Bolalarni operatsiyadan keyin parvarish qilish


Download 38.17 Kb.
bet8/11
Sana20.06.2023
Hajmi38.17 Kb.
#1634608
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
BOLALARNI OPERATSIYADAN KEYIN PARVARISH QILISH

Birlamchi yordam. Tromboemboliya qon oqimi bilan o‘pka arteriyasiga yetib borib tiqilib qolishi va to‘satdan o‘lim yuz berishi mumkin. Shuning uchun bunday asoratlarning oldini olishda bemorlarning o‘rindan turmasligini va tinch yotishini ta’minlash lozim. Agar shunday yo‘lni kichikroq embol bosib o‘tsa, o‘pka arteriyasi asosidan o‘tib o‘pka infarktini keltirib chiqarishi mum­kin. Bu ko‘krakdagi o‘ziga xos og‘riq, nafas qisishi, qon tuflash va pnevmoniya klinikasi tariqasida kechadi.
Tromboflebitga mahalliy davo qilish moy-balzamli bog‘lamlar qo‘yish (Vishnevskiy mazi), oyoqni baland qilib qo‘yishdan iborat (Beler shinasi, bolish). Qon ivishini susaytiradigan dori-darmonlar, antikoagulantlar yoki fibrinolizin kabi antibakterial preparatlar qo‘llaniladi. Ularni qo‘llashda qon ivish ko‘rsatkichlari tahlillar asosida dinamik ko‘rish bilan aniqlanadi. Tromboflebitni davo- lashda antibakterial preparatlar qo‘llaniladi.
Shikastlanish yoki travma deb, organizmga tashqi agentlarning (mexanik, termik, kimyoviy va boshqa) birdan o‘ta kuchli ta’siri natijasida a’zo va to‘qimalarning anatomik butunligi hamda fizio- logik jihatdan funksiyasi buzilishiga aytiladi. Bu patologik holat ka- sal organizmining mahalliy va umumiy javob reaksiyasi bilan har xil simptom va sindromlar tariqasida kechadi.
Shikastlangan bemorlarni tekshirish xususiyatlari. Shifokor kelguncha birinchi yordam ko‘rsatish va davo muolajalarini bir­muncha samarali o‘tkazish uchun tibbiyot hamshirasi shikast­langan bemorda quyidagi tekshirish usullarini bilib olishi lozim. Buning uchun hamshira bo‘g‘imdagi harakatlar hajmini maxsus asbob-uglomer bilan aniqlaydi va uning patologik holatini daraja bilan qayd qiladi. Uglomer branshlari oyoq yoki qo‘l o‘qi bo‘ylab qo‘yiladi, uglomer o‘qi esa shu bo‘g‘imning aylanish o‘qiga mu- vofiq joylashtiriladi. Hisob oyoq yoki qo‘lning dastlabki vaziyatiga nisbatan olinadi. Dastlabki vaziyat deganda, tana va oyoq-qo‘l- larning erkin vertikal vaziyatida bo‘g‘imning holati (chanoq-son va tizza bo‘g‘imlari uchun 180°, boldir-tovon bo‘g‘imi uchun 90° burchak) tushuniladi.
Sagittal tekislikdagi harakat bukish va yozish deb yuritiladi. Bunda oyoq va qo‘l panjasi uchun oyoq-kaft, kaft orqasi va kaftni bukish degan so‘zlarni qo‘shish lozim.
Frontal tekislikdagi harakatlar uzoqlashtirish va yaqinlashtirish deb ataladi.
Bilak-panja bo‘g‘imida harakat (bukish) ulnar (bilak suyagi tomoniga) bo‘lishi mumkin. Bo‘ylama o‘q atrofidagi harakatlar tashqi va ichki rotatsiya nomi bilan yuritiladi.
Bo‘g‘imlarda harakatchanlikning buzilish darajasi quyidagi tushunchalar bilan ifodalanadi:


  1. Download 38.17 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling