Reja kirish I bob
Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari va valyuta tizimlari
Download 56.53 Kb.
|
JAHON XO’JALIGI GLABALIZATSIYASI VA UNGA TA\'SIR ETUVCHI OMILLAR
3.2 Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari va valyuta tizimlari
Pulning jahon xo’jaligida amal qilishi va turli xalqaro iqtisodiy aloqalarga (tashqi savdo, ichki kuchi va kapital migratsiyasi, daromadlari, qarzlar va subsidyalar oqimi, ilmiy-texnikaviy mahsulotlarning ayirboshlash, turzim va h.k) xizmat qilishi bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlar xalqaro valyuta-kredit munosabatlari deb ataladi. Valyuta - bu mamlakatlar pul birligi (masalan, so’m, dollar, funt stering va h.k). Milliy valyuta tizimi - valyuta munosabatlarining milliy qonunchilik bilan belgilanadigan, mazkur mamlakatda tashkil qilinish shaklini ifodalaydi. Uning tarkibiga quyidagi unsurlar kiradi. - milliy pul birligi; - valyuta kursi tartibi; - valyutaning muomalada bo’lish shart-sharoitlar; - valyuta bozori va oltin bozor tizimi; - mamlakatning xalqaro hisoblashuv tartibi; - mamlakat oltin-valyuta zahirasining tartibi va uni boshqaruv tizimi; - mamlakat valyuta munosabatlarining tartibga soluvchi milliy muassasalar mavqei. Xalqaro valyuta tizimi – xalqaro valyuta munosabatlarining davlatlararo bitimlarda huquqiy jihatdan mustahkamlangan shakli. Xalqaro valyuta tizimining tartib unsurlari quyidagilar: asosiy xalqaro to’lov vositalari ( milliy valyutalar, oltin, xalqaro valyuta birliklari SDR, YeVRO); valyuta kurslarini belgilash va ushlab turish mexanizmi; xalqaro to’lovlarning balanstirlashtirish tartibi; valyutaning muammoga qilish shart-sharoiti; xalqaro valyuta bozori va oltin bozori tartibi. Jahon valyuta tizimi o’zining rivojlanishida uchta bosqichdan o’tdi va ularning har biriga xalqaro valyuta munosabatlarini tashkil qilishning o’z tiplari mos keladi. Birinchi bosqich - 1879-1934 yillarni o’z ichiga olib, bunda oltin standart sifatida pul tizimi ustunlikka ega bo’lgan. Ikkinchi bosqich – 1944-1971 yillarni o’z ichiga olib, bunda oltin-devizli (Breton, Vudsk tizim deb nomlanuvchi) tizim ustunlikka ega bo’lgan. Bu ikki tizim qayd qilinadigan valyuta kurslariga asoslangan. Uchinchi bosqich - hozirgi davrda amal qiluvchi jahon valyuta tizimi 1971 yilda tashkil topgan bo’lib, bu tizim boshqariladigan, suzib yuruvchi valyuta tizimi nomini oldi. Chunki davlat ko’pincha o’z valyutalarining xalqaro qiymatini o’zgartirish uchun valyuta bozorining faoliyat qilishiga aralashadi. Oltin standart tizim qayd qilingan valyuta kursining mavjud bo’lishini kuzda tutadi. Banklar o’zlari chiqargan banknotlarini oltinga almashtirgan. Mamlakat uchta shartni bajarsa oltin standart qabul qilingan, deb hisoblangan, ya‘ni: a) o’z pul birligini ma‘lum oltin oltin mazmuni o’rnatadi; b) o’zining oltin zahirasi va pulning ichiki taklif o’rtasidagi qattiq nisbatini ushlab turadi; v) oltinning erkin eksport va importiga to’sqinlik qilmaydi. Har qanday valyuta tizimining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri valyuta kursi hisoblanadi. Valyuta kursi - bir mamlakat valyutasining boshqa mamlakat valyutasidagi ifodalanishini ko’rsatadi. Valyuta kursini tartibga soluvchi tashkilotlar bor. Ularni tartibiga quyidagilar keradi: Xalqaro valyuta fondi (XVF); Xalqaro tarqqiyot va tiklanish banki (XTTB); Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT); Xalqaro rivojlanish assotsiyasi (XRA). Valyuta kurslariga bevosita ta‘sir ko’rsatuvchi omillar ham mavjud: Milliy daromad va ishlab chiqarish xarajatlar darajasi; Milliy iste‘molchilarning real xarid qilish layoqati va mamlakatdagi inflyatsiya darajasi; Valyutalarga talab va taklifga ta‘sir ko’rsatuvchi to’lov balans holati; Mamlakatdagi foiz stavkasi darajasi; Valyutaga jahon bozoridagi ishonch h.k. Xalqaro valyuta fondi (XVF) o’ziga a‘zo mamlakatlarning valyuta kursi va to’lov balanlarini tartibga soladi, kreditlar ajratadi, to’lov tizimlarini va tashqi qarzlarini nazorat qiladi. Yevropa valyuta tizimi 1979 yilda Yevropa iqtisodiy hamjamiyatiga kiruvchi davlatlar tomonidan valyuta kurslarini barqarorlashtirish maqsadida tashkil etilib, bu davlat o’rtasidagi to’lov jarayonlarida amal qiluvchi Yevropa valyuta birligi EKYu muomalaga kiritiladi. Iqtisodiy va valyuta ittifoqi (IVI) - Yevropa valyuta tizimi amal qilishi natijasida tashkil etilib, u quyidagilarni taqozo etadi: Moliya bozorlarining to’liq itegratsiyalashuvi; Kapitallar harajatining to’liq erkinlashuvi; Barcha valyutalarning to’liq konvertatsiyasining ta‘minlash va piravordida milliy valyutalarni yagona valyuta bilan almashtirish. Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining (XTTB) ham faoliyati halqaro valyuta-moliyaviy munosabatlarni tartibga solishga yo’naltirilgan bo’lib, u o’zining ikkita filiali – Xalqaro moliyaviy korporatsiya (XMK) hamda xalqaro rivojlantirish assotsiatsiyasi (XRA) bilan birgalikda Jahon banki tarkibiga kiradi. Xalqaro moliyaviy korporatsiya (XMK)ning faoliyati ustun ravishda rivojlanayotgan mamlakatlarning xususiy sektorini moliyalashtirishga yo’naltiriladi. Xalqaro rivojlanish assotsiyasi (XRA)ning asosiy faoliyati esa ko’proq qoloq mamlakatlarga imtiyozli yoki foizsiz kreditlar ajratishga qaratilgan. Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IRHT) tarkibiga barcha sanoat jihatidan rivojlangan mamlakatlar keradi. Xalqaro hisoblashuvlar banki (XHB) Shveytsariyaning Bazel shahrida joylashgan bo’lib, u xalqaro moliyaviy tashkilot hisoblansada, bank faoliyatining xalqaro tartibga solishda yetakchi rol o’ynaydi. U o’z tartibiga 70 dan ortiq markaziy banklarni kiritgan bo’lib, ular o’zlarining oltin-valyuta zahiralarini XHB hisob varaqalarida saqlaydilar. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) sharqiy Yevropa hamda sobiq ittifoq mamlakatlariga valyuta –moliya sohasidagi ko’maklashishni muvofiqlashtirish maqsadida 1990 yilda tashkil etildi. Bugungi kunda ko’rsatib o’tilgan davlatlararo tashkilotlarning xalqaro valyuta-moliya sohasidagi munosabatlarni tartibga solish va yanada takomillashtirishga qaratilgan faooliyatning ahamiyati tobora oshib bormoqda . Bundan keyin ham bu banklarning moliyaviy-iqtisodiyo yordami zarur bo’lib keladi. Milliy iqtisodiyotning yaxlit bir jahon xo‘jaligiga birlashishi, shuniningdek xalqaro iqtisodiy munosabatlarning mazmunini ko’rsatuvchi asosiy ko’rsatkichlardan biri xalqaro mehnat taqsimotidir. Mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishida u yoki bu jihatlari bilan birga xalqaro mehnat taqsimoti (XMT) katta ahamiyatga ega . Uning chuqurlashuvi esa-ilmiytexnikaviy inqilobning (ITI) ta‘siri ostida bo’lgan ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishidan kelib chiqadi. Xalqaro mehnat taqsimoti to’g’risidagi qarashlar konsepsiyasi XVIII asrning oxiri va XIX asr boshlarida yashab o’tgan ingliz klassik ta‘limotchilari A. Smit va D. Rikardo ishlarida asoslanib, rivojlantirilgan edi. A. Smit ―Xalqlar boyligining tabiati va sabablari‖ kitobida (1776 y.) xalqaro mehnat taqsimoti nazariyasini tahlil qilib, savdo va tadbirkorlikda erkinlik zarurligini isbotlagan. Uning fikricha, savdo erkinligida ro’y berayotgan turli to„siqlar butun bir davlatlar o’rtasida ro’y berayotgan xalqaro mehnat taqsimoti chuqurlashuviga xalaqit beradi. To’siqlarning tugatilishi va xalqaro almashuv maydonlarining kengayishi natijasida milliy iqtisodiyotning ixtisoslashuvi va o’zaro bog’liqligi kengayishi, umumjahon xo’jaligi yuzaga kelishi ro’y beradi. A. Smit keyinchalik o’zining juda mashxur bo’lgan erkin savdo shiorini olg’a surgan edi. Uning konsepsiyasini esa keyinchalik ingliz iqtisodchilari D. Rikardo, R. Torrens va Jon Styuart Mill rivojlantirdi. Ushbu klassiklarning xalqaro mehnat taqsimoti to’g’risidagi ilmiy nazariyasiiing asosiy yutuqlarini biz ishlab chiqarishning nisbiy xarajatlar nazariyasida ko’ramiz. Bu nazariya xalqaro savdo to’g’risidagi iqtisodiy ta‘limotning ―klassik‖ asosi hisoblanadi. Jahon iqtisodiyotida xalqaro mehnat taqsimotining rivojlanishiga qanday omillar ta‘sir qiladi? Birinchidan, ishlab chiqarish unumdorligini oshirish, ikkinchidan, ishlab chiqarishda samaradorlikni ko’tarish, uchinchidan, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga intilish zarurati kabi omillar ta‘sir qiladi. Jahon iqtisodiyotida xalqaro mehnat taqsimoti rivojlanishining asosiy yo‘nalishi – ixtisoslashuv va ishlab chiqarish kooperatsiyasi bilan chambarchas bog’liq. Xalqaro kooperatsiya va xalqaro ixtisoslashuv xalqaro mehnat taqsimotining asosiy shakllari hisoblanadi. Turli davlatlardagi korxonalarning ma‘lum bir tovarlarni chiqarishga ixtisoslashuvi zamonaviy ilmiy-texnika inqilobiga chambarchas bog’liq. Jahon iqtisodiyotida xalqaro ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi ikkita yo’nalish (ishlab chiqarish va hududiy yo’nalish) bo’yicha rivojlanib boradi, o’z navbatida ishlab chiqarish yo’nalishi: a) sohalararo; b) davlatlararo; v) alohida korxonalarning ixtisoslashuviga bo’linadi Xalqaro mehnat taqsimotining boshqa bir shakli – xalqaro ishlab chiqarish kooperatsiyasidir. Uning ob‘ektiv asosi, ishlab chiqarish rivojlanishining o’sib borayotgan darajasi hamda mamlakat tashqarisida ro’y berishidan qat‘iy nazar, mustaqil korxonalar o’rtasida ro’y berayotgan barqaror ishlab chiqarishdagi aloqalar jarayoni hisoblanadi. Ishlab chiqarish kooperatsiyasi ma‘lum bir munosabatlar tizimi sifatida xizmat ko’rsatayotgan faoliyatning sohasi va hamkorlikning usuli hisoblanadi. Xalqaro ishlab chiqarish kooperatsiyasi o’zining rivojlangan shakllarida hamkorlikning turli sohalarini qamrab olgan bo’lib, ular quyidagilardan iborat. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Savdo va taraqqiyot bo’yicha konferensiyasi (YUNKTAD) ma‘lumotlariga qaraganda, global qo’shilgan qiymat zanjirlari (GQQZ) xalqaro mehnat taqsimotida borgan sari rivojlanib bormoqda. Jahon iqtisodiyotida korxonalarning GQQZga ulanishini nazarda tutuvchi jarayonlarini jadallashtirish katta ahamiyatga ega bo’lmoqda. Hozirga kelib, xalqaro savdoning 80 foizi GQQZ orqali amalga oshirilib , mazkur jarayonda transmilliy korporatsiyalar yetakchi rol o’ynamoqda . XULOSA Xulosa qilib aytganda, mintaqaning geosiyosiy mavqei quyidagi omillar bilan belgilanadi: Markaziy Osiyoning geosiyosiy mavqei, avvalo, uning iqtisodiy imkoniyatlari bilan belgilanadi. Bu borada eng manfaatli hamkorlar bilan ish olib borish muhimligini ta‘kidlab, mintaqada yetakchi davlatlar manfaatlarining shiddat bilan shakllanib borayotgangini inobatga olish zarur. Shu bilan birga, iqtisodiy manfaatlarini amalga oshira olmagan tashqi kuchlar diniy, millatlararo munosabatlar, hududiy muammolar, suv taqsimotiga oid masalalar kabi omillarga tayanib, mintaqadagi barqarorlikni izdan chiqarishi mumkin. 130 Shu nuqtai nazardan, millatlararo munosabatlarda barqarorlikni ta‘minlash mintaqaviy xavfsizlikning muhim jihatlaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, mintaqada suv taqsimoti masalalarida hukumatlararo komissiya ishini to’g’ri yo'lga qo’yish, respublikalar o'rtasida chegaralash ishlarini oxiriga yetkazish mintaqadagi kommunikatsion tizimning takomillashtirilishi uning iqtisodiy va siyosiy ahamiyatini oshishiga olib keluvchi omil hisoblanadi. Bundan tashqari, mintaqada, jumladan O’zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy tashkilotlar tomonidan o’tkazilayotgan tadbirlarning boblariga e‘tibor qaratish va ularning mintaqa ijtimoiy-siyosiy hayotiga ta‘siri to’g’risida amaliy tadqiqotlar olib borish hamda tegishli xulosalar chiqarish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shu ma‘noda manfaatlarning tengligi asosida, barcha, ayniqsa rivojlangan davlatlar bilan o’zaro foydali hamkorlik o’rnatish mintaqa mamlakatlarining dunyo iqtisodiy tizimiga tadrijiy hamda qonuniy tarzda integratsiyalashuvi hamda, Markaziy Osiyo geosiyosiy ahamiyatining yanada kuchayishiga olib kelishi shubhasizdir. Download 56.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling