ankiloz — bo‘g‘imning butunlay harakatsiz bo‘lib qolishi;
rigidlik — bo‘g‘imda siljish harakatlarining 5° dan osh- masligi;
kontraktura — bo‘g‘imda harakatchanlikning cheklanishi.
Cheklanishlardan tashqari, bo‘g‘imlarda ortiqcha harakat-
chanlik kuzatiladi. Bu, ko‘pincha, boylam apparati buzilganda va cho‘zilganda ro‘y beradi.
Patologik harakatchanlik deb, bo‘g‘im bo‘lmagandagi (singan, soxta bo‘g‘im) harakatchanlikka aytiladi.
Oyoq-qo‘llarning uzunligi va aylanasini o‘lchash uchun san- timetrli lenta ishlatiladi. O‘lchashda kasal soha, albatta, sog‘lom simmetrik soha bilan taqqoslanadi. Solishtirma o‘lchashda suyak do‘nglari tanish nuqtalari bo‘lib xizmat qiladi.
Yelka uzunligi kurakning akromial o‘sig‘idan to yelkaning tashqi do‘ngligi ustidagi joygacha aniqlanadi. Bilak uzunligi yelkaning tashqi do‘ngligi ustidan to bigizsimon o‘siqqacha aniqlanadi. Qo‘lning uzunligi akromial o‘siqdan kaft yuzasi bo‘ylab uchinchi barmoq oxirigacha aniqlanadi.
Oyoq uzunligi yonbosh suyakning oldingi ustki o‘sig‘idan ichki to‘piqqacha, son uzunligi katta ko‘st bilan tizza bo‘g‘imining bo‘g‘im yorig‘igacha, boldir uzunligi bo‘g‘im yorig‘idan tashqi to‘piqqacha aniqlanadi. Mushak kuchi, odatda, gavdaning qarama- qarshi tomonidagi kuch bilan taqqoslanadi va maxsus asbob- dinamometr bilan o‘lchanadi.
TRAVMATIZM VA UNING OLDINI OLISH HAQIDA TUSHUNCHA
Travmatizm deganda, travma (shikastlanish)ga olib kelgan ho- latlarning sabablari tushuniladi. Shikastlanishning yuz bergan sha- roitlar va joyiga ko‘ra:
Ishlab chiqarishga aloqador bo‘lmagan:
transportdan shikastlanish (temiryo‘l, avtomobil, tramvay):
piyoda yurishda yuz beradigan;
maishiy;
sport;
boshqa shikastlar.
Ishlab chiqarish shikastlari (sanoat, qishloq xo‘jaligi).
Harbiy shikastlar tafovut qilinadi.
Bunday bo‘linish shu turdagi shikastlanishning sababini va sha- roitlarini aniqlash imkoniyatini beradi.
Travmatizm turlarini hisobga olib, uning oldini olish choralari ishlab chiqiladi va ular quyidagi tadbirlardan iborat:
Mehnat va xavfsizlik texnikasini to‘g‘ri tashkil etish.
Ishlovchilarning shaxsiy xavfsizligini ta’minlash.
Ko‘cha harakati qoidalariga rioya qilish va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |