Reja: kirish: I. Bob. Takrorlanuvchi jarayonlani tashkil etish
while operatori orqali sikllarni tashkil etish
Download 256.73 Kb.
|
sar
- Bu sahifa navigatsiya:
- НАТИЖА: counter : 1 counter : 2 counter : 3 counter : 4 counter : 5 1. Tushunarlilik
- Diskretlilik
while operatori orqali sikllarni tashkil etish
while operatori yordamida tsikllarni tashkil etishda operatsiyalar ketma-ketligi tsiklning davom etish sharti «to’g’ri» bo’lsagina uning navbatdagi operatsiyalari amalga oshiriladi. Dasturda counter o’zgaruvchisi qiymati toki 5 ga teng bo’lgunga qadar oshib borar edi. Bu while operatori yordamida amalga oshirilgan. while операторини қўллаш. 1.include 2. int main() 3. {
4. int counter=0; //Бирламчи кийматни ўзлаштириш 5. while(counter<5)//Цикл шартини текшириш 6. {
7. counter ++;
8. cout << “counter :’’ << counter << “. \n”; 9. }
10. cout<<“Tsikl tugadi.Counter:”< НАТИЖА: counter : 1 counter : 2 counter : 3 counter : 4 counter : 5 1. Tushunarlilik. Algoritm ijrochiga tushunarli bo‘lishi uchun ijrochining imkoniyatlarini bilish lozim. Agar ijrochi inson bo‘lsa, u holda algoritm insonning imkoniyatlaridan kelib chiqib tuzilishi kerak. Bunda ko‘zlangan maqsad va algoritmdan kelib chiqib inson tushunadigan til, insonning bilimi, hayotiy tajribasi, kasbiy malakasi, yoshi, qolaversa, jismoniy imkoniyatlari hisobga olinishi zarur. Agar ijrochi texnik vosita (masalan, kompyuter, elektron soat, dastgohlar) bo‘lsa, u holda algoritm shu texnik vositaning imkoniyatlaridan kelib chiqib tuzilishi kerak. Demak, berilayotgan har qanday ko‘rsatma ijrochinining ko‘rsatmalar sistemasidan olinishi, Ya’ni ijrochi uni qanday bajarishni bilishi kerak ekan. 2. Aniqlik. Algoritmdagi barcha amallar, ko‘rsatmalar yoki buyruqlar bir ma’noli va aniq bo‘lishi kerak. Masalan, “ozgina tuz solinsin” ( bir osh qoshiqmi yoki bir choy qoshiqmi yoki bir piyolami?), “keragicha suv quyilsin” (kerak deganda qancha suv nazarda tutildi: 1 litrmi, 100 litrmi, 1 tonnami?), “insho yozib kelinsin” (qaysi mavzuga oid?) kabi ko‘rsatmalar har xil (ko‘pincha keraksiz) natijalarga olib keladi. Bundan shunday xulosaga kelamiz, aniqlik xossasiga asosan algoritm ijrochisi ko‘rsatmalar ketma-ketligini mexanik ravishda xatosiz bajaradi va qo‘shimcha izohlar talab qilmaydi. 3. Diskretlilik (uzluklilik, alohidalik). Algoritmda masalani yechish jarayoni alohida olingan sodda ko‘rsatmalar ketma-ketligini qadamma-qadam bajarishdan iborat bo‘lishi kerak. Bu xossa avvalgi darsdagi misollarda yaqqol ko‘rinib turibdi. 4. Natijaviylik (cheklilik). Algoritmni tavsifida “biror maqsadga erishishga qaratilgan” jumlasi ishlatilgan. Bu maqsadni yuqorida keltirilgan misollarda ko‘rishimiz mumkin: choy damlash, g‘ishtlar sonini hisoblash, yig‘indini hisoblash. Bular algoritmning natijaviylik (cheklilik) xossasi bilan bog‘liq. Bu xossaning mazmuni shundan iboratki, har qanday algoritm ijrosi chekli qadamdan so‘ng oxir-oqibat ma’lum bir yechimga olib kelishi kerak. Shuni ta’kidlash joizki, algoritm avvaldan ko‘zlangan maqsadga erishishga olib kelmasligi ham mumkin. Bunga ba’zan algoritmning noto‘g‘ri tuzilgani yoki boshqa xatolik sabab bo‘lishi ham mumkin. Ikkinchi tomondan, qo‘yilgan masala ijobiy yechimga ega bo‘lmasligi ham mumkin. Lekin salbiy natija ham natija deb qabul qilinadi. Bu yig‘indi hisoblash uchun, i ning har bir qiymatida j bo‘yicha ko‘paytmani hisoblab, avval yig‘indi ustiga ketma-ket qo‘shib borish kerak bo‘ladi. Bu jarayon quyidagi blok–sxemada aks ettirilgan. Bu yerda i-tashqi sikl - yig‘indi uchun, j-esa ichki sikl-ko‘paytmani hosil qilish uchun foydalanilgan. Hozirgi paytda o’nlik sanoq tizimida arifmetik amallarni bajarish usullari hisoblash algoritmlariga soddagina misol bo’la oladi xolos. Hozirgi zamon nuqtai nazaridan algoritm tushunchasi nimani ifodalaydi? Ma’lumki, inson kundalik turmushida turli-tuman ishlarni bajaradi. Har bir ishni bajarishda esa bir qancha elementar (mayda) ishlarni ketma-ket amalga oshirishga to’g’ri keladi. Mana shu ketma-ketlikning o’zi bajariladigan ishning algoritmidir. Ammo bu ketma-ketlikka e’tibor bersak, biz ijro etayotgan elementar ishlar ma’lum qoida bo’yicha bajarilishi kerak bo’lgan ketma-ketlikdan iborat ekanligini ko’ramiz. Agar bu ketma-ketlikdagi qoidani buzsak, maqsadga erishmasligimiz mumkin. Masalan, shaxmat o’yinini boshlashda shohni yura olmaymiz, chunki bu o’yin algoritmida yurishni boshqa bir shaxmat donalaridan boshlash kerak yoki palov pishirish algoritmida birinchi navbatda qozonga suv solib ko’ringchi, osh qanday bo’lar ekan. Berilgan matematik ifodani soddalashtirishda amallarning bajarilish ketma-ketligiga e’tibor bermaslik noto’g’ri natijaga olib kelishi barchaga ma’lum. Demak ishni, ya’ni qo’yilgan masalani bajarishga mayda elementar ishlarni muayyan ketma-ketlikda ijro etish orqali erishiladi. Bundan ko’rinib turibdiki, har bir ish qandaydir algoritmning bajarilishidan iboratdir. Algoritmni bajaruvchi algoritm ijrochisidir. Algoritmning ijrochisi masalaning qanday qo’yilishiga e’tibor bermagan holda natijaga erishishi mumkin. Buning uchun u faqat avvaldan ma’lum qoida va ko’rsatmalarni qat’iy bajarishi shart. Bu esa algoritmning juda muhim xususiyatlaridan biridir. Umuman, ajgoritmlarni ikki guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruh algoritmning ijrochisi faqat inson bo’lishi mumkin ( masalan palovni faqat inson pishira oladi), ikkinchi guruh algoritmlarning ijrochisi ham inson, ham EHM bo’lishi mumkin (faqat aqliy mehnat bilan bog’liq bo’lgan masalalar). Ikkinchi guruh algorimtlarning ijrochisini EHM zimmasiga yuklash mumkin. Buning uchun algoritmni EHM tushunadigan biror tilda yozib, uni mashina xotirasiga kiritish kifoya. Shunday qilib, biz algoritm deganda, berilgan masalani yechish uchun ma’lum tartib bilan bajarilishi kerak bo’lgan chekli sondagi buyruqlar ketma-ketligini tushunamiz. Biror sohaga tegishli masalani yechish algoritmini tuzish algoritm tuzuvchidan shu sohani mukammal bilgan holda, qo’yilgan masalani chuqur tahlil qilishni talab qiladi. Bunda masalani yechish uchun kerak bo’lgan ishlarning rejasini tuza bilish muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, masalani yechishda ishtirok etadigan ob’ektlarning qaysilari boshlang’ich ma’lumot va qaysilari natijaligini aniqlash, ular o’rtasidagi o’zaro bog’lanishni aniq va to’la ko’rsata bilish, yoki dastur (programma) tuzuvchilar tili bilan aytganda, masalaning ma’lumotlar modelini berish lozim. Berilgan masala algoritmini yozishning turli usullari mavjud bo’lib, ular qatoriga so’z bilan, bloktarh (bloksxema) shaklida, formulalar, operatorlar yordamida, algoritmik yoki dasturlash tillarida yozish va hokazolarni kiritish mumkin. Download 256.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling