Reja kirish I bob


Xalqaro savdoning mazmuni, tuzilishi va xususiyatlari


Download 56.53 Kb.
bet6/8
Sana10.01.2023
Hajmi56.53 Kb.
#1087188
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
JAHON XO’JALIGI GLABALIZATSIYASI VA UNGA TA\'SIR ETUVCHI OMILLAR

3.1 Xalqaro savdoning mazmuni, tuzilishi va xususiyatlari
Hozirgi jahon xo’jaligining o’ziga xos xususiyatlarian biri tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi savdoning tezlik bilan o’sishida namoyon bo’lmoqda. Barcha mamlakatlar tashqi savdosi majmui xalqaro savdoni tashkil qiladi.
Xalqaro savdo - bu turli davlat milliy xo’jaliklari o’rtasidagi tovar va xizmatlarning ayirboshlash jarayonidir. Masalan, tashqi savdo (xalqaro savdo) xamkorlikda ishlab chiqarish, ilmiy-texnika, kadrlar tayyorlash, turizm va haqoza.
Xalqaro savdo qadimdan mavjud bo’lsada, faqat XIX asrga kelib, ya‘ni deyarli barcha rivojlangan mamlakatlar xalqaro savdo aloqalarida ishtirok eta boshlashi bilan jahon bozori shakliga kirdi.
Xalqaro savdo tashqi savdo aylanmasi, eksport va import, savdo balansi kabi ko’rsatkichlar bilan tavsiflanadi.
Eksport - bu tovarlarni chet ellik mijozlarga sotish bo’lib, bunda mazkur mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovar mamlakatdan tashqariga chiqariladi.
Eksportning iqtisodiy samaradorligi shu bilan aniqlanadiki, mazkur mamlakat ishlab chiqarishning milliy xarajatlari jahon xarajatlaridan past bo’lgan mahsulotlarni chetga chiqaradilar.
Xalqaro savdoda tovarlarning eksport tarkibi fan-texnika revolyutsiyasi va xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi ta‘siri ostida o’zgaradi. Hozirgi davrda xalqaro savdoning eksport tarkibida qayta ishlovchi sanoat mahsulotlari yetakchi o’ringa ega bo’lib, uning hissasiga jahon tovar ayirboshlashning ¾ qismi to’g’ri keladi. Oziq-ovqat, xomashyo va yoqilg’i ulushi faqat ¼ qismini tashkil qiladi.
Xizmatlar eksporti tovarlar eksportidan farq qiladi. Chet ellik iste‘molchilarga xizmat ko’rsatish, chet el valyutalarini olish bilan bog’liq bo’lib, u milliy chegarada amalga oshiriladi (masalan chet el kompaniyasi vakillariga pochta, telegraf xizmati ko’rsatish, chet el fuqarolariga sayyohlik xizmati ko’rsatish va hakozo).
Kapital eksport qilish ham o’ziga xos xususiyatlariga ega bo’ladi. Kapital eksporti kredit berish yoki chet el korxonalari aktsiyalariga maqsadli qo’yilmalar kabi shakllarda amalga oshirilib, kapital chiqarilgan vaqtda eksport qiluvchi mamlakatdan mablag’lar oqimini taqazo qiladi va shu orqali tassarufida bo’lgan resurslar hajmini qisqartiradi. Boshqa tomondan, kapital eksport chet davlatlarning mazkur mamlakatdan bo’lgan qarzlarini ko’paytiradi. U jahon bozoriga tovarlarning keyingi eksporti uchun qo’lay sharoit yaratadi va chet el valyutasida foiz yoki divident shaklida barqaror daromad olish omili hisoblanadi.
Ko’plab mamlakatlar, cheklangan resurs bazasiga va tovar ichki bozorga bo’lib, o’zlarining ichki iste‘moli uchun zarur bo’lgan archa tovarlarni yetarli samaradorlik bilan ishlab chiqarish holatida bo’lmaydi. Bunday mamlakatlar uchun import kerakli tovarlarni olishning asosiy yo’li hisoblanadi.
Import eksportdan farq qilib chet ellik mijozlardan tovarlar (xizmatlar) sotib olib, ularni mamlakatga keltirishni bildiradi. Agar mamlakatni o’zida mahsulotlarni ishlab chiqarish xarajatlari tashqaridan sotib olinganidan qimmatga tushsa, usha tovarlar import qilinadi.
Eksport salohiyati (eksport imkoniyatlari) - bu mazkur mamlakat tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotning o’z iqtisodiyoti manfaatlariga putur yetkazmagan holda jahon bozorida sotishi mumkin bo’lgan mahsulotlar miqdoridir. Masalan, O’zbekiston eksportga paxta tolasi, qimmatboho metallar, uran, mineral o’g’itlar chiqariladi. Asosan, bulardan tashqari avtomobillar, neft-kimyo va metall mahsulotlari, mineral o’g’itlar, ip-kalova va gazlama, trikotaj buyumlari, sim-kabel mahsulotlari, qurilish materiallari va boshqa mahsulotlarni eksport tovarlari hajmi va turlarini kupaytirish hisobiga erishilmoqda. Eksport hajmida tayyor mahsulotlar ulushi 38 foizdan tashkil etgani, paxta tolasining ulushi esa 16,8 foizgacha kamayganini ham ko’rsatib o’tish mumkin[1].
Tovarlar eksporti va import summasi tashqi savdo aylanmasi yoki tashqi tovar aylanmasini tashkil etadi.
Qandaydir mamlakat ishlab chiqaruchi mamlakatdan tovarni o’z iste‘moli uchun emas, balki uchinchi mamlakatga qayta sotish uchun olgan taqdirda reeksport ro’y beradi. Reeksport bilan reimport o’zviy bog’liq.. Reimport - iste‘molchi mamlakatdan reeksport tovarni sotib olishni bildiradi.
Xalqaro savdo bir qator o’ziga xos xususiyatlariga ega:

  1. Iqtisodiy resurslarning harakatchanligi mamlakatlar o’rtasida, mamlakat ichidagiga qaraganda ancha past bo’ladi;

  2. Mamlakatlarning turli valyutalaridan foydalanish ular o’rtasidagi mamlakat xalqaro savdosini amalga oshirishda muayyan qiynchiliklarni to’g’diradi.

  3. Xalqaro savdo siyosiy aralashuv va nazoratga mahkum bo’lib, bu ichiki tadbirlardan tavsifi va darajasi bo’yicha sezilarli farqlanadi.

Xalqaro savdoni tashkil etish shakllari ham takomillashib bormoqda. Ananaviy ko’rishdagi tovar birjalari, auktsionlar, savdo-sanoati yarmarkalari, savdo ko’rgazmalari bilan bir qatorda ikki tomonlama bitimlarning quyidagi shakllari ham keng qo’llanilmoqda:
1. Barter - tovarlarni to’g’ridan-to’g’ri, pul ishtirokisiz bir-biriga ayirboshlash. Barterda pul ishtirok etmasada, tovarlarning qiymatini o’lchovi vazifasi orqali baholab olinadi;
2. Eksport qiluvchilar tomonidan yetkazib berilgan tovarlar qiymatining bir qismiga import tovarlarni xarid qilish;
3. Texnikaning yangi modellarini sotishda eskirgan modellarni sotib olish;
4. Import qiligan abob-uskunalar qism va detallarni importga sotuvchi mamlakat tomonidan butlab berish;
5. Kompensatsion bitimlari - mazkur bitimlar shartiga ko’ra, texnologik asbob-uskunalar yetkazib beruvchi tomonlarning biri taqdim etgan kredit (moliyaviy, tovar ko’rinishidagi) bo’yicha to’lovlar ana shu asbob-uskunalarda tayyorlangan tayyor mahsulotlarni yetkazib berish orqali amalga oshiriladi;
6. Bir mamlakatda undirilgan xom ashyoni boshqa bir mamlakat ishlab chiqarish quvvatlar yordamida qayta ishlashda ushbu qayta ishlash va tashib berish xizmatlarini qo’shimcha xomashyo yetkazish orqali to’lash;
7. Kliring operatsiyalari, ya‘ni o’zaro talab va majburiyatlarni hisobga olish orqali naqd pulsiz hisoblashuv.
Xalqaro savdoda ishtirok etish har bir mamlakat uchun milliy ishlab chiqaruvchilarni tashki raqobatdan himoya qilish vazifasini dolzarb qilib qo’yadi. Bu vazifa mamlakatlarning savdo siyosati orqali amalga oshadi. Jahon amaliyotida bu siyosatning protektsionizm (tashki ta‘sirdan himoyalash) va fritrederlik (savdoga to’liq erkinlik berish) kabi shakllari keng tarqalgan.
Erkin savdo yo’lida juda ko’p to’siqlar mavjud bo’ladi:
1. Boj to’lovlari. Boj to’lovlari import tovarlarga aktsiz soliqlari hisoblanadi. U daromad olish maqsadida yoki himoya uchun kiritilishi mumkin.
2. Import kvotalari. Import kvotalari yordamida ma‘lum bir vaqt oralig’ida import qilinishi mumkin bo’lgan tovarlarning maksimal hajmi o’rnatiladi.
3. Tarifsiz to’siqlar. Tarifsiz to’siqlar deyilganda litsenziyalash tizimi, mahsulot sifatiga standartlar qo’yish yoki oddiy ma‘muriy taqiqlashlar tushuniladi.
4. Eksportni ixtiyoriy cheklash – bu savdo to’siqlarining nisbatan yangi shakli hisoblanadi. Bu holat chet el firmalari o’zlarining ma‘lum mamlakatga eksportini ixtiyoriy ravishda cheklandi.
Erkin savdo (fritrederlik) siyosati protektsionizm siyosatining aksi bo’lib, tashki savdoni erkinlashtirishga qaratilgan.
Xalqaro savdoni tartibga solish xalqaro va milliy darajalarda amalga oshadi.
Milliy darajadagi tartibga solish eksport va importni tartiblash orqali namoyon bo’ladi. Eksporni tartiblash tashkiliy va kredit-moliyaviy usullar yordamida uni rag’batlantirishga yo’naltirilgan. Eksportni rag’batlantirishning tashkiliy usullariga quyidagilar kiritish mumkin:
1. Eksport qiluvchilarga axborot va maslahat berish xizmatlarini ko’rsatish uchun maxsus bo’linmalarni tashkil etish.
2. Savdo bitimlarini to’zishda davlat idoralarining ishtirok etishi.
3. Tashki savdo uchun malakali kadrlarni tayyorlashga ko’maklashuv
4.Xorijiy mamlakatlarda ko’rgazmalar tashkil etishda yordam ko’rsatish
5. Milliy kompaniyalarni diplomatik jihatdan qo’llab-quvvatlash va haqozo.
Eksportni rag’batlantirishning kredit-moliyaviy usullari quyidagilardan iborat:
1. Eksportga tovarlarni yetkazib berishini subsidiyalash
2. Eksport qiluvchilar uchun davlat kreditlarni berish va xususiy kreditlar berilishini rag’batlantirish
3. Xorijda amalga oshiruvchi savdo bitimlarini davlat tomonidan sug’urtalash
4. Eksportdan olinuvchi foydadan soliq to’lashdan ozod etish va h.
Importni tartibga solish asosan uni tarifli va tarifsiz vositalar orqali cheklashdan iborat. Asosiy tarifli to’siq sifatida bojxona bojlarini keltirish mumkin.
To’lov balansi – mamlakat rezidentlari (uy xo’jaliklari, korxonalar va davlat) va chet elliklar o’rtasida ma‘lum vaqt (odatda bir yil) oralig’ida amalga oshirilgan barcha iqtisodiy bitimlar natijasining tartiblashtirilgan yozuvi.
Iqtisodiy bitimlar – qiymatning har qanday ayirboshlanishi, ya‘ni tovarlar, ko’rsatilgan xizmatlar yoki aktivlarga mulkchilik huquqining bir davlat rezidentlaridan boshqa davlat rezidentlariga o’tishi bo’yicha kelishuvlardan iborat. Har bir bitim to’lov balansining debet va kredit qismlarida o’z ifodasini topadi.
Kredit – qiymatning mamlakatdan chiqib ketishi bo’lib, uning hisobiga mazkur mamlakat rezidentlari chet el valyutalarida qonlovchi to’lovlar ekvivaletini oladi.
Debet – qiymatning mazkur mamlakatga kirib kelishi bo’lib, uning hisobiga rezidentlar chet el valyutalarining sarflaydi.
To’lov balansida kreditlar umumiy summasi debetlarning umumiy summasiga teng bo’lishi zarur.
To’lov balansidagi hamma bitimlar o’z ichiga joriy va kapital bilan operatsiyalarni olishi sababli, u uchta tarkibiy qismdan iborat bo’ladi:
1. Joriy operatsiyalar hisobi
2. Kapital harakati hisobi
3. Rasmiy zahiralarning o’zgarishi
To’lov balansining to’zilishi

I. Joriy operatsiyalar hisobi

1. Tovar eksporti

2. Tovar importi

Tashki savdo balansi qoldig’i

3. Xizmatlar eksporti (chet el turizmdan daromadlar va h.) – kreditli xizmatlar

4. Xizmatlar importi (turizm uchun chet elga to’lovlar va h.) – kreditli xizmatlar

5. Investitsiyalardan sarf daromadlar (kreditli xizmatlardan sof daromadlar)

6. Sof transfertlar

Joriy operatsiyalar bo’yicha balans qoldig’i

II. Kapital harakati hisobi

7. Kapital kirishi

8. Kapital oqib chiqishi

Kapital harakati balansi qoldig’i

Joriy operatsiyalar va kapital harakati balansi qoldig’i

III. Rasmiy zahiralarning o’zgarishi

Mamlakatning tashki savdo balansi (to’lov balansi) mazkur davlatning chet ellik sheriklari bilan xalqaro iqtisodiy munosabatlarning holatini ifodalab, uning pul-kredit, valyuta, byudjet-soliq, tashki savdo siyosatini amalga oshirish va davlat qarzlarini tartibga solish uchun indikator bo’lib xizmat qiladi.


Tovarlar eksporti va importi o’rtasidagi farq savdo balansini tashkil qiladi. Investitsiyalardan sof daromadlari (chet eldan sof olimni daromadlari) kreditli xizmatlardan olinadigan sof daromad hisoblanib, u chet ellarga qo’yilgan milliy pul kapitali hisobiga keladi. Agar chet elga qo’yilgan milliy kapital mazkur kapitalga qo’yilgan chet el kapitaliga qaraganda qo’proq miqdorda foiz va divident keltirsa, bunda investitsiyalardan olinadigan sof daromad ijobiy, aks holda salbiy bo’ladi.
Sof transfertlar xususiy va davlat bomlog’larining boshqa mamlakatlarga o’tkazilgan summasini bildiradi (pensiya, sovg’a, chet elga pul o’tkazishlar yoki chet mamlakatlarga insonparvarlik yordamlari). Bunday to’lovlar mamlakatda mavjud chet el valyutalari zahirasini kamaytiradi.
Makroiqtisodiy modelda joriy operatsiyalar hisobiga qoldig’i quyidagicha ifodalanadi:
Х (eksport)-М (import) = Xn =Y-(C+1+G) absorbtsiya.
Absorbtsiya - yalpi ichki mahsulotining mazkur mamlakatdagi uy-xo’jaliklari, korxonalar va davlatga realizatsiya qilinadigan qismi.
Kapital harakati balansi = Aktivlar sotishdan tushumlar - chetdan aktivlar sotib olishga sarflar.
Markaziy bank tomonidan chet el valyutlarining sotilishi va sotib olinishi rasmiy zahiralar bo’yicha operatsiyalar deyiladi.
Jahon iqtisodiyotini uning tarkibiy qismlari yoki asosiy qatnashchilari – sub‘ektlaridan iborat mexanizm ko’rinishida ifodalash mumkin. Ushbu sub‘ektlarning asosiylari milliy iqtisodiyotlar, transmilliy korporatsiyalar (TMK), transmilliy banklar (TMB), integratsion birlashmalar, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar hisoblanadi. Milliy iqtisodiyotlar jahon iqtisodiyotining asosiy sub‘ekti sanaladi. Milliy iqtisodiyotlarga xos asosiy xususiyat shundaki, dunyoning aksariyat mamlakatlari iqtisodiy suverenitetni saqlab kelishmoqda. Globallashuv jarayoni tufayli tashqi bosimning kuchayishiga qaramasdan, mamlakatlarda eng muhim iqtisodiy qarorlar tashqaridan emas, balki milliy hukumatlar tomonidan qabul qilinmoqda. Shuning uchun ham jahon iqtisodiyotini tahlil etishda sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarda mavjud iqtisodiy rivojlanish tendensiyalariga tayanish lozim. Ba‘zi integratsion birlashmalarda iqtisodiy suverenitet qarorlar qabul qilishning umumiy mexanizmi bilan uyg’unlashib ketmoqda.
Oxirgi o’n yilliklarda TMKlar darajasi ko’tarildi va butun dunyo ularning faoliyat (savdo, sanoat, moliya) yuritish maydoniga aylandi.
Natijada TMKlar global iqtisodiyotining muhim mustaqil tarkibiy qismiga aylanishdi va ular hissasiga jahon yalpi ichki mahsulotining 1/5—1/4 qismi to’g’ri kelmoqda. TMKlarning aksariyat qismi o’z mamlakatlari ichki bozori uchun ishlashiga qaramasdan, globallashuv jarayonining harakatlantiruvchi kuchi hisoblashadi. Globallashuv jahonni yagona bozorga aylantirish vositasi sifatida TMKlar uchun manfaatli hisoblanadi, chunki ular ushbu bozorda eng kuchli xo’jalik sub‘ektlari sanaladi.
Shu bilan birga, TMKlarning manfaatlari doimo milliy iqtisodiyot manfaatlari bilan mos kelavermaydi. Shunga qaramasdan, globallashuv jarayonining chuqurlashuvi natijasida TMKlarning jahon iqtisodiyotidagi o’rni va jahon xo’jaligining boshqa sub‘ektlariga ta‘siri ortib bormoqda.
Transmilliy banklar (TMB) hozirgi davrga kelib katta moliyaviy salohiyatga va bank xizmatlari bozorida yetakchi universal tijorat banklariga aylanishdi va TMKlar bilan birga jahon iqtisodiyotining asosiy sub‘ektlariga aylandi.
Ular jahon moliya bozorlarida yetakchi mavqeyiga va murakkab va samarali boshqaruv tizimiga ega bo’lib, dunyoning bir nechta mamlakatlarida faoliyat yuritadi. A.Bulatovning fikriga ko’ra, tashqi iqtisodiy faoliyat transmilliy banklarning muhim yo’nalishiga aylandi. Masalan, 1960 yilda faqat 8 ta AQSH banki xorijiy davlatlarda o’z filiallariga ega bo’lgan bo’lsa, XX asrning 90-yillarining oxiriga kelib, ularning soni 100 tadan oshdi .
AQSH, Germaniya va Yaponiyaning yirik tijorat banklari turli mamlakatlardagi ko’p sonli korporativ mijozlarga moliyaviy xizmatlar ko’rsatish hajmini tobora oshirmoqdalar.
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab moliya bozorlarining globallashuv jarayoni kuchaydi. Bu holat moliyaviy oqimlarning universallashuvida, moliyaviy hamkorlikning yagona tamoyillarini ishlab chiqilishi va qabul qilinishida, moliya mexanizmlari va instrumentlarining unifikatsiyalashuvida namoyon bo’ldi.
Transmilliy banklar xo’jalik yurituvchi sub‘ektlarga xilma-xil moliyaviy xizmatlar ko’rsatadi. Lekin shu bilan birga, transmilliy banklar tomonidan ko’rsatiladigan moliyaviy xizmatlar ichida quyidagi xizmatlar yuqori salmoqni egallaydi:
– yevrovalyuta bozorlari va xorijiy bozorlardan depozitlar jalb qilish;
– xorijiy valyutalar bilan xalqaro diling operatsiyalarini amalga oshirish;
– boshqa banklarga kreditlar berish;
– nodir metallar bilan operatsiyalarni amalga oshirish;
– xalqaro savdoni moliyalashtirish bo’yicha xizmatlar ko’rsatish;
– qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq bo’lgan xalqaro investitsion bank xizmatlarini ko’rsatish;
– kompaniyalarga muddatli kreditlar berish;
– trast xizmatlarini ko’rsatish.
TMBlarining kredit operatsiyalariga xos bo’lgan quyidagi xususiyatlarni e‘tirof
etish mumkin: birinchidan, transmilliy korporatsiyalar faoliyatining rivojlanishi yirik miqdordagi moliyaviy resurslarni talab qiladi, bu mablag’larni esa, faqat TMB bera oladi; ikkinchidan, TMB diversifikatsiyalashgan depozit bazasiga ega bo’lganliklari sababli uzoq muddatli kapital quyilmalarni amalga oshirish imkoniyatiga egadir.
TMB faoliyatining yo’nalishlari, ularning mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishida tutgan o’rni, xalqaro moliya operatsiyalarini rivojlantirishdagi roli ular aktivlarining tarkibi va dinamikasida namoyon bo’ladi. Dunyoning ayrim yirik transmilliy banklari aktivlarining tarkibida kreditlar, salmog’iga ko’ra birinchi o’rinni egallaydi. Banklarning aktivlari tarkibida salmog’iga ko’ra ikkinchi o’rinni qimmatli qog’ozlarga qilingan investitsiyalar egallaydi. Bu esa, ularning fond birjalaridagi faoliyati ko’lamining kengayayotganligidan dalolat beradi. TMB faoliyatining rivojlanishi bevosita ularni yetarli darajada resurs bazasi bilan ta‘minlanganligiga bog’liq.



Download 56.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling