Reja: Kirish I. Bob. Maktabgacha ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya bo’yicha ishlar


Tushunarlilik va bolalarga yakka yondashish tamoyili


Download 75.78 Kb.
bet5/15
Sana28.03.2023
Hajmi75.78 Kb.
#1301711
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Reja Kirish

Tushunarlilik va bolalarga yakka yondashish tamoyili bolaning yosh xususiyatlar imkoniyatlarini hisobga olishni, hamda shu bilan bog‘liq ravishda uning kuchiga yarashga topshiriqlar belgilashni ko‘zda tutadi.
Tushunarlilikni asosiy shartlaridan biri izchillik va jismoniy mashqlarni tobara murakkablashtirib borish hisoblanadi. Bola imkoniyatlari muayyan birlikdagi omillar bilan belgilanadi: jismoniy tayyorlanganlik meyorlari bo‘yicha sinash, vrach tekshiruvi, bevosita pedagogik kuzatish.
Yakka yondashuv bolaning o‘ziga xos funksional imkoniyatlarini hisobga oladigan alohida ta’sirlarni ko‘zda tutadi (harakatlarni o‘zlashtirish turlicha kechadi, organizm jismoniy yuklamani turlicha qabul qiladi, moslashish dinamikasi ham turlicha).
Yakka yondashuvning maqsadi tug‘ma fazilatlarni rivojlantirish, yangi ijobiy sifatlarni, qobiliyatlarni tarbiyalash, zarurat bo‘lganda nerv tizimining tipologik xususiyatlarini maqsadga muvofiq tarzda o‘zgartirishdan iboratdir.
Ta’limning frontal, gruh va yakka tartibdagi usullarini birligi tamoyili.
U tamoyil ta’limning turli usullari ko‘llanilgandagi uyushqoqlikni ko‘zda tutadi: frontal usul qo‘yilgan vazimoduli bir vaqtda, ongli va ahil ravishda bajarishni talab etadi; gruh usuli mas’ul, mustaqil va o‘zaro yordamni rag‘batlantirishni talab etadi; yakka yondashuv usuli tarbiyachining ba’zi bolalarga zarur yordam berishi va ancha tayyorgarligi bor boshqa bolalarga nisbatan talabchanlikni oshirishda ifodalanadigan rahbarligini talab etadi. Bu usullardan birgalikda foydalanish, tarbiyaviy vazifalarini samarali bajarishga xizmat qiladi.
Tinglovchilarni asta-sekin oshirib borish tamoyili.
Bu tamoyilning sharti bola oldiga birmuncha qiyin vazifalar qo‘yish va bajartirish hamda yuklama ko‘lamini va intensivligini asta-sekin oshirib borishdan iboratdir. Mashqlarni yangilash jarayonida harakat malaka va ko‘nikmalarining hajmi kengayadi va boyidi.
Harakat faoliyati shakllarini murakkablashtirish bilan birga bolaning kuchiga yarasha beriladigan jismoniy yuklama asta-sekin oshib boradi. Bu jismoniy fazilatlarning rivojlanish qonuniyatlari nisbatan bolaning kuchi, chidamliligi, tezkorligi bilan belgilanadi.
Ko‘rib o‘tilgan barcha tamoyillar o‘z mazmuniga ko‘ra o‘zaro bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir. Ularning barchasi o‘zida yagona va faqat shartli ravishda alohida holda qaraladigan bir jarayonning muayyan jihatlarini va qonuniyatlarini aks ettiradi. Yaqqol eshitish usullari harakatlarni ovoz orqali boshqarishga asoslanadi. Cholg‘u musiqasi va ashula eng yaxshi eshitish ko‘rgazmasi hisoblanadi. Ular bolalarda estetik his va emotsiyaonal ko‘tarinkilik uyg‘otadi, harakat xarakterini belgilaydi, uning sur’ati va ritmini boshqaradi. Shuningdek tarbiyachilar harakat sur’ati va ritmini bashqarishda childirma (buben) dan foydalanadilar.
Ko‘rgazmalilik usullari bolaning harakatlarni to‘g‘ri idrok qilishi va tasavvur etishi, hissiy ongining kengayishiga harakatlarni bajarishda o‘zo‘zini nazorat qilishning vujudga kelishiga sur’ati va ritmini eshitish orqali boshqarishga, sensor qobiliyatining rivojlanishiga xizmat qiladi.

Download 75.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling