Bolalarni operatsiyadan keyin parvarish qilish


Operatsiyadan keyingi pnevmoniya


Download 38.17 Kb.
bet6/11
Sana20.06.2023
Hajmi38.17 Kb.
#1634608
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
BOLALARNI OPERATSIYADAN KEYIN PARVARISH QILISH

Operatsiyadan keyingi pnevmoniya aksariyat ko‘krak qafasidagi va qorin bo‘shlig‘ining yuqori bo‘limidagi a’zolar operatsiyalaridan so‘ng paydo bo‘ladi. Operatsiyadan keyin bemorlar operatsiya jaro-
hatidagi og‘riq hisobiga yuzaki nafas oladilar va yo‘talib balg‘am ajratishdan qo‘rqadilar. Bu esa nafas yo‘llarida balg‘am tutilib qolishiga va natijada organizm zaiflashib, o‘pka yallig‘lanishiga olib kelishi mumkin. Bemorlarda pnevmoniya paydo bo‘lganda harorat ko‘tariladi, umumiy ahvol va nafas olish qiyinlashadi, yo‘tal paydo bo‘ladi, o‘pkada nam xirillagan tovush eshitiladi.
Bunday asoratlarning oldini olish maqsadida bemorni faollash- tirish, o‘z vaqtida balg‘amni ajratib turish, nafas gimnastikasi bilan shug‘ullanish zarur bo‘ladi. Bundan tashqari, og‘riq qoldiradigan vositalarni o‘z vaqtida yuborish, teri ostiga 2 ml 20% li kamfora eritmasi yuborish, banka va gorchichnikni ko‘krak qafasiga qo‘yish, kislorod hidlatish va nafas yo‘llariga soda bilan ingalatsiya qilish lozim.
Davolash umumiy davo usullarini qo‘llash, ya’ni sulfanilamid- lar, antibiotiklar, kamfora preparatlari, banka, balg‘am ko‘chi- ruvchi vositalar va boshqalardan iborat.
Operatsiyadan keyingi peritonit aksariyat qorin bo‘shlig‘idagi kovak a’zolarda choklarning yetishmovchiligi sababli sodir bo‘ladi. Hamshira bu xatarli asoratni o‘z vaqtida aniqlay bilishi va bu haqda shifokorga xabar berishi lozim. Bu asorat bemorlarning qornida to‘satdan o‘tkir og‘riq paydo bo‘lishi, ba’zan esa og‘riq sohasi aniq bo‘lishi, umumiy ahvol yomonlashishi, harorati ko‘tarilishi, puls tezlashishi, kuchli tashnalik, ko‘ngil aynishi, qusish, qorin- ning oldingi devoridagi mushaklar taranglashishi bilan kechadi. Keyinchalik zaharlanishning kuchayishi jarayonida qorindagi og‘riq biroz kamayishi mumkin, ammo bemor qayt qiladi, ichi to‘xtab, yel chiqmay qo‘yadi. Ichaklar dam bo‘lib, diafragma ko‘tariladi, nafas olish qiyinlashadi, yurak ishi buziladi. Organizm suvsizlanadi, yuz qiyofasi o‘tkirlashadi, ko‘zlar ichiga botadi. Zaiflashgan bemorlarda klinik manzara birmuncha boshqacha o‘tishi mumkin.

Download 38.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling