Bolalarni operatsiyadan keyin parvarish qilish
Download 38.17 Kb.
|
BOLALARNI OPERATSIYADAN KEYIN PARVARISH QILISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gipertermiya.
BOLALARNI OPERATSIYADAN KEYIN PARVARISH QILISH Kichikroq, ayniqsa, mahalliy anesteziya orqali o‘tkazilgan operatsiyalardan so‘ng bemorni umumiy palataga yotqizish mumkin. Chaqaloq bola onasiga beriladi. Katta operatsiyalardan so‘ng bola reanimatsiya tadbirlari o‘tkazish imkonini beradigan apparatlar bilan jihozlangan operatsiyadan keyingi maxsus pa- lataga yotqiziladi. Bolalar sovuqqa chidamsiz bo‘ladi, shunga ko‘ra operatsiya xonasida ham, operatsiyadan keyingi palatada ham havo harorati 20—22°C bo‘lishi kerak. Oy-kuniga yetmay tug‘ilgan va chaqaloq bolalarga maxsus palatalar ajratish zarur, ularda harorat 22—26°C atrofida saqlanishi kerak. Havo harorati 34—37°C bo‘lgan ochiq yoki yopiq kyuvezlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Narkoz berib bajariladigan operatsiyadan so‘ng dastlabki soatlarda bolani chalqancha yotqizish tavsiya etiladi. Kollaps ro‘y berishi ehtimoli borligidan gavdaning yuqori qismini birdaniga ko‘tarishdan ehtiyot bo‘lish va boshni yon tomonga burish kerak. Qusishdan so‘ng og‘izni paxta tampon bilan artish lozim. Operatsiyadan keyingi kuni gavdaning yuqori qismini 30°C li burchakka ko‘tariladi. Parvarish xususiyatlari operatsiyaning tu- riga va og‘ir-yengilligiga bog‘liq. Yurak, shox tomirlar, o‘pka, qizilo‘ngachdagi operatsiyalardan so‘ng bolalar reanimatsiya pa- latasida dastlabki 1—2 kun shifokorlik posti tashkil qilinadi. Bemorga qo‘yilgan bog‘lamni doimo tekshirib borish zarur. Oraliq va qorinning pastki sohasidagi jarohatda nam o‘tkazmay- digan materiallar, jumladan kleyonka, polixlorvinil parda va boshqalardan keng foydalanib, alohida ehtiyot choralarini ko‘rish lozim. Bolalar ulardan tezroq qutulishga urinib, ba’zan uni olib tashlashlari mumkin. Shuning uchun drenaj naychalar va doimiy kateterlarni, ayniqsa, diqqat bilan kuzatib borish zarur. Og‘riqni yo‘qotish uchun barbituratlar buyuriladi, bular ayni vaqtda bolalarni tinchlantiradi va uyqusini yaxshilaydi. Narkotik dori-darmonlar esa juda zarur holatlardagina qo‘llaniladi. Mahalliy anesteziya orqali o‘tkazilgan operatsiyalardan keyin turiga qarab shifokor maslahati bo‘yicha oz miqdorda qoshiqlab suv yoki shirin choy ichirishga ruxsat etiladi. Umumiy narkozdan so‘ng va bemor qusmayotgan bo‘lsa, 4—6 soatdan keyin suv ichirish mumkin. Bemorga operatsiyadan 6—8 soat o‘tgach ovqat bera boshlanadi. Ovqatning tarkibi va miqdori bolaning yoshiga, kasallikning va operatsiyaning turiga bog‘liq. Suv-tuz va oqsil almashinuvini tiklash, yetarli miqdorda vitaminlar bilan ta’minlashning ahamiyati juda katta. Yel chiqishi uchun bir necha kun surunkasiga to‘g‘ri ichakka gaz haydovchi naycha qo‘yiladi. Ayniqsa, bu kichik yoshdagi bolalarda ko‘p qo‘llaniladi. Har qanday og‘ir operatsiyalardan keyin, ayniqsa, ko‘krakdagi operatsiyalardan so‘ng kislorod qo‘l- lash zarur bo‘ladi. Gipertermiya. Bolalar yoshining ahamiyati shundaki, yosh bolalarda, hatto, kichikroq operatsiyalardan keyin harorat 40— 41°C gacha ko‘tarilib ketishi mumkin. Gipertermiyaning bir necha turi farq qilinadi. Bularga, konstitutsional jismoniy hara- katdan keyingi tashnalik isitmasi, serebral, davriy isitma, infeksiya isitmasi va boshqalar kiradi. Download 38.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling