Reja kirish I bob


Download 56.53 Kb.
bet1/8
Sana10.01.2023
Hajmi56.53 Kb.
#1087188
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
JAHON XO’JALIGI GLABALIZATSIYASI VA UNGA TA\'SIR ETUVCHI OMILLAR


JAHON XO’JALIGI GLABALIZATSIYASI VA UNGA TA'SIR ETUVCHI OMILLAR
REJA
KIRISH
I BOB

    1. Globallashuv tushunchasi.

    2. Globallashuvning asosiy xususiyatlari va namoyon bo‘lish yo‘llari.

II BOB

    1. Jahon xo'jaligining mohiyati, vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlari

    2. Jahon xo'jaligining rivojlanishi to'g'risidagi ilmiy konsepsiyalar

III. BOB

    1. Xalqaro savdoning mazmuni, tuzilishi va xususiyatlari.

    2. Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari va valyuta tizimlari.

XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH
O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning muhim bir jihatlaridan biri bu ochiq iqtisodiyotni shakillantirish uchun zarur bo’lgan siyosiy, huquqiy va iqtisodiy masalalarni xal qilish va o’zaro keng qamrovli jahon xo’jaligiga integratsiyalashuv, hamda xalqaro moliyaviy – iqtisodiy tashkilotlar, chet davlatlar bilan o’zaro ikkitomonlama va ko’ptomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va chuqurlashtirish bo’ldi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev tomonidan imzolangan ―2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida‖ mamlakatimizni globallashuv sharoitida xalqaro iqtisodiy munosabatlarda faol ishtirokchi sifatida qatnashish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga o’zining salmoqli ta‘sirini o’tkazadigan jahon iqtisodiyoti rivojlanishining muhim tendensiyasi bu uning globallashuvidir.
Har tomonlama kamol topgan yuksak ma’naviyatli shaxsni tarbiyalab yetishtirishda, uning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda muhim rol o’ynovchi fan iqtisodiyot nazariyasi fanining ushbu dasturi jamiyatning iqtisodiy negizi, uning tarkibiy qismlari, umumiqtisodiy qonunlar va kategoriyalar, iqtisodiy hodisa va jarayonlarning mohiyati, ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va ularning amal qilish qonuniyatlari, bozor iqtisodiyotining tarkib topish xususiyatlari, o’tish davridagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va ularning natijalari, iqtisodiy o’sish va unga ta’sir etuvchi omillar, jahon iqtisodiyoti rivojlanishining asosiy tendensiyalari kabi masalalarni qamrab olgan. Xususan, mazkur fanning ahamiyati keyingi yillarda ro’y berayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etish yo’llari va choralarini izlab topish va izchil amalga oshirish hamda bu borada erishilayotgan yutuqlar orqali ham yaqqol namoyon bo’ladi.

Download 56.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling