Reja: Kirish I. Bob. Maktabgacha ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya bo’yicha ishlar


Download 75.78 Kb.
bet9/15
Sana28.03.2023
Hajmi75.78 Kb.
#1301711
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
Reja Kirish

Amaliy metodga oid usullar
Bolalarni harakatga o‘rgatishda tarbiyachi ko‘rgazmali va og‘zaki usullar bilan o‘zaro bog‘liq turli amaliy usullar majmuasidan foydalanadi. U mashqlarni, harakatli o‘yinlardagi ayrim rollarni, boshqaruvchi rolini bajarib ko‘rsatadi, bolalarni topshiriqlarga jalb qilib va namuna ko‘rsatib ularni musobaqalarda qatnashishga rag‘batlantiradi. Masalan, kim harakatli topshiriqni tezroq, yaxshiroq, to‘g‘riroq bajaradi, u bolalarga o‘zini qanday tutish va qanday hatti-harakat qilishni ko‘rsatadi.
Tarbiyachi bolalarning amaliy faoliyatini tashkil etayotib butun ta’lim jarayonini mashg‘ulotning vazifalari, mazmuniga muvofiq rejalab oladi. Bolalarga jismoniy harakatlarni o‘rgatishda hamma metod va usullardan o‘zaro mujassam holda foydalanish lozim
Jismoniy tarbiya jarayonida bolalar harakat malakasi va ko‘nikmasini egallab boradilar.
Harakat malakasi harakat texnikasini egallash darajasi bilan belgilanadi. Harakat malakalarining ikki turi farqlanadi: ulardan biri yaxlit harakat faoliyatini amalga oshiriladi, ikkinchisi ayrim, murakkabligiga ko‘ra turlicha harakatlarda ifodalanadi. Birinchi turdagi malakalar o‘yinlar, kurashlar bilan bog‘liq. Ikkinchi turdagi harakat malakalari rivojlanish harakat texnikasini dastlabki egallashdan yanada yuksaklikka, uni takomillashtirishgacha boradi.
Harakat ko‘nikmasi – bu harakat texnikasini egallash darajasi bo‘lib, unda xarakatlarni boshqarish avtomatik tarzda kechadi va harakatlar o‘zining barqarorligi bilan ajralib turadi.
Harakat ko‘nikmasini shakllantirish birinchi va ikkinchi signal tizimlarining o‘zaro harakatidagi dinamik stereotipning yuzaga kelish jarayonidan iboratdir.
Harakat ko‘nikmalarining, bola uchun amaliy ahamiyati juda katta. Hosil qilingan ko‘nikmalar jismoniy va psixik kuchlarni tejamkorlik bilan sarf etish, yaxlit harakat faoliyatiga kiruvchi harakatlarni tez va aniq bajarish imkonini beradi.
Maktabgacha ta’limda jismoniy tarbiya metodikasining vazifalari
Maktabgacha tarbiya muassasalarida jismoniy tarbiyaning quyidagi vazifalari mavjuddir.

  1. Sog‘lomlashtirish vazifalari.

  2. Ta’limiy vazifalar.

  3. Tarbiyaviy vazifalar.


Download 75.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling