Reja kirish I bob


Jahon xo'jaligining mohiyati, vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlari


Download 56.53 Kb.
bet4/8
Sana10.01.2023
Hajmi56.53 Kb.
#1087188
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
JAHON XO’JALIGI GLABALIZATSIYASI VA UNGA TA\'SIR ETUVCHI OMILLAR

2.1 Jahon xo'jaligining mohiyati, vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlari
Jahon iqtisodiyotiga keng va tor ma'nolarda ta'rif berish mumkin . Keng ma'noda jahon iqtisodiyoti — bu milliy iqtisodiyotlar yig'indisi sifatidagi tizim hisoblansa, tor ma'noda — bu milliy iqtisodiyotning tashqi dunyoga tovarlar, xizmatlar va iqti¬sodiy resurslar yetkazib beruvchi qismlarinigina qamrab oluvchi tizimdir.Shu bilan birga sotiladigan mahsulotlar va omillarga asoslangan xo'jalik aloqalari yuzlab milliy xo'jaliklarni «jahon iqtisodiyoti» deb ataladigan bir tizimga birlash-tirishini e'tiborga olish lozim. Shu sababdan ham jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar o'zaro bog'liqdir.
Jahon iqtisodiyotining subyektlari. Jahon xo'jaligi tizimini sodda holda uning tarkibiy qismlari yoki asosiy qatnashchilari — subyektlaridan iborat mexanizm ko'-rinishida ifodalash mumkin. Ushbu subyektlarning asosiylari milliy iqtisodiyotlar, transmilliy korporatsiyalar (TMK), integratsion birlashmalar, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar hisoblanadi.Milliy iqtisodiyotlar jahon iqtisodiyotining asosiy subyekti sanaladi. Milliy iqti-sodiyotlarga xos asosiy xususiyat shundaki, dunyoning aksariyat mamlakatlari iqti¬sodiy suverenitetni saqlab kelishmoqda. Globallashuv jarayoni tufayli tashqi bosim-ning kuchayishiga qaramasdan mamlakatlarda eng muhim iqtisodiy qarorlar tashqa-ridan emas, balki milliy hukumatlar tomonidan qabul qilinmoqda. Shuning uchun ham jahon iqtisodiyotini tahlil etishda sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakat¬larda mavjud iqtisodiy rivojlanish tendensiyalariga tayanish lozim.
TMKlar faoliyati natijasida aksariyat mamlakatlar iqtisodiyoti o'zaro birla-shib, xalqaro hududiy iqtisodiy birlashmalarni tashkil etmoqda. Ushbu birlashmalar jahon xo'jaligining muhim mexanizmiga aylandi, ba'zilari, jumladan Yevropa Ittifoqi (Yel) tashqi dunyoda o'z a'zolari nomidan faoliyat olib bormoqda. Ammo ko'pchilik mintaqaviy integratsion birlashmalar (Yel va Shimoliy Amerika erkin savdo assotsiatsiyasidan (NAFTA) tashqari) o'z a'zolari milliy iqtisodiyotiga kuch-li ta'sir ko'rsatmaydi. Hozircha xalqaro iqtsodiy integratsiya jahonning nisbatan rivojlangan hududlarida muvaffaqiyatli amalga oshmoqda, boshqa hududlarda esa ushbu jarayon ularning rivojlanish darajasining ortishi bilan chuqurlashib boradi.
Xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning muhim vazifalaridan biri —jahon iqtiso-diyotining rivojlanishi to'g'risida statistik tahlillar, hisobotlar tayyorlashdan iborat. Amaliyotda Xalqaro valyuta fondi (XVF) (World Economic Outlook), Umumjahon banki guruhi (World Development Report), YuNKTAD (World Investment Report), Umumjahon savdo tashkiloti (UJST) (World Trade Report) va boshqa tashkilotlar¬ning nashrlari keng foydalaniladi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning mohiyati va shakllari. Jahon iqtisodi-yotining tizim sifatidagi faoliyati tovarlar, xizmatlar va ishlab chiqarish omillari-ning harakati bilan bog'liq. Ushbu bog'liqlik asosida xalqaro iqtisodiy munosabat¬lar yuzaga keladi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar — bu rezidentlar va norezidentlar o'rtasidagi xo'jalik munosabatlaridan iborat.
Milliy iqtisodiyotning baynalminallashuvida xalqaro savdo tarixiy ahamiyat kasb etadi. Savdo aloqalari quldorlik tuzumida ham olib borilgan. Misol tariqasida Rim imperiyasi davridayoq yuridik jihatdan rasmiylashtirilgan xalqaro savdo-sotiqlarning o'tkazilganligini keltirish mumkin. Bu turdagi savdo-sotiqlar feodalizm tuzumida ham mavjud bo'lgan. Biroq mazkur ijtimoiy-iqtisodiy tizimlardagi natural xo'jalik yuritishga xos xususiyatlar tufayli xalqaro ayirboshlashga ishlab chiqarilgan tovarlar-ning juda oz qismi (qimmatbaho gazlamalar, javohirlar, ziravorlar, mineral xomashyo-larning ba'zi bir turlari, shirinliklar va h. k.) kelib tushgan. Natural xo'jalik yuritish-dan tovar ishlab chiqarishga o'tish asosida kapitalistik munosabatlarning yuzaga keli¬shi xalqaro savdo va jahon xo'jalik aloqalarining rivojlanishiga katta turtki bo'ldi.
Jahon xo'jaligining rivojlanishidagi ikkinchi bosqich XVII asrning birinchi yar-mi— XIX asrni qamrab oladi. Ushbu bosqich jahon kapitalistik bozorining shaklla¬nishi, xalqaro mehnat taqsimotining rivojlanishi (sanoat to'ntarishi, burjuaziya inqilobi, manufakturadan fabrikali ishlab chiqarish tizimiga o'tish), jahon savdosining xalqaro iqtisodiy munosabatlar shakli sifatida rivojlanishi, milliy tovarlar eksportining ko'payishi bilan tavsiflanadi. Mamlakatlar o'rtasidagi savdo integratsiyasining zaiflashuvi xo'jalik hayotining baynalminallashuvi bilan bog'liq quyidagi tamoyillar hisobiga rivojlangan:
Jahon xo'jaligining rivojlanishidagi ikkinchi bosqich XVII asrning birinchi yar-mi— XIX asrni qamrab oladi. Ushbu bosqich jahon kapitalistik bozorining shaklla¬nishi, xalqaro mehnat taqsimotining rivojlanishi (sanoat to'ntarishi, burjuaziya inqilobi, manufakturadan fabrikali ishlab chiqarish tizimiga o'tish), jahon savdosining xalqaro iqtisodiy munosabatlar shakli sifatida rivojlanishi, milliy tovarlar eksportining ko'payishi bilan tavsiflanadi. Mamlakatlar o'rtasidagi savdo integratsiyasining zaiflashuvi xo'jalik hayotining baynalminallashuvi bilan bog'liq quyidagi tamoyillar hisobiga rivojlangan:
Jahon xo'jaligining rivojlanishidagi uchinchi bosqich I va II jahon urushlari davrini o'z ichiga oladi. Ushbu davr jahon mamlakatlari iqtisodiyotining 1920-yil-dan keyingi jadal rivojlanishiga qaramay xalqaro moliya tizimining yuqori daraja-da beqarorligi, industrial mamlakatlardan uzoq muddatli kapitallarning chiqib keti-shi bilan ajralib turadi.
Jahon iqtisodiyotining rivojlanishidagi to'rtinchi bosqich II jahon urushining oxirlaridan boshlanib, 90-yillarning birinchi yarmiga qadar davom etdi. Ush¬bu davr xalqaro iqtisodiy munosabatlarni qaytadan yo'lga qo'yish yoki yangi xal¬qaro iqtisodiy tartibni shakllantirish davri sifatida tavsiflanadi.
Jahon xo'jaligining beshinchi — zamonaviy rivojlanish bosqichi 90-yillarning boshlaridan boshlandi. O'zaro iqtisodiy yordam kengashi (O'lYoK) va sobiq Sovet Ittifoqining parchalanishi, Sharqiy va Markaziy Yevropa mamlakatlarining bozor iqti¬sodiyotiga o'tishi, xalqaro integratsiya jarayonlarining kuchayishi va xalqaro korpora-tsiyalarning jahon xo'jaligi subyekti sifatidagi rolining ortib borishi jahon iqtisodiyo¬tining zamonaviy rivojlanish bosqichidagi asosiy omillar hisoblanadi.
Jahon xo'jaligining amal qilish jarayoni XX asr oxiri va XXI asr boshlariga kelib zamonaviy jahon iqtisodiyotiga xos qator rivojlanish tamoyillari va qonuniyatlarini ajratib ko'rsatish imkonini beradi.
1. Dunyo mamlakatlari xo'jalik hayotining baynalminallashish jarayo¬nining chuqurlashuvi.
2. Tashqi iqtisodiy aloqalarning erkinlashuvi
3. Hududiy iqtisodiy integratsiyaning kuchayishi
4. Ishlab chiqarish va kapitalning transmilliylashishi
5. Jahon xo'jalik aloqalarini davlatlararo tartibga solish tizimining shakl¬lanishi va iqtisodiy qoidalarning birxillashuvi
6. Jahon xo'jaligining globallashuvi
Jahon xo’jaligi – bu xalqaro mehnat taqsimoti, savdo-ishlab chiqarish, moliyaviy va milliy–texnikaviy aloqalar orqali birlashgan turli mamlakatlar xo’jaliklar tizimidir.
Jahon xo’jaligi sub‘ektlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi
O’z xo’jaligi sub‘ektlarini majmuini oluvchi davlat;
Transmilliy korporatsiyalar;
Xalqaro tashkilot va institutlar;
Milliy iqtisodiyot chegarasidan chiqqan, xo’jalik barcha sohalari tarkibidagi firmalar.
Jahon xo’jaligi milliy xo’jalikdan yagona jahon bozorining mavjudligi bilan farqlanadi. Jahon bozorining rivojlanishining va uni amal qilishiga mamlakatlarning iqtisodiy siyosati ahamiyatli ta‘sir ko’rsatadi. Jahon bozorining o’ziga xos xususiyati bo’lib jahon narxlari va xalqaro raqobat tizimining amal qilishi hisoblanadi.
Aynan xalqaro raqobatning mavjudligi turli darajada milliy qiymatlari yagona baynalminal qiymatga keltiriladi. Mamlakatlar o’rtasidagi sotish bozorinig egallash uchun keskin raqobat kurash olib boriladi.
Mamlaktlar iqtisodiy rivojlanish darajasi va iqtisodiy ko’rsatkichlari bir xil bo’lmaydi. Ular quyidagi ko’rsatkichlarda namoyon bo’ladi:
1. Milliy va nisbat YaIM;
2. Milliy daromad va uning aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi miqdori;
3. Milliy iqtisodiyotning tormoq tuzilmasi;
4. Mamlakat eksporti va importi tarkibiy tuzilmasi;
5. Aholining turmush darajasi va sifati.
Iqtisodiyotni farqi pasaytirish va undagi farqni bartaraf etish maqsadida ishlab chiqarish baynalminallashuv boradi, iqtisodiy aloqalar kuchayadi hamda iqtisodiy munosabatlar kengayib boradi.
Iqtisodiy jarayonlarni baynalmillashuvi natijasida jahon xo’jaligining quyidagi tarkibi vujudga keldi:
1) Tovar va xizmatlar bozori;
2) Kapitallar jahon bozori;
3) Ishchi kuchi jahon bozori;
4) Xalqaro valyuta tizimi;
5) Xalqaro kredit-moliya tizimi.
Iqtisodiy aloqalar negizida shakllangan jahon xo’jaligi asosida xalqaro mehnat taqsimoti yotadi. Xalqaro mehnat taqsimoti (XMT) alohida mamlakatlarning ma‘lum turlarini ishlab chiqarish bo’yicha ixtisoslashuvini ifodalaydi. Mehnat taqsimotining rivojlanishuvi asosan tabiiy sharoitlardagi tafovutlarga asoslangan edi.
Mehnat turlarini kupayib boradi, ularning negizida barqaror mehnat taqsimoti va jahon bozori tarkib topadi. Takror ishlab chiqarish jarayonlarining baynallminallashuvi o’zining har ikkala shaklida: integratsion (milliy xo’jaliklarning yaqinlashuvi, o’zaro moslushuvi orqali) va transmilliy (xalqaro ishlab chiqarish majmuasining tuzilishi orqali) shakllarida kuchayadi.
Iqtisodiy hayotnig baynalminallashuvi jarayoni ham muhim o’rin tutadi. Bu har ikkala tushuncha o’zaro bog’li bo’lib, ular jahon xo’jaligi sub‘ektlarining umumiy maqsadlarga erishish yo’lidagi xatti-harakatlarining birlashuvi jarayonini aks ettiradi. SHuningdek, bu tushunchalar bir-biridan farq qilib, ular bir hilda bo’lmagan xo’jalik birlashmalari miqyoslarini ifodaladilar.
Baynalminallashuv - bu jahon xo’jaliginig bir necha sub‘ektlari o’rtasidagi o’zaro aloqalarini o’rnatilishi va rivojlanishnig dastlabki bosqichidir.
Globallashuv (lotincha “globus” - yer kurrasi) - jahon xo’jaligining butun makonini qamrab oluvchi iqtisodiy munosabatlar yagona tarmog’ining tashkil topishi va rivojlanishini anglatadi.
Globallashuv jarayoninig quyidagi yo’nalishlarini ajratib ko’rsatish mumkin:
1) Mulkchilik munosabatlarining globallashuvi;
2) Kooperatsiya va mehnat taqsimotining nistabat yuqori darajasiga o’tish;
3) Xo’jalikning tashkil etishning butunlay yangi shakillarining paydo bo’lishi va rivojlanishi;
4) Xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning tartibga soluvchi rolini rivojlanishi.
SHuningdek, jahon xo’jaligi globallashuv jarayonlarining ziddiyatli tomonlari ham mavjud. Bu ziddiyatlarning asosiylari quyidagilardan iborat:
- turli mamlakatlardagi iqtisodiy rivojlanishning bir tekisda bormasligi;
- boy va qashshoq mamlakatlar o’rtasidagi farqning qo’chayishi;
- ekologiya halokat tahdidlarinig kuchayib borishi;
- turli mamlakatlarda aholi sonining o’zgarishining farqlanishi va hakozo.



Download 56.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling