Bolalarni operatsiyadan keyin parvarish qilish


Davosi bemorni darhol qayta operatsiya qilish va undan keyin diqqat bilan parvarish qilishdan iborat. Operatsiyadan keyingi psixoz


Download 38.17 Kb.
bet7/11
Sana20.06.2023
Hajmi38.17 Kb.
#1634608
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
BOLALARNI OPERATSIYADAN KEYIN PARVARISH QILISH

Davosi bemorni darhol qayta operatsiya qilish va undan keyin diqqat bilan parvarish qilishdan iborat.
Operatsiyadan keyingi psixoz. Zaiflashgan va astenik bemor­lar operatsiyadan keyin, ko‘pincha, psixoz holatida bo‘lishi mumkin. Ularda qo‘zg‘algan holat kuchli harakat qilish, gallu- tsinatsiya, alahlash, me’yoriy harakatning buzilishi tariqasida namoyon bo‘ladi. Ba’zan kasal karavotdan sakrab tushishi, bog‘- lamlarni yechib tashlashi, o‘ziga va atrofidagi kishilarga tan jaro- hati yetkazishi mumkin. Bunday holatlarda bemorga tushuntirish, uni yotqizish va tinchlantirish hech qanday foyda bermaydi. Shu­ning uchun bemorning terisi ostiga aminazinning 2,5% li 1—2 ml
eritmasi yuboriladi yoki xloralgidratning 4% li eritmasi bola- larga 20 ml dan, kattalarga 50 ml gacha huqna qilinadi.
Psixiatr maslahati tashkil etiladi va bemor nazorat ostiga oli­nadi. Ba’zan psixoz holatlar operatsiyadan keyingi zaharlanish, operatsiya choklarining yetishmasligi kabi asoratlar natijasida bo‘lishi mumkin. Bu asoratlarni o‘z vaqtida bartaraf qilish bemor- dagi psixoz holatlarning yo‘qolishiga olib keladi.
Tromboembolik asoratlar. Operatsiyadan keyingi tromboz, ya’ni qonning quyuqlashishiga venalarning varikoz kengayishi, qon ivi- shining buzilishi, qon oqimining sekinlashishi, qon kasalligiga chalingan organizmning kuchli suvsizlanishi va qon tomirlarining shikastlanishi sabab bo‘ladi. Vena trombozga uchraganda va yallig‘- langanda tromboflebit kelib chiqadi. Venalari varikoz kengaygan shaxslar, ayniqsa, semiz, zaiflashgan, ozg‘in, zaharlangan, onko- logik bemorlar va ko‘p tuqqan ayollar trombozga moyil bo‘ladilar.
Tromboflebit yuza va chuqur venalarda (boldir va chanoq) yuzaga kelishi mumkin. Yuza venalar tromboflebiti uchun, ko‘- pincha, o‘sha sohadagi mushaklarning charchashi va og‘rishi xarakterli hisoblanadi. Bu sohadagi to‘qimalarda yallig‘lanish, infiltratsiya, terining ipsimon qizarishi va haroratning ko‘tarilishi kuzatiladi. Boldirning chuqur venalari tromboflebiti uchun esa oyoqdagi shish, chuqur venalar sohasidagi og‘riq va haroratning ko‘tarilishi xarakterli klinik belgilardir. Shuningdek, oyoqdagi tutash shish, chanoq a’zolari palpatsiya qilingandagi og‘riq va haroratning ko‘tarilishi ham shu kasallika xos belgi hisoblanadi.

Download 38.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling