Tizimlari Transport tizimlarining tasnifi II bob bo’yicha xulosa Xulosa Foydalanilgan adaniyotlar ro’yxati Mavzu yuzasidan rasmlar kirish
Download 0.72 Mb.
|
1 KURS ISHI ABS
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining vazifalari.
Masalaning dolzarbligi
Hozirgi kunda buyumlarni texnologik jihozlarga o`rnatish ko’p mehnat va vaqtni talab etmoqda. Bunga ketadigan vaqtni tejash va mehantni kamaytirish uchun biz avtomatlastirish sohasiga murojaat qilamiz. Kurs ishining maqsadi. Ushbu kurs ishi loyihasini tashkil etishda buyumlarni yuklash , o’rnatish va olishda yuzaga kelayotgan muammo va kamchililarni bartaraf etish, avtomatlashtirish ishlarini to’g’ri tashkil qilish va hayotga tatbiq etishdan iborat. Kurs ishining vazifalari. Tizimni amalga oshirishda tezkorlikni ta’minlash orqali ularning vaqtlarini tejash, qolaversa, ketayotgan og’ir mehnat sarfini kamaytirish maqsad qilib olingan. I.BOB.BUYUMLARNI TEXNOLOGIK JIHOZLARGA YUKLASH, MAHKAMLASH VA OLISH ISHLARINI AVTOMATLASHTIRISH 1.1.Maqsadli mexanizmlar tasnifi Mashinasozlikda ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishdan asosiy maqsad – odam mehnatini engillashtiradigan turli jihozlar, uskunalar, moslamalar va qurilmalar yaratishdir. Bunda odamning vazifasi jihozlar, moslama va qurilmalarni boshqarish, tekshirish, sozlashdan iborat bo’ladi. Mashinasozlik korxonalarida ishlab chiqarish jarayonlari avtomatlashtirilganda boshqarish va tekshirish ishlarini maxsus mexanizmlar, qurilmalar va priborlar bajaradi, ya’ni avtomatika elementlaridan keng foydalaniladi. Xozirgi zamon mashinasozlik texnologik jarayonlaridagi boshqariladigan va tekshiriladigan parametrlarning juda ko’pligi bilan o’ziga xos talablarni keltirib chiqaradi. Bundagi jarayonlarni boshqarish uchun ko’p elementlardan to’zi lgan boshqarish va tekshirishning murakkab sistemalari yaratishni taqozo etadi. Texnologik jarayonlarning har bir elementini bajarish uchun ma’lum maqsadga mo’ljallangan (maqsadli) mexanizmlar hizmat qiladi. Bunday mexanizmlar ishini vaqt va makon bo’yicha bir biriga muvofiqlashtirish texnologik jarayonning avtomatlashtirilishini ta’minlashga, ya’ni kompleks avtomatlashtirishga zamin yaratishga imkon beradi. Buyumlarni texnologik jihozlarga yuklash, mahkamlash va olish ishlarini avtomatlashtirish uchun maqsadli mexanizmlardan keng maqsadda foydalanib kelinmoqda. Maqsadli mexanizmlarning ko’p tiplari mavjud. Maqsadli mexanizmlar amalda ikkita katta gruppaga: ish yurishini amalga oshiradigan (ya’ni detal ishlashdagi bevosita operatsiyalarni bajaruvchi) mexanizmlar va salt yurish qiladigan (ish yurishi qilishga tayyorlaydigan) mexanizmlarga bo’linadi. «Ish yurishi maqsadli mexanizmi» terminini aynan tushunish yaramaydi. Ba’zan bu mexanizmlar harakatlanganda ish bajarmasligi ham mumkin, biroq ularning asosiy vazifasi ishlov berish, tekshirish, yig’ish texnologik operatsiyalarini bajarishdan iborat. Ish yurish maqsadli mexanizmlari (supportlar, shpindellar, kuch kallaqlari va boshqalar) maxsus kurslarda ko’rib chiqilgan. Oddiy mashinani yarim-avtomat yoki avtomat mashinaga aylantirishga imkon beruvchi maqsadli mexanizmlarning ayrim tiplarini misol tariqasida ko’rib o’tamiz. Ularga, birinchi navbatda, ta’minlash mexanizmlari, sezgir elementlar, oraliq va ijrochi mexanizmlar kiradi. Ushbu usulda detallarni transportirovka qilinishi fazoda, tekislikda, lotoklarda bo’lishi mumkin. Fazoda harakatlantirish uchun maxsus qamrovchi qurilmalar, inersiya kuchi, suyuqlik, havo va boshqalar. Lotoklarda va tekistlikda mahsulotlarni harakatga keltirishda qamrovchi va itaruvchi moslamalardan foydalaniladi. Gravitasiya va itaruvchi usullarda detallarni transportirovka qilishda sirpanish, tebranish va qurilmalarning qandaydir ko’tarib uzatuvchi qismida uzuliksiz va uzulikli, donalab yoki gruppalab harakatlanishi mumkin. Bu xamma usullar kerak bo’lgan holatda bir-birini to’ldirishi mumkin. Bu o’z navbatida transportirovka usullarini moslanuvchanlik darajasini oshirish imkonini beradi. Har qanday transport to’plagich tizimi quyidagi qurilmalarni o’z ichiga oladi: 1) ko’targich, 2) transportyor tarqatuvchi, 3) qaytaruvchi qurilma, 4) lotokli tizim, 5) magazin-to’plagich; shu bilan birga ayrim qurilmalar boshqalar bajaradigan ishni ma’lum bir qismini yoki barchasini bajarishi mumkin. Har qanday qurilmalar o’zida ko’p mexanizmlardan va qurilmalardan tashkil topgan bo’ladi. Bular qatoriga: detallarni qabul qilish va chiqarish, ajratib oluvchi, orientasiya qiluvchi, va boshqalar ko’taruvchi qurilmalar detallarni yuqoriga ko’tarib o’z og’irligi bilan sirpanib transport tizimlariga va avtomatik liniya dastgohlariga uzatiladi. Ishlab chiqarish korxonalarida ikki turdagi zanjirli va itargichli ko’targichlardan ko’p foydalaniladi. Transportyor-taqsimlagichlar detallarni uzatish va tarmoqlardagi parallel ishlayotgan dastgohlarga ajratish uchun hizmat qiladi. Transpartyor- taqsimlagichlar o’zlarining asosiy funksiyalaridan tashqari katta bo’lmagan to’plagichlar vazifasini ham bajaradi. Transportyor-taqsimlagichlar va qayta olib ketuvchi transporterlar bir- biridan ko’tarib olib ketuvchilarning turlari bilan ajralib turadi: lentali, zanjirli va lotokli. Transportyorlar ishlov beruvchi dastgohlar ishchi zonasidan pastda, pol tagida, polda va polga nisbatan biroz yuqorida o’rnatiladi. Moslanuvchan avtomatik liniya’ning transport tizimlarida xalqalarni bir texnologik jarayon bajarilayotgan joydan boshqasida yetkazib berishda lotoklardan foydalaniladi. Ular yordamida xalqalarni bir transport tizimidan boshqasiga, dastgohlardan olib chiquvchi transportyorlarga uzatiladi. Lotoklar oddiy transport qurilmasi hisoblanadi va detallarni harakatlanishi tebranish va sirpanish yordamida bajariladi. Tizimdagi to’plagichlar asosan jarayonlararo detallarni to’plash va ularni ishlayotgan uchastkalarga yoki dastgohlarga uzatish vazifasini bajaradi. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling