Reja: Kirish I bob. O‘rta Osiyo shaharlarining paydo bo‘lishi


O‘rta Osiyoning qadimgi shaharlari to‘g‘risida Yunon-Rim-Xitoy manbalari


Download 164.5 Kb.
bet4/8
Sana02.05.2023
Hajmi164.5 Kb.
#1420883
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O\'rta osiyo

O‘rta Osiyoning qadimgi shaharlari to‘g‘risida Yunon-Rim-Xitoy manbalari
Yunon va Rim mualliflari ma’lumotlarining to’g’rilik darajasi turlichadir . Bu ma’lumotlarning asosiy qismi tasvirlangan voqealardan ancha muddat o’tgandan keyin yozilgan manbalardan olingan . Shu sababdan antik davr mualliflari asarlarida nomlari tilga olingan ayrim jug’rofiy atamalar – daryolar , tog’lar , shahar va qishloqlarning qayerda sharxlashganligini aniqlash (lokalizatsiyalash qilish) ma’lum qiyinchiliklar tug’diradi . Ularning ayrimlari turli tortishuvlarga sabab bo’lib , hozirgacha aniqlanmagan . Antik mualliflar asarlarida real voqeliklar ba’zan afsonaviy yoki yarim afsonaviy to’qimalar bilan qorishib ketadi . Yunon va Rim tarixchilarining O’rta Osiyo haqidagi ma’lumotlari uzuq – yuluq bo’lib , ko’p hollarda bu ma’lumotlar o’zaro bog’lanmagan . Shu sababdan ular asosida qadimgi zamonlarda O’rta Osiyo istiqomat qilgan xalqlar tarixining to’la va yaxlit manzarasini tasavvur qilish amri maholdir . Shunday bo’lsada , antik mualliflar bergan ma’lumotlarni tanqidiy tahlil etish hamda arxeologik va epigrafik manbalarni jalb etish asosida qadimgi tariximizni mumkin qadar teranroq o’rganishimiz kerak .1
Qadimgi Yunon va Rim tarixchilarining sharqqa qiziqishi asosan 2 ta voqea bilan bog’liq , aniqrog’i , yunon – fors urushlari va Iskandar Makedoskiyning Ahamoniylar davlatiga qarshi hujumi bilan bog’liqdir .2
O’rta Osiyo qadimgi davrdagi tarixini o’rganishda qadimgi Yunon va Rim tarixchilari hamda geograf olimlarning asaralari muhim manba bo’lib xizmat qiladi .
Gerodot garchi o’zi bayon etayotgan voqealar ustida mulohaza yuritmasa ham , ularni to’g’ri bayon etishi , o’zga xalqlar va mamlakatlar tarixiga hurmat nuqtai nazaridan qarashi bilan ba’zi tarixchilardan ajralib turadi . Gerodotning asarida O’rta Osiyoning qadimiy xalqlari bo’lmish agrippiylar , issedondar , massagetlar , daylar va saklar haqida , ularning turmushi , urf – odatlari hamda qo’shni mamlakatlar bilan aloqalari haqida qimmatli ma’lumotlarni uchratamiz . 3
Gerodot o’z asarini yozishda xilma – xil manbalardan foydalanadi , jumladan , Eron , Skifiya , Misr va boshqa mamlakatlarga qilgan sayohati cho’g’ida yiqqan ma’lumotlarni keltiradi . U O’rta Osiyoda bo’lmagan edi , lekin Kaspiy Ortidagi mamlakatlar tarixi bilan qiziqar edi . Tadqiqotchilarning fikricha , Gerodot Eronda bo’lgan chog’ida ahamoniylar davlati zodogonlari bilan suhbatlar qurib , O’rta Osiyo xalqlari hayoti haqidagi ma’lumotlari to’liq bo’lmay qolgan va ayrim hollarda o’zining noaniqligi bilan ajralib turadi . Gerodot Eron shohi Kir II ning massagetlar diyoriga hujumi , massagetlar malikasi To’maris tomonidan tor – mor etilishi va halok bo’lishi to’g’risidagi ma’lumotlarni , shuningdek , baqtriyaliklar , xorazmiylar , issedonlar , saklar haqida , ularning turmushi , urf – odatalari , harbiy kiyimlari va qurollari haqida qiziqarli ma’lumotlar keltiradi .4
Gerodot bu xalqlarning ijtimoiy hayotida ayollarning teng huquqligi va baland maqomi haqida yozadi . Bu ma’lumotlardan kelib chiqib , o’sha davr O’rta Osiyo xalqlari hayotida matriarxt sarqitlari saqlanib qolganligini taxmin etish mumkin . Gerodot bu xalqlarda kannibalizm hollari uchrashi haqida ma’lumot beradi , urug’dagi sog’lom va nuroniy qari odamni so’yib , uning go’shtini hayvonlar go’shti bilan qo’shib pishirishlari va tannovul qayd etadi . Gerodot qadimgi ajdodlarimiz chorvachilik , baliq ovi va dehqonchilik bilan shug’ullanishlarini ta’kidlaydi . Doro I davrida O’rta Osiyo xalqlari Eronga tobe bo’lganliklari va forslarga o’lpon to’lab turganliklarini aytib , Gerodot Behustun yozuvidagi ma’lumotlarni tasdiqlaydi .
Gerodot tarixning shunchaki xabarchisi emas , balki tarixni jonlantirib ko’rsatuvchi yetuk ijodkordir .Uning skiflar haqidagi nihoyatda bebaho qadrli . Ayniqsa skiflarning hayoti haqidagi hikoyalari , ularning urf – odatlari va udumlari haqidagi badiiy lavhalar shunday jonli va hayotiy tarzda ifodalanganki , ularni o’qigan o’quvchi bevosita hayajonga tushadi .
Qadimgi O’rta Osiyo haqida ma’lumotlar yozib qoldirgan tarixchilardan biri Ktesiy (mil.avv.V – IV asrlar ) hizoblanadi . Ktesiy Eron shahanshohi Artakserks II ning shaxsiy tabibi bo’lgan . Afsuski , Ktesiy asaralarning asl nusxasi bizgacha yetib kelmagan . Uning asarlaridan olingan ayrim parchalar keyingi avlod tarixchilarining kitoblarida saqlanib qolgan . Gerodot farqli o’laroq , Ktesiy faqat o’zi ko’rgan yoki eshitgan axborotlarnigina emas , balki , ba’zi uydirma ma’lumotlarni ham o’z asariga kiritgan . Shu sababdan , uning asarlaridan foydalanishda o’ta ehtiyotkorlik zarurdir . Ktesiyning Ossuriya podshosi Ninning O’rta Osiyoga qilgan harbiy hujumlari haqidagi ma’lumotlari ishonchli emas . Ktesiy o’z asarida birinchi marta Zoroastr ( Zardusht) nomini tilga oladi . U sehrgar va Baqtriya podshosi bo’lganligi ta’kidlanadi . Zardusht podsho bo’lgan emas , allbatta . Lekin uning nomi tilga olinganligi va bu nom Baqtriya bilan bog’langanligi zardushtiylik dini bu mamlakatda , ya’ni Baqtryada vujudga kelganligi to’g’risidagi taxminlarni quvvotlovchi dalillardan biridir . Ktesiy Baqtryliklarning Eron shohi qo’shini tarkibida Ossuriya tor – mor etishda qatnashganligini ma’lum qiladi . 5
Ktesiy ham sak ayollari jasur va harbiy ishlarga moyil ekanliklarini ta’kidlaydi . Shu bilan bog’liq holda u saklar malikasi Zarineya haqidagi hikoyani keltiradi . Zarineya o’zining birinchi eri va akasi Kidrey halok bo’lganidan so’ng Parfiya viloyatining hokimi Mermerga turmushga chiqadi . Forslar bilan jangda Zarineya yaralanadi va jang maydonini tashlab ketadi . Striangey nomli fors uni ta’qib etadi va qo’lga tushiradi , lekin Zarineyaning iltimosiga ko’ra uni ozod etadi . Keyingi jangda esa Zarineyaning eri Mermer Striangeyni asirga oladi va Zarineyani yalinishiga qaramay uni o’ldirmoqchi bo’ladi . Shunda Zarineya asirlarni ozod etib , ular bilan birga erini o’ldiradi va Parfiya viloyatini Eron shohiga berib , u bilan do’stona munosabat o’rnatadi . Ktesiy keltirgan bu ma’lumot naqadar to’g’ri ekanligini bilish qiyin , lekin bu hikoya Gerodotning – sakalar jamiyatida ayollar roli : yuqori ekanligini haqidagi axborotni tasdiqlaydi . Ktesiy Eron shohi Kirning halok bo’lishi to’g’risida Gerodotdan ancha farq qiladigan ma’lumotlar keltiradi . Uning yozishicha , Kir derbikalar bilan bo’lgan jangda yarador bo’lib , otdan yiqlib tushadi , shundan so’ng Kir vafot etadi . Ktesiyning bu ma’lumoti to’g’ri emas , deb aytish mumkin , chunki boshqa manbalarda bunday axborot uchramaydi .
Gerodot va Ktesiydan boshqa Yunon tarixchilari ham o’z asarlarida O’rta Osiyo xalqlari to’g’risida ma’lumotlar beradilar . Ulardan Kesnofont (mil.avv.445 – 355) o’zining tarixiy – siyosiy roman janrida yozilgan “Kiropediya”nomli asarida Baqtryalikalar , saklar va girkaniyaliklarning fors shohi Kir tomonidan bo’ysundirilishi va uning qo’shini tarkibida Ossuriyani zabt etishda qatnashganliklarini ko’rsatib o’tadi .
Yuqorida takidalab o’tilganidek , antik mualliflarning O’rta Osiyoga qiziqishlarining ortishiga sabab bo’lgan yana bir muhim tarixiy voqea – Iskandar Zulqarnaynning sharqqa hujumlaridir . Ko’p mualliflar Iskandar tarixini yoritish jarayonida u bosib olgan mamlakatlar haqida , shu jumladan , O’rta Osiyo to’g’risida ma’lumotlar yozib qoldirganlar . 6Iskandar hayoti va faoliyati haqidagi tarixiy asarlarining eng muhimi – bu Arrinanning “Iskandar hujumlari” nomli asaridir . Bu asar milodiy II asrda , Iskandar davridan 5 asr o’tgandan keyin yozligan . “Iskandar hujumlari”buyuk sarkarda shaxsiga maddohlik ruhida taklif etilgan asardir .7
Arrian Flaviy (95-175) yirik yunon yozuvchisi , tarixchisi va geograf olimi , Kichik Osiyoning Nikomadiya shahridan . U “Iskandar haqida”, “Parfiyaliklar haqida”, “Hindiston” va 7 jildlik “Iskandarning hujumlari”nomli kitoblar muallifidir .

Download 164.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling