Reja: Kirish I bob. O‘rta Osiyo shaharlarining paydo bo‘lishi


Antropologik tadkikotlarda o’zbek xalki shakllanishining asosiy 3 davri kayd etiladi


Download 164.5 Kb.
bet3/8
Sana02.05.2023
Hajmi164.5 Kb.
#1420883
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O\'rta osiyo

Antropologik tadkikotlarda o’zbek xalki shakllanishining asosiy 3 davri kayd etiladi:
1. Miloddan avvalgi 3-2 mingyilliklarda O‘rta Osiyoning cho’l rayonlarida antropologik kurinish vujudga keladi. Dastlab bu kurinish Sirdaryoning O‘rta oqimi (Toshkent voxasi), Fargona vodiysida paydo buladi. Miloddan avvalgi 1 mingyillikning oxirida bu axolii Xorazm va janubiy Qozogistonning Chimkent viloyati va Yettisuvda paydo buladi. Miloddan avvalgi 3-2 asrlarda bu axoli turli tarmoklar orkali Markaziy Osiyoning markaziy va janubiy xududlariga kirib boradilar.
2. Bu jarayon yozma manbalarda tilga olingan bo‘lib, Yunon-Baktriyaning yuechjilar tomonidan bosib olinishi va Buyuk Kushon Imperiyasining to’zilishi davriga tugri keladi. Yuechjilarning yurishi tugrisidagi antropologik tadqiqotlar quyidagi ma'lumotlarni beradi:
3. Sirdaryo past oqimining chul xududlarida yashovchi kuchmanchi va yarim kuchmanchi qabilalar Markaziy Kizilkum (Uchkuduk, Toshdi, Yo’zkuduk)dan utib bir kismi Samarqand atrofida (Kattakurgon) o’rnashgan. Qolgan qismi esa Qarshi (yerkurgon) orkali Surxandaryoga (Kuxna Termiz, Dalvarzin, Shoxtepa, Ayraposh) o’tib bu yerdagi katta shaxar va kishloklarda urnashganlar. Bu kuchmanchi va yarimkuchmanchi axolining ikkinchi guruxi kadimgi Buxoro voxasi orkali Turkmanistonning janubiy viloyatlariga utganlar. Natijada tekisliklarda o’zbek va tojik antropologik tipii keng tarkaladi. O’zbek xalki shakllanishidagi ikkinchi eng muxim davr 9-12 asrlar sanaladi. Bu davrda O‘rta Osiyoda va ayniqsa O’zbekiston xududida axolining asosiy kismi o’zbek antropologik tipga utganlaryu Antropologik tadkikotlar va ularning natijalariga kura bu davrning o’zi 2 ta bulimga bulinadi: 1.9-10 asrlar; 2. 11-12 asrlar. O’zbekiston xududida 9 asrda maxalliy axolining antropologik kurinishida muxim o’zgarishlar sodir buldi.O’zbeklarning xalk sifatida shakllanishi fanda 11-12 asr deb belgilangan. Bu jarayon 9-10 asrlarda boshlangan.
Mung’ul boskinlari natijasida O’zbekiston axolisining tashki kurinishi deyarli o’zgarmagan. Mungul davlatining axolisi 6-7 million kishidan iborat bulgan. Agar 6 kishidan 1 tasini xarbiy ishga chakirgan deb belgilab olsak, shunda mug’ul kushinlarining umumiy soni 100-110 ming kishidan iborat bulgan. Xitoyga yurish davrida (1211,1215 yillar) Chingizxon o’zining ko’plab askarlaridan ajralgan va kushinini turkiy tilli axoli xisobidan tuldirib olgan. Shunday kilib, Chingizxonning Xorazmshoxlar davlatiga xujum kilgan paytda uning kushini asosan turkiy tilli axolidan iborat bulgan. Shuning uchun xam mugul boskini O‘rta Osiyo axolisining tashki kurinishi va antropologik tipiga ta'sir utkaza olmagan. Maxalliy axolida mongoloid irkining xech qanday belgilari mavjud bulmagan.O’zbek xalki shakllanishining uchinchi eng muxim davri 15 asrning oxiri va 16 asrdir. Bu davrda O‘rta Osiyoga Dashti Qipchok o’zbeklari kirib kelganlar. Aynan ular maxalliy turkiy tilli axoliga o’z nomlarini berganlar. Shuning bilan birga ba'zi joylardagi o’zbek axolining tashki kurinishida xam ba'zi o’zgarishlar sodir buladi. Kuchmanchi o’zbeklar ko’p aralashgan joylarda mongoloid irkining ta'siri sezila boshlaydi. Shunday kilib, o’zbek xalkining shakllanishi-o’zun, boy tarixga ega, murakkab jarayondir. O’zbek xalqining asosini maxalliy sugdliklar, baktriyaliklar, saklar, massagetlar, kanguylar, dovonliklar va xokazolar tashkil etgan.O’zbek xalqi shakllanishining barcha davrlarida maxalliy axoli son jixatdan kelgindi axoliga nisbatan kup bulgan. Ammo kelgindilar maxalliy axoliga o’z tillarini berganlar. Shunga karamay ular maxalliy axolining tashki kurinishiga kup ta'sir utkaza olmaganlar.


Download 164.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling