Reja: Kirish I bob. Lingvokulturologiya fanining nazariy asoslari


Crossing the baby’s palm with silver


Download 151.21 Kb.
bet28/31
Sana09.06.2023
Hajmi151.21 Kb.
#1471575
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
Magistrlik dissertatsiyasi Zarnigor

Crossing the baby’s palm with silver. Tug‘ilgan chaqaloqning qo‘liga kumush tanga ushlatish an’anasi uzoq o‘tmishga ega va qanchalik g‘alati ko‘rinmasin bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Go‘dakka kumush tanga sovg‘a qilish orqali unga boylik va salomatlik tilanadi.175
Shuningdek, royal.mint saytida qayd etilishicha, agar chaqaloq kumush tangani qo‘lida mahkam ushlab olsa, u kelajakda tejamkor inson bo‘ladi. Agar tangani tushirib yuborsa, pul borasida mulohazasiz bo‘lar ekan. 176
Ingliz xalqida chaqaloqqa kumush tanga berish an’anasi Silvering the baby deb ham yuritiladi. O‘zbek tilida bu ibora “chaqaloqni kumushlash” degan ma’noni anglatadi. Shuningdek, Angliyaning ba’zi hududlarida, xususan shimoliy –sharqida bu an’ana hanselling deb ham ataladi177.
Cutting hair and nails. Chaqaloq bir yoshga kirguncha uning soch va tirnoqlari olinmaydi. Lekin tirnoqlarini tishlab olib qo‘yish mumkin178. Quyidagi ibora ham bu qoidaning zamirida paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkin:
Cut not its nails until a year
Has gone ; then, mother, have no fear.179
O‘zbek tilidagi ma’nosi:
Bir yil o‘tgunicha uning tirnoqlarini olma,
Keyin qo‘rqma, ona.”
Shu o‘rinda yana bir an’anani qayd etib ketishni lozim topdik: Chaqaloq biroz ulg‘ayib , sut tishlari tusha boshlaganda :
Good tooth- bad tooth –God, send me another good tooth, – iborasini aytib tushgan tish olovga uloqtiriladi180. Bu iboraning o‘zbek tilidagi ma’nosi:
Yaxshi tish – yomon tish-Xudo, menga boshqa yaxshi tish yubor”.
H. Marshallga ko‘ra , bolaning tushgan birinchi tishi unga chaqaloqligida sovg‘a qilingan kumush qutichaga solib qo‘yiladi.181
Erkalatishlar. Barcha xalqlarda bolalarni turli nomlar bilan suyib, erkalashadi. Bu bilan kattalar bolajonlarga cheksiz mehrlarini ko‘rsatib, o‘z ko‘ngillarini ham shod etadilar. Ingliz xalqi ham bundan mustasno emas. O‘g‘il bola chaqaloqni erkalatish uchun odatda quyidagi so‘zlardan foydalaniladi: 182
Angel – farishta;
Baby – chaqaloq;
Bean- loviya, no‘xat,
Bud- g‘uncha, kurtak;
Buddy- og‘ayni, oshna,jo‘ra;
Baby boy – chaqaloq bola;
Bambino, Bubba.
Qiz bola chaqaloqni erkalatish uchun esa quyidagi so‘zlardan foydalaniladi:183
Angel –farishta;
Baby girl- chaqaloq qiz;
Chick –jo‘ja;
Booboo, Birdie, Bubs, Bubba, Baby Cakes.

Download 151.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling