Bolalarni operatsiyadan keyin parvarish qilish


Qon ketishi tashqi va ichki bo‘lishi hamda bevosita alomatlar bilan ifodalanishi mum


Download 38.17 Kb.
bet3/11
Sana20.06.2023
Hajmi38.17 Kb.
#1634608
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
BOLALARNI OPERATSIYADAN KEYIN PARVARISH QILISH

Qon ketishi tashqi va ichki bo‘lishi hamda bevosita alomatlar bilan ifodalanishi mumkin. Bevosita alomatlari — operatsiya ja- rohatidan qon ketishi, traxeobronxial daraxtdan qon kelishi, siydik va axlatga qon aralashib tushishidir. Teri qoplamlari va ko‘rinib turadigan shilliq pardalarning oqarib qolganligi, muzdek ter chi- qishi, taxikardiya, arterial bosimning pasayib ketishi bilvosita alo- matlar jumlasiga kiradi. Barcha hollarda ham hamshira qon keti- shining o‘zi payqagan belgilari to‘g‘risida shifokorni xabardor qiladi.
Oliguriya, anuriya — siydik chiqishining kamayishi yoki to‘x- tab qolishidir. Bu siydik miqdorining keskin kamayib ketishi yoki aylanib turgan qon hajmining sezilarli darajada kamayib qolgani- dan yoki buyraklarning zararlanganidan darak beradi.
Bolalarga operatsiyadan keyingi parvarishning o‘ziga xos xusu- siyatlari. Yuz va bo‘yinda qilingan operatsiyalardan keyin chok- larning yaxshi turganiga va operatsiya qilingan joyning toza holda saqlanayotganiga katta e’tibor beriladi.
Bolaning qo‘llari jarohat batamom bitib ketgunicha karavotga bog‘lab qo‘yiladi yoki tirsak bo‘g‘imlari sohasiga yengil gips, yo bo‘lmasa fanera shinalari qo‘yib qo‘yiladi, shunga ko‘ra bola qo‘llarini tirsak bo‘g‘imlaridan buka olmaydigan va choklarga zarar yetkaza olmaydigan bo‘ladi.
Yuqori lab tirtiqligi operatsiya qilinganda bolani sog‘ib olingan ko‘krak suti yoki operatsiyadan ilgari unga berib turilgan sut aralashmasi bilan qoshiqlab ovqatlantirib boriladi. Sut bilan ovqat- lantirib bo‘linganidan keyin har safar og‘izda sut qolmasligi uchun 2—3 choy qoshiq qaynagan suv berib turiladi. Jarohatga ochiq qoldirilgan holda bog‘lamlar qo‘ymasdan turib davo qilib boriladi.
Operatsiyadan keyin 2 hafta o‘tgach, bolani ko‘krak berib emi- zishga yoki shprisdan ovqatlantirishga kirishiladi. Tanglayi ochiq qolganligi tufayli qilingan operatsiyada bola bir oy davomida faqat
suyuq ovqat ichib turadi. Ovqatdan keyin har safar bolaga, albatta, og‘izni chayib tashlash taklif etiladi. Buni uddalay olmaydigan bolalarga og‘zida ovqat zarralari qolib ketmasligi uchun qaynagan suv ichiriladi.

Download 38.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling