Reja: Kirish I. Bob. Savod o`rgatish davrida o`quvchilarni diktant yozishga o`rgatish masalalari


Kurs ishi mavzusining o`rganilganlik darajasi


Download 64.64 Kb.
bet2/3
Sana09.06.2023
Hajmi64.64 Kb.
#1474857
1   2   3
Bog'liq
Boshlang`ich sinf o`quvchilarini yozilishi qiyin so`zlarni yozis

Kurs ishi mavzusining o`rganilganlik darajasi: Boshlang’ich sinf o’quvchilarining o’z nuqtai nazariga, qarashlariga ega insoniy fazilatlar sohibi sifatida shakllanishi esa ularning xatti-harakatlari, o’z burchiga munosabati, atrofdagilar bilan muloqoti orqali yaqqol namoyon bo’ladi. Shu bois, o’quvchilarning yozma va og’zaki nutqini o’stirish, muloqot madaniyatini egallab borishlarida ta’lim hamda tarbiya imkoniyatlaridan foydalanish ham dolzarb ahamiyatga ega. Mazkur malakaviy ishida savod o’rgatish davrida ta’limiy diktantlardan foydalanish orqali dars samaradorligini o’stirish omillari, samarali metod va usullarni qo’llash texnologiyasi asosidagi darslarni loyihalashtirish metodikasi yoritilganligi uning dolzarbligini belgilaydi. Bolaning jismoniy va psixologik rivojlanishidagi eng asosiy davr — bu boshlang’ich sinf davridir.
Hammamiz bilamizki, sobiq tuzum sharoitida bu masalaga, afsuski, yetarlicha ahamiyat berilmas edi. Quyi sinflarda dars berish asosan, o’rta maxsus ma’lumotga ega bo’lgan muallimlarga topshirib qo’yilgan edi. Boshlang’ich ta’limning yosh avlod hayotidagi roli va ahamiyatini hisobga olgan holda, bunday nomaqbul holatga butunlay barham berildi va bu vazifani bugungi kunda oliy ma’lumotli, yuksak professional mahoratga ega bo’lgan pedagog kadrlar bajarmokda. Qabul qilinadigan dasturda boshlang’ich ta’limning sifatini oshirish, ta’lim standartlari, o’quv dasturlari, Darslik va qo’llanmalarni takomillashtirish, ilg’or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyala-rini keng joriy etish masalalari o’z ifodasini topishi kerak. Ayni paytda, "Sog’lom bola yili"-ning maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda, farzandlarimizda, ayniqsa, qiz bolalar o’rtasida jismoniy tarbiya va sportga mehr uyg’otish, sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish bo’yicha aniq tadbirlarni belgilab, amalga oshirishimiz lozim. To’rtinchidan, hammamizga ayonki, farzandlarimizni, yangi avlodni sog’lom va barkamol qilib voyaga yetkazish, bu maqsadga erishish, hech shubhasiz, davlatimiz, jamiyatimizning e’tibor markazida turishi, olib borayotgan siyosatimizning ustuvor yo’nalishi bo’lib qolishi shart. Shu maqsadda bu masalaga daxldor va mutasaddi bo’lgan qaysi soha, qaysi jarayonni olmaylik, ularning barchasini rivojlantirish, yangi, zamonaviy bosqichga ko’tarishda davlatning roli katta ekani hech kimga sir emas.

Download 64.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling