Bolalarni operatsiyadan keyin parvarish qilish


Download 38.17 Kb.
bet10/11
Sana20.06.2023
Hajmi38.17 Kb.
#1634608
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
BOLALARNI OPERATSIYADAN KEYIN PARVARISH QILISH

Lat yeyish bosh va yuzning yumshoq to‘qimalariga to‘mtoq narsa bilan urilganda sodir bo‘ladi. Bunda teri va teriosti to‘qimasi o‘ziga xos tuzilganligi sababli shikastlangan tomirlardan chiq- qan qon har tomonga tarqalmay, lat yegan qismda to‘planib qon- talash—gematoma hosil qiladi.

  • Klinikasi. Lat yegan sohada o‘smasimon hosila, bolalarda esa «g‘urra» — do‘nglik paydo bo‘ladi. Yuzning yumshoq to‘qimalari, ayniqsa, ko‘z kosasi lat yeganda teri ko‘k-qo‘ng‘ir tus oladi va, ko‘pincha, u bir tomonlama bo‘ladi, buni kalla asosi singanda kuzatiladigan ko‘zoynak simptomidan ajrata bilish zarur. Qonta- lash keyinchalik ko‘k-sarg‘ish, yashilroq-sariq rangga aylanib, asta- sekin so‘rilib yo‘qolib ketadi.

  • Davosi. Davo konservativ usulda olib boriladi. Buning uchun, avvalo, jarohat olgan joy yoki a’zoga harakatsiz holat beriladi. Keyin sovuq narsa qo‘yiladi va bosib turuvchi bog‘lam bog‘lanadi. Agar gematoma katta bo‘lsa, uni punksiya qilib, to‘plangan qon shpris bilan so‘rib olinadi. Agar gematoma sohasida pulsatsiya se- zilsa yoki u kattalashib keta boshlasa, operatsiya qilinib gematoma ochiladi, qonayotgan tomir bog‘lanadi va kesilgan teri tikiladi.

  • Yuz va boshning yumshoq to‘qimalari jarohatlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri sohaning qon bilan yaxshi ta’minlanishi natijasida ko‘p qon oqishidir. Sochi uzun kishilar sochining bir qismi bironta mexanizmning harakatdagi qismiga tushib qolganda sidirilgan (skalplangan) jarohatlar kuzatilishi mumkin. Bunda boshning yumshoq to‘qimalari sochlar bilan birga kalladan butunlay sidirilib tushadi.

  • Birinchi yordam va davosi. Birinchi yordamdan asosiy maq- sad hodisa ro‘y bergan joyda zudlik bilan qon oqishini to‘xtatish hisoblanadi. Buning uchun kichik jarohatlarda bosib turuvchi bog‘lamning o‘zi kifoya qiladi. Yirik arterial tomirlar shikastlan­ganda tomirni uning yo‘li bo‘yicha bosish va shikastlangan kishini xirurgik statsionarga zudlik bilan olib borish zarur. Tashqi chakka arteriyasi shikastlanganda uning quloq suprasi oldi sohasi bo- siladi, tashqi jag‘ arteriyasi shikastlanganda paski jag‘ chekkasidan 1—2 sm oldindan bosiladi. Keyinchalik esa xirurgik statsionarda jarohatga birlamchi ishlov berilib tozalanadi.

  • Sidirilgan jarohatlarda terining sidirilgan qismini saqlab qolish shart. Bunda sochlar va majaqlangan to‘qimalar o‘z vaqtida olib tashlanadi va sidirilgan terining ko‘p joyidan teshilib o‘z joyiga tikib qo‘yiladi.
    Download 38.17 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling