Reja: kirish I bob. O’quvchilarda xavotirlanish holatlari namoyon bo‘lishining psixologik-pedagogik adabiyotlarda o‘rganilganligi


Download 118.46 Kb.
bet13/19
Sana20.11.2023
Hajmi118.46 Kb.
#1787959
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Bog'liq
Reja kirish I bob. O’quvchilarda-fayllar.org


1. Emotsional blok. 
Ushbu sohadagi ishning maqsadi shaxsni o‘z
kechinmalarini baholashlarsiz qabul qilishga, o‘z hissiyot va emotsional
reaksiyalarini boshqara olishga o‘rgatish hamda ishtirokchilarning emotsional
etukligini o‘stirishdan iborat.
Emotsional blok o‘z ichiga quyidagi vazifalarni qamrab oladi:
-emotsiyalar bilan tanishish;
-emotsiyalarning namoyon bo‘lishini anglash;
-emotsiyalarni ijtimoiy me’yorlarga mos keluvchi shaklda aks ettirish yo‘lini
ko‘rsatish.
Emotsional sohada olib borilgan ishlarning o‘ziga xosligi quyidagilardan
iborat:
49
1) ish jarayoni ishtirokchilardan ochiq-oydinlikni talab qiladi, chunki
emotsiyalar insonning eng muhim va asosiy kechinmalari bilan bog‘liqdir.
SHuning uchun qatnashchilarning o‘zlarini erkin his qilishlari va ochiq
munosabatga kirisha olishlari uchun qulay muhit yaratishga harakat qilinishi
zarur;
2) mashg‘ulot boshqaruvchi-psixologdan ishonch va xavfsizlik hissini
hosil qilish va shu holatni saqlab turish uchun maxsus kuch, urinish talab etadi.
SHu tufayli guruhiy treningning bir bosqichi sifatida tez-tez agressiya va
zo‘riqishni susaytirish uchun qo‘shimcha mashqlar o‘tkazib turiladi;
3) ishtirokchilarning o‘z muammolarini abstraktlashtirishlari va ma’lum
psixologik himoya qobig‘ini his qilishlari uchun o‘rgatuvchi treningli, o‘yinli va
informatsion shakllardagi ko‘rsatma va usullardan foydalanildi.
Vazifalardan kelib chiqib, ushbu blokni uch qismga bo‘lish mumkin:
1) emotsiyalar bilan tanishish. Bu bosqichda emotsiyalar lug‘ati
kengaytirilib, emotsiya va vaziyatning muvofiqligi, turli hissiyot va emotsiyalarni
baholamasdan qabul qilish mashqlari amalga oshirildi;
2) emotsiyani aniqlash. Bu bosqichni amalga oshirishdan maqsad o‘zi va
o‘zgalarning emotsional holatini his qila olish va tushunish malakalarini
shakllantirishdan iborat;
3) emotsiyalarni aks ettirish usullari. Ushbu bo‘limda alohida emotsiyalar
bilan ishlashga urg‘u berilib, uni ma’qul suratda etkazish usuli izlandi.
SHuningdek, shaxs diqqati emotsional holatlar differensiatsiyasiga qaratildi.
Masalan, g‘azab engil norozilik sifatida ham, kuchli jahl ko‘rinishida ham aks
etishi mumkin.

Download 118.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling