Reja: Kirish I bob. Pedagogika va psixologiyaga oid adabiyotlarda shaxs tarbiyasi masalalari I


Download 220.91 Kb.
bet1/10
Sana21.11.2023
Hajmi220.91 Kb.
#1791142
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Reja Kirish I bob. Pedagogika va psixologiyaga oid adabiyotlard


Reja:
Kirish
I BOB. Pedagogika va psixologiyaga oid adabiyotlarda shaxs tarbiyasi masalalari
I.1. Barkamol shaxsni tarbiyalashning maqsad va vazifalari
I.2. Barkamol avlod va u bilan bog‘liq tushunchalarning tavsifi
I.3. Barkamol avlod tarbiyasida yuksak ma’naviyatni shakllantirish – muhim omil sifatida
II BOB. Barkamol shaxsni tarbiyalashda Abdulla Avloniyning ma’rifatparvarlik qarashlaridan foydalanishning shakl va usullari
II.1. Allomalarning asarlarida tarbiya masalalari
II.2. Abdulla Avloniyning didaktik qarashlari mazmuni
II.3. Abdulla Avloniy ,,Birinchi muallim” asarini tahlil qilish
III Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
Mundarija
Kirish
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi: Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, turli jabhalarda rivojlanish sari ildam odimlab bormoqda. Ushbu jarayon o‘z-o‘zidan yosh avlod ongiga, dunyoqarashiga, ayniqsa uning ta'lim-tarbiya jarayoniga o‘z ta'sirini sеzilarli darajada namoyon etib kеlmoqda. Bizning ishimizda Abdulla Avloniyning ma’rifatparvarlik qarashlari asosida barkamol shaxs tarbiyasi va asarlaridagi bilim, ta'lim tushunchalarini boshlang‘ich sinflarda qo‘llanilayotgani va yana qay holda qo‘llash hamda natijalarini organishdir. Abdulla Avloniyning asarlarida ta’lim-tarbiya, pand-nasihatlar har tomonlama komil insonni tarbiyalaydigan shu bilan birgalikda didaktik tushunchalar yaqqol ko‘rinib turadi. «Turkiy guliston yoxud axloq» asari 1913 yilda yozilgan bo‘lib, u axloqiy- ta`limiy asardir. Muallif bu kitob boshlanishiga «Man xastayamu millatim o‘lmish nega bemor?» degan ritorik so‘roq qo‘ygan va asar davomida ushbu savolga javob berishga harakat qilgan. «Turkiy guliston yoxud axloq» asari «Axloq», «Tarbiya», «Yaxshi xulqlar», «Yomon xulqlar» deb nomlangan qismlarga bo‘linadi. Asarda diyonat, sa`y va g‘ayrat, riyozat, shijoat, qanoat, sabr, nafs, vijdon, iffat, oliyhimmatlik va shu kabi yuksak axloqiy tushunchalar, zulm, nifoq, ta`ma, xasad, loqaydlik, g‘iybat, xaqorat, uyatsizlik, namimat (chaqimchilik), adovat kabi yomon xulqlar millat va vatan saodatiga e`tiborsizlik va bepisandlik bilan bog‘langan holda muhim ijtimoiy muammo sifatida talqin etilgan. Yuqorida aytib o‘tilganidеk, Abdulla Avloniyning asarida inson kamoloti masalasi markaziy masala bo‘lib hisoblanadi. Uning asarida insonning jamiyat va hayotda tutgan o‘rni, burch va vazifalari haqidagi muammolar o‘ziga xos bir tarzda bayon etiladi. Abdulla Avloniy insonnning baxt-saodatga, erishuvi faqat bilimga bog‘liqligini e'tirof etadi. Mustaqil mamlakatimizning ham oliy maqsadi har tomonlama yеtuk barkamol shaxsni voyaga yеtkazishdir. Biz har ikki jihatdagi mushtarak maqsadni amalga oshirish uchun boshlang‘ich sinfda sinf o‘quvchilarni tarbiyalashda Abdulla Avloniyning ma’rifatparvarlik qarashlari asosida barkamol shaxsni tarbiyalashni maqsadga muvofiq dеb hisobladik.

Download 220.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling