILMALARINI TURIGA, KONSTRUKTIV TUZILISHIGA VA ISH SIKLINING VAQTIGA QARAB SINFLASH……………………………………………………...10
Avtomatik liniyani transport tizimlari tasnifi…………………………..10
Sinxronlashtirilgan majburiy transport tizimlari...................................14
Transport tizimlarining tasnifi…………………………………………..17
II bob bo’yicha xulosa……………………………………………………20
Xulosa……………………………………………………………………..21
Foydalanilgan adaniyotlar ro’yxati……………………………………..22
Mavzu yuzasidan rasmlar……………………………………………….23
KIRISH
Yangi sanoat korxonalarini yaratish va amaldagilarini zamon talablari darajasiga keltirish ishlab chiqish jarayonlarini avtomatlashtirishni ham qamrab olib, u mehnat unumdorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash, sarf-harajatlar miqdorini kamaytirish, ishlab chiqarish sharoitlarini talab darajasiga keltirish kabi ijobiy samaralarga olib keladi. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish to`xtovsiz rivojlanib, u fan-texnikaning ko`pchilik sohalari bilan bevosita bog‘langandir.
Moddiy ne`matlarni ishlab chiqarishda yangi texnologiyalarni qo`llash, ma`naviy eskirganlarini yangilash va amaldagi avtomatika vositalarini yanada zamonaviy hamda takomillashganlari bilan almashtirish uzluksiz davom etadigan jarayondir. Har qanday avtomatlashtirish sistemalarining hayotiy tsiklini shartli tarzda to`rt bosqichga ajratish mumkin, bular: loyihalash, montaj qilish, sozlash ishlari va foydalanish (ekspluatatsiya) bosqichlaridir. Ushbu fanda asosan avtomatlashtirish sistemalarini loyihalash bosqichi o`zlashtiriladi. Bu fanni o`rganish natijasida talabalar quyidagilarni bilishlari kerak: me`yoriy, standart va ko`rsatma hujjatlar tarkibi bilan avtomatlashtirish sistemalari loyiha hujjatlarining mazmuni bilan loyihalash uchun zarur bo`lgan topshiriqlarni tuzish ishchi va texnik loyihalash bosqichlarida hisoblash ishlari texnologik jarayonlarning avtomatlashtirish darajasini oshirish va uni baholash
Do'stlaringiz bilan baham: |