Bolalarni operatsiyadan keyin parvarish qilish
Ko‘krak qafasi organlarida qilingan operatsiyalardan
Download 38.17 Kb.
|
BOLALARNI OPERATSIYADAN KEYIN PARVARISH QILISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- YOSHI ULG‘AYGAN VA KEKSA YOSHDAGI BEMORLARNI OPERATSIYADAN KEYIN PARVARISHLASH
Ko‘krak qafasi organlarida qilingan operatsiyalardan keyin nafas yetishmasligining oldini olish birinchi darajali vazifa bo‘lib hisoblanadi. Ayni vaqtda bemorning o‘rnidagi vaziyati katta rol o‘ynaydi. Bola narkozdan uyg‘onganidan keyin darrov qaddini ko‘tarib yarim o‘tiradigan holatga keltirib qo‘yiladi, lekin ba’zida kasal yonboshi bilan yotqizib qo‘yiladi. Har bir holda shifokor hamshiraga tegishli yo‘l-yo‘riqlarni beradi.
Nafas yo‘llarida to‘planib qolgan shilimshiqni bolalar yo‘talib yaxshi chiqarib tashlay olmaydi, shu sababli so‘rib oladigan moslamalar yordamida shilimshiqni faol ravishda so‘rib olib tashlab turish zarur bo‘ladi. Mana shu muolajani hamshira shifokor buyur- ganiga qarab har 20—30 daqiqada muntazam bajarib boradi. Bundan tashqari, ingalatsiyalar, ko‘krak qafasini tebratadigan (vibra- tsion) uqalash buyuriladi. Vibratsion uqalash ko‘krak qafasining o‘pka turadigan sohalarga to‘g‘ri keladigan joylarini ko‘krak qa- fasiga qo‘yilgan chap qo‘l panjasi ustidan o‘ng qo‘l mushtumi bilan bir maromda tukillatib urishdan iborat. Gorchichniklar, banka, balg‘am ko‘chiradigan miksturalardan foydalanish o‘rinli. Pnevmotoraks va gemotoraksning oldini olish uchun plevra bo‘shlig‘iga odatda drenaj qo‘yilib, uning uchi elektr yoki suv oqimning kuchi bilan so‘rib oladigan moslamaga ulanadi (faol drenaj) yoki klapanli rezina uchlik kiygizilib, antiseptik suyuqligi bo‘lgan flakonga botiriladi. YOSHI ULG‘AYGAN VA KEKSA YOSHDAGI BEMORLARNI OPERATSIYADAN KEYIN PARVARISHLASH Bu guruhdagi bemorlar o‘pka asoratlariga moyil bo‘ladilar, shuning uchun operatsiyaning birinchi kunidan asoratlarning oldini olish uchun quyidagi profilaktik choralar ko‘riladi: o‘ringa qaddini baland qilib yotqizish, u yonboshidan bu yonboshiga aylantirishni ertaroq boshlash, ko‘krakka galma-galdan banka va gorchichniklar qo‘yish, traxeobronxial shoxlarni yaxshi drenaj qiladigan nafas gimnastikasi o‘tkazish va hokazo. Yoshi ulg‘aygan kishilar organizmi kislorod tanqisligiga g‘oyat sezuvchan bo‘ladi, shunga ko‘ra ularga nam kislorod bilan nafas oldirish lozim. Tromblar hosil bo‘lishiga moyillikning operatsiyadan keyin ortishi qayd qilinadi, bu qonning ivish xususiyati ustidan doimo kuzatib turishni talab etadi. Ko‘p miqdordagi suyuqlikni tez kiritish elastikligi kam tomirlar o‘zani va yurakning bo‘limlariga og‘irlik qiladi. Shu munosabat bilan tuzli eritmalar, qon, qon o‘rnini bosadigan suyuqliklar venaga asta-sekin tomchilab quyiladi. Teri ostiga suyuqlik yuborishni ham ehtiyotlik bilan bajarish kerak, chunki yoshi ulg‘aygan bemorlarda suyuqlik yomon so‘- riladi va uni ko‘p miqdorda tez yuborish to‘qimalar ezilishiga, bu esa teri qismlarining jonsizlanishiga olib kelishi mumkin. Shunga ko‘ra suyuqlikni asta-sekin, unga gialuronidaza preparatlarini qo‘shib va shu sohaga issiq grelka qo‘yib tomchilab yuboriladi. Keksalarda operatsiya jarohatining subyektiv sezgisiz va simp- tomlarsiz yiringlashi ko‘proq kuzatiladi. Shuning uchun bog‘- lamni tez-tez almashtirib turish tavsiya etiladi. Vitaminlar buyuriladi. Badan terisini yaxshi parvarish qilmaslik tez orada yotoq yaralar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi va ular keksa kishilarda tez tuzalmaydi. Download 38.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling