Reja: Kirish I. Bob. Maktabgacha ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya bo’yicha ishlar


Download 75.78 Kb.
bet1/15
Sana28.03.2023
Hajmi75.78 Kb.
#1301711
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Reja Kirish


Maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalarni jismoniy jihatdan tarbiyalashning yosh, fiziologik va ruhiy holatini oʻrganish
Reja:
Kirish
I.Bob. Maktabgacha ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya
bo’yicha ishlar
1.1.Maktabgacha ta’limda jismoniy tarbiya metodikasining predmeti va asosiy tushunchalari
1.2.Jismoniy tarbiya tamoyillari
II.Bob. Maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalarni jismoniy jihatdan tarbiyalashning yosh, fiziologik va ruhiy holatini oʻrganish
2.1.Maktabgacha ta’limda jismoniy tarbiyaning vazifalari
2.2.MTM da Jismoniy tarbiya jarayonida bolalarning fiziologik va ruhiy holatini o’rganish.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Davlat talablari vazifalari etib quyidagilar hisoblanadi: bolalarni maktabda o‘qishga tayyorlash; bolalarning sog‘lom va har tomonlama kamol topib shakllanishini ta’minlash hamda unda o‘qishga intilish hissini uyg‘otish; bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun integral ta’limni tashkil etish; shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim-tarbiyani amalga oshirish; bolalarni xalqimizning boy madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratish; bolalarni maktabda o‘qishga tayyorlashda ularning ota-onalari bilan o‘zaro hamkorlik qilish hamda ota-onalarga amaliy jihatdan ko‘maklashish; bolalarda ijtimoiy-kommunikativ, axloqiy, estetik, intellektual, jismoniy sifat va salohiyatlarni uyg‘otish hamda rivojlantirish; bolalarni sog‘lom turmush tarzi bilan tanishtirish; bolalarda mustaqillik, mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik xislatlarini shakllantirish; bolalarga dunyo haqida tushunchalar berish va tasavvurlarini kengaytirish; bolalarning yoshi, individual, psixologik va jismoniy xususiyatlari hamda qobiliyatini inobatga olgan holda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish. Ta’lim muassasalarining bir turi sifatida maktabgacha ta’lim muassasasi, shubhasiz, ularning har qaysisiga xos, bolalarning tarbiyasi, ta’limi, rivojlanishi va salomatligiga yaxshi yo‘nalganligi bilan bog‘liq umumiy xususiyatlarga ega. Shu asnoda tarbiyalanayotgan bolalarning yosh xususiyatlariga ko‘ra maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati boshqa ta’lim muassasalarida kechadigan pedagogik jarayonlardan jiddiy farq qiladi.
Ma’lumki, bolaga maktabgacha yoshida berilgan ta’lim – tarbiya uning butun hayoti davomida muhim o‘rin tutadi. Respublikamizning kundan-kunga jahon hamjamiyati mamlakatlari safidan munosib o‘rin egallab borishi, rivojlangan davlatlar bilan tenglik tamoyili asosida o‘zaro hamkorlikka erishishi, nafaqat ota-onalar, balki, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilari zimmasiga bolani yoshiga munosib tarzda har tomonlama tarbiyalab borish zaruriyatini yuklamoqda.
Bolaning ongi asosan 5-7 yoshda shakllanishini hisobga olsak, shu davrda ijtimoiy muhit va ta’lim tarbiya ta’sirida ma’naviyatning ilk kurtaklari paydo bo‘la boshlaydi. Ayni shu vazifani amalga oshirish esa, bizning mamlakatimizda milliy sharqona tarbiya poydevori hisoblangan oilada, xususan ota-onalar va shu bilan birga ta’lim muassasalari– maktabgacha va maktab ta’limi tarbiyachisi hamda pedagoglari zimmasidadir.Bolalar fantaziyasi olami, ularning qiziqishi va xohishi qadar keng va chegarasizdir. Shuning uchun ertaklar azal-azaldan kishilardagi yaxshi sifatlarni kamol toptirib, go‘zallikni xis etish qobiliyatini o‘stiradi, vatan, el-yurt obodligini, osoyishtaligini ta’minlash ishqi bilan yashashga o‘rgatadi.Ertaklarda xalq aql-zakovatining qudratli parvozi, xalqning orzu-istaklari, mingyillik donoligi, tajribasi majoziy timsollar zamiridagi mangu hayot muammolarini bilishga intilishini aks ettiradi. Inson bor ekan, ertak bilan o‘sib ulg‘ayadi, o‘zining qalb qo‘rini ertak bilan boyitadi.Maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-hissiy rivojlanishida tasviriy faoliyatning o‘rni tashki
Kurs ishi predmeti: Maktabgacha ta’lim tashkilotida jismoniy tarbiya mashg’ulotlari bilan ishlashni tashkil etish
Kurs ishi maqsadi: Maktabgacha ta’lim tashkilotida jismoniy tarbiya mashg’ulotlari ishlash maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash vositasi sifatida o‘rganish.
Kurs ishi vazifalari: Maktabgacha ta’lim tashkilotida jismoniy tarbiya mashg’ulotlari bilan ishlash maktabgacha yoshdagi bolalarni sog’lom tarbiyalash vositasi sifatida nazariy va amaliy asoslarini o‘rganish;

  • Maktabgacha ta’lim muassasalarida “Jismoniy tarbiya mashg’ulotlari” va undan foydalanish ahvolini o‘rganish;

  • Maktabgacha katta yoshdagi bolalar uchun mashg‘ulotlarni tashkil etish;

Kurs ishi metodi: kuzatish, suhbat, pedagogik tajriba, o’yin.
Kurs ishi yangiligi: mazkur bitiruv malakaviy ishi maktabgacha ta’lim yo’nalishi bitiruvchilari tomonidan ilgari tadqiqot ishi sifatida o’rganilmaganligi bilan yangilikdir.
Kurs ishi tuzilishi: kirish, 2 bob, 4 band, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat.


Download 75.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling