Bolalarni operatsiyadan keyin parvarish qilish


Rangpar gipertermiya sindromi


Download 38.17 Kb.
bet2/11
Sana20.06.2023
Hajmi38.17 Kb.
#1634608
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
BOLALARNI OPERATSIYADAN KEYIN PARVARISH QILISH

Rangpar gipertermiya sindromi (Ombredan sindromi), ay­niqsa, xavfli. Operatsiyadan, hatto, kichik operatsiyalardan so‘ng bir necha soat o‘tgach, og‘riqsizlantirishning turidan qat’i nazar, harorat 40—41°C gacha ko‘tarilishi mumkin. Bunda yuz oqarib ketadi, keskin kollaps ro‘y berib, bolani o‘limga duchor qiladi. Davosi boshga, jigar sohasiga, son tomirlariga va buyraklarga muzli xaltacha qo‘yishdan iborat. Uy haroratidagi suv bilan to‘g‘ri ichak asta-sekin takror yuviladi, ventilator bilan sovitiladi. Ve­naga 5% li sovitilgan glukoza eritmasi, mushaklar orasiga bemor­ning har 1 yoshiga 0,1 ml hisobida 50% li analgin eritmasi 1% shuncha miqdordagi dimedrol eritmasi bilan birga yuboriladi.
Talvasa tutishi. Talvasa tutishga moyillik operatsiya qilingan bolalar uchun xos belgi hisoblanadi. Talvasa tutishi gipoksiya, novokain dozasining oshirib yuborilishi, miya po‘stlog‘i harakat sohasining geksenal yoki tiopental bilan ta’sirlanishi, haroratning yuqoriligi, kalla suyagi ichiga qon quyilishi, gipergidratatsiya oqibatida sodir bo‘lishi mumkin.
O‘tkir nafas yetishmovchiligi, ko‘pincha, yuqori nafas yo‘llari o‘tkazuvchanligining buzilishi oqibatida, kamroq hollarda esa markaziy nerv sistemasi tomonidan yuzaga keladi.
Simptomlari: kuchli bezovtalanish, labning ko‘kimtir tusga ki- rishi, ko‘p terlash, nafas olish yoki nafas chiqarishda diafragmaning keskin harakati, nafas olishda bo‘yinning qo‘shimcha mushaklari, og‘iz bo‘shlig‘i tubining qatnashuvi, qovurg‘alararo bo‘shliqlarning ichga tortilishi, nafas olishning to‘satdan to‘xtab qolishi va boshq.
Profilaktikasi qusuq massasidan aspiratsiya bo‘lishi oldini olish, burun-halqumdan shilimshiqni muntazam tozalab turish, kiritiladigan suyuqlik miqdorini doimo kuzatib turish, vaqti-vaq- tida kislorod berib turish va daqiqasiga 20—22 martadan og‘izdan og‘izga usulida sun’iy nafas berishdan iborat.
O‘tkir yurak-tomir yetishmovchiligi operatsiya qilingan bola ahvolining tobora yomonlashib borishi bilan ifodalanadi. Lo- qaydlik va tevarak-atrofdagi voqealarga qiziqishning yo‘qolishi, buning ustiga og‘riqqa reaksiyaning yo‘qligi, barmoq uchlarining ko‘kimtir tusga kirishi, pulsning ipsimon va yumshoq bo‘lishi, arterial bosimning pasayishi, terming kulrang tusga kirishi, yurak tonlarining to‘mtoqlashishi yurak-tomir yetishmovchiligi belgi- laridir. Bu belgilar paydo bo‘lishi bilanoq tomirga qo‘llaniladigan dori-darmonlar, yoshga qarab kordiamin, efedrin yuboriladi, kislorod beriladi, bolaning boshi past qilib qo‘yiladi.
Yurak to‘xtab qolganda yoki uning faoliyati birdaniga sust- lashganda yopiq massaj qilinadi. Bu muolaja yurakning, to‘shning orqa sathi va umurtqa pog‘onasi oldingi sathi o‘rtasining bosili- shini ta’minlashi kerak. Buning uchun kichik yoshdagi bolalarda yopiq massajni bajarayotgan shaxs to‘rttala barmog‘ining kaft yuzalari bilan to‘shning uchdan bir pastki qismini 1—2 sm interval bilan ritmik turtkisimon bosadi. 8 yoshdan oshgan bolalarda biri ikkinchisining ustiga qo‘yilgan ikkita qo‘l kaftlari bilan bosiladi. Odatda, yopiq massaj sun’iy nafas oldirish bilan sinxron ravishda olib boriladi.

Download 38.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling