Reja: kirish I bob. O’nlik yuzlik kontsentri
Talabalarda ushbu mavzu bo'yicha bilim ko'nikmalariga qo'yiladigan talablar
Download 38.11 Kb.
|
boshlang\'ich
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuni organish jarayonida korgazmalilikdan foydalanish.
- Buning uchun oquvchilarning quyidagilarga erishishlarini taminlash zarur
Talabalarda ushbu mavzu bo'yicha bilim ko'nikmalariga qo'yiladigan talablar:
I. Har bir talaba: Konsentirlar bo'yicha «nomerlash» mavzusini maz- muni va vazifalarini bilishi; O'quvchilarni o'zlashtirishni takomillashtiradigan mashqlar tizimini ishlash jarayoni: fanlar aro aloqadorlik va sonlarni xonalar bo'yicha o'zaro uzviyligiga bog'liq metodlar: natural sonlar qatorining hosil qilish prinsiplari: d) Sonning o'nli tarkibi to'g'risida: e) konsetrlar bo'yicha sonlarning o'qilishi va joy- lashuvi: g)yangi sanoq birligining hosil qilinishi: h)konsentrlar bo'yicha sonlarning joylashuv tarkibi: i) xona birliklari bo'yicha munosabat: j) sonlar tarkibining o'qilishi va yozilishini bilishi kerak. Mavzuni o'rganish jarayonida ko'rgazmalilikdan foydalanish. II. Bilish kerak: mavzu bo'yicha dastur talablari asosida sonlarni xona qo'shiluvchilari yig'indisi shaklida tasvirlash; darslik bo'yicha ko'rgazmalar asosida suhbatlar olib borish: o'quv materialini o'zlashtirishini mustahkamlashga va kuchaytirishga oid didaktik o'yinlar tanlash: bilim, malaka va ko'nikmalarni hosil bo'lishi bo'yicha turli metodlar va mashqlar, mustaqil ishlar tuza olish: turli xil ko'rinishdagi ko'rgazmali vositalar asosida yangi materialni va o'tilgan materiallarni mustahkamlash va bayon qila olish. Nomerlash metodikasi bosqichda o'qituvchining vazifasi bolalarda sanash malakalarini shakllantirish va 1-10, 100 ichida, 1000 ichida va ko'p xonali sonlarni sanay olishini, didaktik prinsiplar asosida natural qatorning tuzilishini ochib berish va bu asosda sonni natural ketma-ketlikning hadi sifatida ta'riflashdan iborat. Buning uchun o'quvchilarning quyidagilarga erishishlarini ta'minlash zarur: o'quvchilarning miqdor va raqamlar tartibi haqidagi tushunchalari aniqlashadi: Predmetlarni sanashni shakllantirish: 1 dan 10 gacha sonlar ketma-ketligini yaxshi o'zlash- tirib olishlari kerak; Narsalarni sanashni va sanash tartibi ko'rsatilganda har bir narsaning berilgan guruhdagi tartib nomerini aytib bera olishlari kerak; Sonlarning 1 dan 10 gacha qatoridagi har bir son qanday hosil bo'lishini ongli o'zlashtirishlari kerak; Raqamlarni o'qib olishlari va har bir raqamni narsalarning mos soni bilan mos qo'ya olishlari kerak; Sonlarni taqqoslashni bilishlari kerak; 2,3,4,5 sonlarning ikkita qo'shiluvchilardan iborat sonlar tarkibini barcha hollarini mustahkamlab, o'zlashtirib olishlari kerak; 2+1, 4-1, 1+3, va hokazo ko'rinishdagi matematik yozuvlarni o'qiy olishlari va bunday yozuvlarni aniq rasmlar bilan mos qo'yishlarini bilishlari kerak. miqdorlar yordamida predmetlarni o'zaro taqqoslash, «Ko'p», «Kam», «Ortiq», «Baland», «Past» kabi tushunchalarni taqqoslay olishi: - Doira, kvadrat, uchburchakni bir-biridan farq qila bilishlari va nomini ayta olishlari kerak. Nomerlash metodikasi natural sonlar va nol haqidagi ma'lumotlarni o'nlik, yuzlik, minglik, ko'p xonali sonlar konsentirlari bo'yicha kiritishni nazarda tutadi. Birinchi prezidentimiz I.Karimov 2004-2008 yillarda halq ta'limini isloh qilish to'g'risidagi ko'rsatmasida, ayniqsa, boshlang'ich ta'limga e'tibor berish, uni malakali o'qituvchilar bilan ta'minlash zarurligini eslatib, boshlangich ta'lim halq ta'limining poydevori, ya'ni asosi, deb aytgan edi. Shuning uchun boshlangich ta'limning dasturini, darsliklarini va ish tartiblarini qayta ko'rib chiqish kelib chiqadi. Ayniqsa, boshlangich ta'lim predmetlari ichida matematikani o'qitish asosiy o'rin tutadi. Matematika dasturi o'z ichiga avvalo natural sonlar bilan to'rt arifmetik amal bajarishni oladi. Bu matematikaning yadrosini tashkil qiladi. Shu bilan birga algebra va geometriyaning asosiy tushunchalari, asosiy miqdorlar va kasr sonlar metodikasi kiritilgan, ular arifmetik amallar bilan zaruriy o'rinda qo'shib o'qitiladi.zarurligi Download 38.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling